Absalamov Tolib Turabayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bilingval ta’lim muhitida “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2781.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibayeva Guljaxon Ermekbayevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Toshtemirov Doniyor Eshbayevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bilingval ta’lim muhitida “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bilingval elektron ta’lim muhitida o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari lingvistik-kommunikativ, madaniy-estetik va ijodiy-ilmiy faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan verbal muloqotni faollashtirishning kommunikativ o‘zagini shakllantirish hamda loyihalash, izchillik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bilingval elektron ta’lim muhitida o‘qitish metodikasini rivojlantirish jarayoni o‘qituvchi va talaba ijodiy-nutqiy muloqoti amaliyligini oshirish, o‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan tushunchalar semantizasiyasi, konseptual va terminologiya apparatini barqaror o‘zlashtirish natijadorligini oshirish hamda ko‘rgazmali vositalar, sinonimlardan foydalanish, leksik takrorlashlar va til kodini almashtirish operatsyalarini bajarishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bilingval ta’lim muhitida “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli CLIL vositasida didaktik obyektlarni loyihalashga qaratilgan o‘quv texnologik yechimlarnining elektron metodik ta’minoti hamda o‘qitishning didaktik maqsadlariga mos ravishda uslubiy-konstruktiv motivatsiyani intensiv shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
bilingval elektron ta’lim muhitida talabalar ijodiy faolligini oshirish samaradorligi ikki tilli o‘quv internet – resurslaridan maqsadli foydalanish trayektoriyasini ta’lim maqsadlariga mos ravishda modellashtirish, o‘quv Web – ilovalar va Wiki-loyihasini yaratish imkonini beruvchi ochiq internet resurslarni oddiydan murakkabga qarab statistik-qiyosiy differensiallashga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga bilingvalli ta’lim muhitida “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bilingval elektron ta’lim muhitida o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari lingvistik-kommunikativ, madaniy-estetik va ijodiy-ilmiy faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan verbal muloqotni faollashtirishning kommunikativ o‘zagini shakllantirish hamda loyihalash, izchillik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Informatika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-son buyrug‘i asosida berilgan 538-143 raqamli nashr ruxsatonmasi). Natijada “Ta’limda axborot texnologiyalari” darslarini integratsiyalashda o‘qituvchi faoliyatini integratsiyalashga doir ta’limiy modullarni joriy etish samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
bilingval elektron ta’lim muhitida o‘qitish metodikasini rivojlantirish jarayoni o‘qituvchi va talaba ijodiy-nutqiy muloqoti amaliyligini oshrish, o‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan tushunchalar semantizatsiyasi, konseptual va terminologiya apparatini barqaror o‘zlashtirish natijadorligini oshirish hamda ko‘rgazmali vositalar, sinonimlardan foydalanish, leksik takrorlashlar va til kodini almashtirish operatsyalarini bajarishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021-yil 22-dekabrdagi 02-07-4162 son xatiga asosan). Natijada, fanga oid xorijiy tajribalarni tahlil qilish imkoniyati oshirilgan;
bilingval elektron ta’lim muhitida talabalar ijodiy faolligini oshirish samaradorligi ikki tilli o‘quv internet – resurslaridan maqsadli foydalanish trayektoriyasini ta’lim maqsadlariga mos ravishda modellashtirish, o‘quv Web – ilovalar va Wiki-loyihasini yaratish imkonini beruvchi ochiq internet resurslarni oddiydan murakkabga qarab statistik-qiyosiy differensiallashga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Informatika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-son buyrug‘i asosida berilgan 538-143 raqamli nashr ruxsatonmasi). Natijada “Ta’limda axborot texnologiyalari” darslarini integratsiyalash samaradorligini oshirishga erishilgan.