Sharapova Saboxat Djabbarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda ijtimoiy makon va ahborot tahdidlari sharoitida virtual madaniyatni shakllantirishning ijtimoiy psixologik jihatlari», 19.00.05 – ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.1.DSc/P94.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Shoira Hamidovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda ijtimoiy makon va axborot tahdidlari sharoitida virtual madaniyatni shakllantirishning ijtimoiy psixologik jihatlarini tadqiq etish orqali amaliy imkoniyatlarga zarur taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
virtual madaniyatning semantik makonida ijtimoiy-psixologik effektlar («antisipatsiya», «moviy ekran», «infoteynment», «figuraviy imitatsiya»)ning shaxsga ta’siri natijasida axborot maydoniga xulq-atvor modelining obrazli konstruktlarini talaba «Men»iga interaksiyasi tufayli sub’ektning «internet-makon» dagi transtendentiv reallikka emotsional qadriyatli munosabati shakllanishi dalillangan; 
talabalarda virtual madaniyatni shakllantirishda ijtimoiy makonni autent baholashning assertiv xulqni rivojlanishiga intensiv ta’siri tufayli axborotlarga nisbatan ta’sirchanlikni refleksiv komponenti muhim ahamiyatga ega ekanligi dalillangan; 
oiladagi shaxslararo munosabatlarda virtual madaniyatni shakllanishi natijasida muloqotdagi identifikatsiyaning shaxsni o‘zi haqidagi tasavvurlarining transformatsiyasi tufayli axborotlarning yoshlar tafakkuriga ijtimoiy-psixologik tasiri isbotlangan;
axborot tahdidlaridan yoshlarning psixologik o‘zini-o‘zi himoyalashida virtual muloqotga empatiyani «kommunikativ», «kognitiv kompensatsiya», «filtrlovchi» ta’sir usullari asosida singdirilishi tufayli virtual madaniyatning ijtimoiy kompensatorlik funksiyasi dominant ekanligi dalillangan;
talabalarga ijtimoiy makon va axborot tahdidlarining ta’siri natijasida milliy identivlikni virtual olamdagi referent guruhlarga bog‘liq ravishda transformatsiyalanishi tufayli shaxs ma’naviy- psixologik imidjining shakllanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalarda ijtimoiy makon va axborot tahdidlari sharoitida virtual madaniyatni shakllantirish, tashqi tahdidlarga qarshi virtual madaniyat shakllantirishning ijtimoiy-psixologik jihatlarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: 
    virtual madaniyatning semantik makonida ijtimoiy-psixologik effektlar («antisipatsiya», «moviy ekran», «infoteynment», «figuraviy imitatsiya»)ning shaxsga ta’siri natijasida axborot maydoniga xulq-atvor modelining obrazli konstruktlarini talaba «Men»iga interaksiyasi tufayli sub’ektning «internet-makon»dagi transtendentiv reallikka emotsional qadriyatli munosabati shakllanishi dalillangan xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 21 maydagi PM 19-buyrug‘iga binoan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 25 maydagi PM 19 ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar bilan guruhiy ishlashda, axborot madaniyati, ya’ni turli axborot ta’sirlariga adekvat munosabatlar namoyon etishda ijobiy natija bergan hamda talabalarda virtual madaniyatni shakllantirish borasidagi ishlarni amalga oshirishda samarali xizmat qilgan;
    talabalarda virtual madaniyatni shakllantirishda ijtimoiy makonni autent baholashning assertiv xulq rivojlanishiga intensiv ta’siri tufayli axborotlarga nisbatan ta’sirchanlikni refleksiv komponenti muhim ahamiyatga ega ekanligi dalillangan natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 21 maydagi PM 19-buyrug‘iga binoan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduli mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 25 maydagi PM 19 ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar bilan guruhiy ishlashda, axborot madaniyati hamda talabalarda virtual madaniyat komponentlarini shakllantirish borasidagi ishlarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
oiladagi shaxslararo munosabatlarda virtual madaniyatni shakllanishi natijasida muloqotdagi identifikatsiyaning shaxsni o‘zi haqidagi tasavvurlarining transformatsiyasi tufayli axborotlarning yoshlar tafakkuriga ijtimoiy-psixologik ta’siri isbotlangan ligiga oida ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 21 maydagi PM 19-buyrug‘iga binoan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 25 maydagi PM 19 ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda virtual madaniyat shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik vositalar va komponentlar aniqlanishiga erishilgan;
axborot tahdidlaridan yoshlarning psixologik o‘zini-o‘zi himoyalashida virtual muloqotga empatiyani «kommunikativ», «kognitiv kompensatsiya», «filtrlovchi» ta’sir usullari asosida singdirilishi tufayli virtual madaniyatning ijtimoiy kompensatorlik funksiyasi dominant ekanligi dalillangan xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 21 maydagi PM 19-buyrug‘iga binoan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduli mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 25 maydagi PM 19 ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda virtual madaniyat shakllanishiga tasir etuvchi ijtimoiy-psixologik vositalar va komponentlar aniqlanishiga erishilgan;
talabalarga ijtimoiy makon va axborot tahdidlarining ta’siri natijasida milliy identivlikni virtual olamdagi referent guruhlarga bog‘liq ravishda transformatsiyalanishi tufayli shaxs ma’naviy- psixologik imidjining shakllanishi asoslangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 21 maydagi PM 19-buyrug‘iga binoan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 25 maydagi PM 19 ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda virtual madaniyat shakllanishiga tasir etuvchi ijtimoiy-psixologik vositalar va komponentlar aniqlanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish