Umarov Alisher Yusubjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ijtimoiy hamkorlik sharoitida pedagogik kadrlar tayyorlashning integrativ mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped310.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Yermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismanova Arofat Xudoyberdievna, pedagogika fanlari doktori; Bazarova Saodat Djamalovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ijtimoiy hamkorlik sharoitida pedagogik kadrlar tayyorlashning integrativ mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy hamkorlik sharoitida pedagogik kadrlar tayyorlashning integrativ mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyatlari ijtimoiy sheriklik, ta’lim bozori ehtiyojlari, ichki resurslardan samarali foydalanish, madaniyatlararo aloqalar, xorijiy tajribalar tashkiliy-mazmunli umumiyligini effektiv ta’minlash hamda ijtimoiy hamkorlikning integrativ mexanizmlari va individual ta’lim traektoriyasini ta’lim maqsadlariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy hamkorlik sharoitida pedagogik kadrlar tayyorlashning integrativ mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligi o‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashda ijtimoiy xamkorlik traektoriyasini jadallashtirish, umumiy, o‘rta va oliy pedagogik ta’lim muassasalari faoliyatini vertikal va gorizontal xossalariga ko‘ra muvofiqlashtirish hamda o‘zini tartibga solish jarayonining turli tarkibiy qismlarini differensiallashtirish bo‘yicha ijodiy-pedagogik muhitni yaratish asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy hamkorlik sharoitida pedagogik kadrlar tayyorlashning integrativ mexanizmlarini takomillashtirish jarayoni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini o‘zaro adaptiv integratsiyalash, jamiyat ehtiyojlarini manfaatlari bilan bog‘liqligini qiyosiy aniqlash hamda integratsiya va differensiya jarayonlarining yaxlitligini refleksivlik tamoyiliga ko‘ra tadrijiy jihatdan ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik kadrlar tayyorlashning integrativ mexanizmlarini takomillashtirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mazmunini innovatsion faoliyatga tayyorlash mezonlari bilan mazmunli uyg‘unlashtirish hamda ijtimoiyllashuv funksiyalarini rolli o‘yinlar, standart va nostandart vaziyatlarni modellashtirish va hamkorlik muhitini dinamik insonparvarlashtirish va shaxsiy faollik jarayonlarini istiqbolli pedagogik natijaga frontal yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning interfaol mexanizmlarini joriy etish bosqichlari ijtimoiy kompetentlik, o‘zaro sheriklik, yaratuvchilik xususiyatlarini aks ettirish, xulq-atvorini shakllantirish tendensiyalari motivatsiyasi mazmuniga bo‘lgan qiziqish, “inson-jamiyat” aloqasi xarakteri va bilimlarni tizimlashtirish, taqqoslash, sintezlash hamda ijtimoiy xamkorlikni subektlararo faoliyatni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy hamkorlik sharoitida pedagogik kadrlar tayyorlashning integrativ mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ijtimoiy hamkorlik sharoitida pedagogik kadrlar tayyorlashning integrativ mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyatlari ijtimoiy sheriklik, ta’lim bozori ehtiyojlari, ichki resurslardan samarali foydalanish, madaniyatlararo aloqalar, xorijiy tajribalar tashkiliy-mazmunli umumiyligini effektiv ta’minlash hamda ijtimoiy hamkorlikning integrativ mexanizmlari va individual ta’lim traektoriyasini ta’lim maqsadlariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr 237-225 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada ijtimoy hamkorlik va madaniyatlararo aloqalar xorijiy tajribalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning pedagogik va psixologik imkoniyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
ijtimoiy hamkorlik sharoitida pedagogik kadrlar tayyorlashning integrativ mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligi o‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashda ijtimoiy xamkorlik traektoriyasini jadallashtirish, umumiy, o‘rta va oliy pedagogik ta’lim muassasalari faoliyatini vertikal va gorizontal xossalariga ko‘ra muvofiqlashtirish hamda o‘zini tartibga solish jarayonining turli tarkibiy qismlarini differensiallashtirish bo‘yicha ijodiy-pedagogik muhitni yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr 237-225 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishga erishilgan;
ijtimoiy hamkorlik sharoitida pedagogik kadrlar tayyorlashning integrativ mexanizmlarini takomillashtirish jarayoni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini o‘zaro adaptiv integratsiyalash, jamiyat ehtiyojlarini manfaatlari bilan bog‘liqligini qiyosiy aniqlash hamda integratsiya va differensiya jarayonlarining yaxlitligini refleksivlik tamoyiliga ko‘ra tadrijiy jihatdan ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ijtimoiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr 356/7-081 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashning integrativ ta’lim muhitini rivojlantirish omillarini aniqlash imkoni oshirilgan;
pedagogik kadrlar tayyorlashning integrativ mexanizmlarini takomillashtirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mazmunini innovatsion faoliyatga tayyorlash mezonlari bilan mazmunli uyg‘unlashtirish hamda ijtimoiyllashuv funksiyalarini rolli o‘yinlar, standart va nostandart vaziyatlarni modellashtirish va hamkorlik muhitini dinamik insonparvarlashtirish va shaxsiy faollik jarayonlarini istiqbolli pedagogik natijaga frontal yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ijtimoiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining 356/7-081 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning interfaol mexanizmlarini joriy etish bosqichlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning interfaol mexanizmlarini joriy etish bosqichlari ijtimoiy kompetentlik, o‘zaro sheriklik, yaratuvchilik xususiyatlarini aks ettirish, xulq-atvorini shakllantirish tendensiyalari motivatsiyasi mazmuniga bo‘lgan qiziqish, “inson-jamiyat” aloqasi xarakteri va bilimlarni tizimlashtirish, taqqoslash, sintezlash hamda ijtimoiy xamkorlikni subektlararo faoliyatini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining 237-225 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatga tayyorgarligi bosqichlarini aniqlashtirish imkoni yaratilgan.