Verma Sunilning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tut bargini quritish uchun konvektiv qurilmani takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3042.
Ilmiy rahbar: Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Gafurov Karim Xikmatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tut barglarini quritish uchun konvektiv qurilmani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quritish jarayonida issiqlik oqimi bir xil taqsimlanadigan quritish jarayonini tavsiflovchi CFD modellashtirish ishlab chiqilgan;
issiqlik oqimi 0,95 m/s tezlikda o‘tishini ta’minlash uchun konstruksiyaning bir kanalli havo taqsimoti aniqlangan;
tut barglarini quritish jarayonida biologik faol moddalarni 90-95% ga saqlash imkonini beradigan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
CFD modellashtirish natijalarini hisobga olgan holda quritish jarayonining bir xil me’yorda ta’minlash imkonini beruvchi konvektiv quritish qurilmasi ishlab chiqilgan;
tut barglarini quritishni sanoat miqyosida foydalanish uchun issiqlik agenti yo‘nalishini to‘g‘ri tashkil etish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Konvektiv usulda tut barglarini quritish qurilmasining issiqlik oqimi jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tut barglarini quritish uchun energiya tejovchi texnologiyasi “Sunny Land Products” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2022 yil 21 dekabrdagi 21-118/12-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali texnologiyani qo‘llash hisobiga mahsulot ishlab chiqarish 1,3 barobar oshib, xomashyo yo‘qotilishi 11 foizga kamaytirish imkonini bergan;
tut barglarini quritish usuli “Sunny Land Products” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2022 yil 21 dekabrdagi 21-118/12-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu yuqori samarali usuldan foydalangan holda yakuniy mahsulotning 90-95% biologik faol moddalarini tejash imkonini bergan;
tut barglarini quritish uchun ishlab chiqilgan qurilma va texnologiyalar “Sunny Land Products” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2022 yil 21 dekabrdagi 21-118/12-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, konvektiv usuldan foydalangan holda yuqori samarali energiya tejamkor quritish qurilmasining joriy etilishi va konstruksiyaning maqbul tanlovi tufayli mavjud texnologiya va qurilmalarga nisbatan 1,5 barobar kam energiya sarflash imkonini bergan.