Normatova Dilfuza Ismoilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Malaka oshirish jarayonida pedagogik kadrlarning leksik kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped1663.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: malaka oshirish jarayonida pedagog kadrlarning leksik kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish jarayonida pedagogik kadrlarning leksik kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish imkoniyatlari kasbiy-ta’limiy dasturlarni o‘zlashtirishga qaratilgan individual yo‘nalishga ko‘ra pedagog kadrlarning kognitiv tafakkur jarayonlarini ingliz tili leksikasini bosqichma-bosqich rovonlashtirish hamda sub’ekt-sub’ekt munosabatlaridagi integrativ muhitni frontal rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik kadrlarning leksik kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish jarayoni lug‘at boyligini oshirishga qaratilgan pedagogik infratuzilmani shakllantirishga ustuvorlik berish hamda didaktik ishlarni tizimli tashkil etish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni didaktik mazmuniga mos loyihalashtirish va malaka oshirish jarayoni komponentlarini tashkiliy-tuzilmaviy jihatdan bosqichma-bosqich yaxlitlash asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida pedagog kadrlarning leksik kompetensiyasini takomillashtirish modeli tinglovchilarning produktiv va reseptiv til egallaganlik ko‘nikmalarini jadal rivojlantirishga qaratilgan ma’lumotlar almashish, qayta ishlash, xulosa, hukm chiqarish komponentlarining o‘zaro integrativ xossalarini barqaror va izchil hisobga olish asosida asosida takomillashtirilgan;
pedagogik kadrlarning leksik kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish samaradorligi leksik kompetensiyani baholash mezonlarining lisoniy manbalarini qiyosiy tasniflash, tarkibli-semantik, stilistik-funksional leksik xususiyatlarini izchil aniqlash hamda o‘qish, tinglab tushunish, yozish va gapirish ko‘nikmalarining bir-birini to‘ldirish imkoniyatlaridan amalda foydalanishga produktiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzluksiz malaka oshirish kursi tinglovchilarining leksik kompetensiyasini takomillashtirish tizimiga doir tadqiqot natijalari:
malaka oshirish jarayonida pedagogik kadrlarning leksik kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish imkoniyatlari kasbiy-ta’limiy dasturlarni o‘zlashtirishga qaratilgan individual yo‘nalishga ko‘ra pedagog kadrlarning kognitiv tafakkur jarayonlarini ingliz tili leksikasini bosqichma-bosqich rovonlashtirish hamda sub’ekt-sub’ekt munosabatlaridagi integrativ muhitni frontal rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy usullari” (ingliz tili) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i asosida berilgan 500-241 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada masofaviy (onlayn) ta’lim davomida tinglovchilarning ingliz tili bo‘yicha lug‘at boyligi rivojlanishiga erishilgan;
pedagogik kadrlarning leksik kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish jarayoni lug‘at boyligini oshirishga qaratilgan pedagogik infratuzilmani shakllantirishga ustuvorlik berish hamda didaktik ishlarni tizimli tashkil etish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni didaktik mazmunga mos loyihalashtirish va malaka oshirish jarayoni komponentlarini tashkiliy-tuzilmaviy jihatdan bosqichma-bosqich yaxlitlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy usullari” (ingliz tili) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i asosida berilgan 500-241 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada milliy auditoriyada mutaxassislik fanlarini ingliz tilida innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‘qitish kompetentligini oshirish imkoni yaratilgan;
malaka oshirish jarayonida pedagog kadrlarning leksik kompetensiyasini takomillashtirish modeli tinglovchilarning produktiv va reseptiv til egallaganlik ko‘nikmalarini jadal rivojlantirishga qaratilgan ma’lumotlar almashish, qayta ishlash, xulosa, hukm chiqarish komponentlarining o‘zaro integrativ xossalarini barqaror va izchil hisobga olish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy usullari” (ingliz tili) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i asosida berilgan 500-241 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagog kadrlarning leksik kompetensiyasi takomillashtirishga doir o‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqishga sharoit yaratilgan;
pedagogik kadrlarning leksik kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish samaradorligi leksik kompetensiyani baholash mezonlarining lisoniy manbalarini qiyosiy tasniflash, tarkibli-semantik, stilistik-funksional leksik xususiyatlarini izchil aniqlash hamda o‘qish, tinglab tushunish, yozish va gapirish ko‘nikmalarining bir-birini to‘ldirish imkoniyataridan amalda foydalaishga produktiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy usullari” (ingliz tili) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i asosida berilgan 500-241 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan.