Karimov Abduboqi Aliqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Multimedia vositalari asosida qurilishda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2297.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibayeva Guljaxon Ermekbayevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Urazmetova Shoira Azatbaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi multimediali vositalar asosida qurilishda axborot texnologiyalari fanini uslubiy metodikasini tashxislash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
multimedia vositalari asosida qurilishda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari elektron o‘quv adabiyotlar va ularni ta’limga joriy etish produktivligini oshirish, multimediali ilovalarning tuzilishi va mazmunini ta’limiy vazifalarning talablariga mos ravishda yaratish hamda ta’limni tashkil etishning individual xususiyatlarini amaliy integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
multimedia vositalari asosida qurilishda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni “experience exchange”, “technical consulting” va “rotation” kabi interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlarini tahliliy prognozlash hamda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘zini-o‘zi tahlil qilish, faoliyatni va uning natijalarini nazorat qilishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashning tashkiliy-tuzilmaviy ierarxiyasining didaktik traektoriyasini qurish asosida takomillashtirilgan;
multimedia vositalari asosida qurilishda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish amaliyot darslari va laboratoriya mashg‘ulotlari natijadorligini oshirishga qaratilgan tezkorlik va virtuallashtitirish, axborotli-tadqiqotchilik, o‘z-o‘zini boshqarish kabi didaktik-vektrlik faoliyatga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
multimedia vositalari asosida qurilishda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish natijadorligi yaratilgan multimediali ilovalar asosida pedagogik tahlil komponentlarini sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazishdagi kognitiv-faoliyatli va kreativ- motivatsion yo‘nalganlikning integrativ o‘qitish mazmuniga ko‘ra teskari va qaytar aloqaga asoslangan elektron kontenti mazmunini to‘ldirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Multimedia vositalari asosida qurilishda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
multimedia vositalari asosida qurilishda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari elektron o‘quv adabiyotlar va ularni ta’limga joriy etish produktivligini oshirish, multimediali ilovalarning tuzilishi va mazmunini ta’limiy vazifalarning talablariga mos ravishda yaratish hamda ta’limni tashkil etishning individual xususiyatlarini amaliy integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar «Qurilishda axborot texnologiyalari» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘i asosida ruxsat berilgan 418-360-son nashr ma’lumotnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasasalarida qurilishda axborot texnologiyalari fanidan talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
multimedia vositalari asosida qurilishda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni “experience exchange”, “technical consulting” va “rotation” kabi interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlarini tahliliy prognozlash hamda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘zini-o‘zi tahlil qilish, faoliyatni va uning natijalarini nazorat qilishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashning tashkiliy-tuzilmaviy ierarxiyasining didaktik traektoriyasini qurish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Qurilishda axborot texnologiyalari» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘i asosida ruxsat berilgan 418-360-son nashr ma’lumotnomasi). Natijada qurilishda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
multimedia vositalari asosida qurilishda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish amaliyot darslari va laboratoriya mashg‘ulotlari natijadorligini oshirishga qaratilgan tezkorlik va virtuallashtitirish, axborotli-tadqiqotchilik, o‘z-o‘zini boshqarish kabi didaktik-vektrlik faoliyatga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar «Qurilishda axborot texnologiyalari» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘i asosida ruxsat berilgan 418-360 son nashr ma’lumotnomasi). Natijada «Qurilishda axborot texnologiyalari» fanining didaktik ta’minotini takomillashtirishning nazariy imkoniyatlari kengaytirilgan;
multimedia vositalari asosida qurilishda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish natijadorligi yaratilgan multimediali ilovalar asosida pedagogik tahlil komponentlarini sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazishdagi kognitiv-faoliyatli va kreativ- motivatsion yo‘nalganlikning integrativ o‘qitish mazmuniga ko‘ra teskari va qaytar aloqaga asoslangan elektron kontenti mazmunini to‘ldirish asosida takomillashtirishga oid takliflar «Qurilishda axborot texnologiyalari» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘i asosida ruxsat berilgan 418-360-son nashr ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarni axborot texnologiyalari bo‘yicha kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik va metodik ta’minotini boyitishga xizmat qilgan.