Elmurodov Ulug‘bek Yusup og‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim tizimi rahbarlarida liderlik qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari », 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P344.
Ilmiy rahbar: Beknazarova Lola Sadinovna, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Tillashayxova Xosiyat Azamatovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim tizimi rahbarlari, ya’ni kafedra mudirlarining liderlik qobiliyatini rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rahbar shaxsida emotsional intelektning rivojlanganlik darajasi shaxslararo munosabatlarga yo‘nalganlikning o‘z hissiyotlarini nazorat qilish orqali o‘zgalarning kechinmalarini boshqarish, o‘z-o‘ziga motivatsiya berish xususiyati bilan o‘zaro uyg‘un shakillanishiga olib kelganligi tufayli liderlik qobiliyati samaradorligini ta’minlovchi ustuvor mezon ekanligi dalillangan;
rahbar shaxs xususiyatlarining faoliyatda differensial ifodalanishiga ko‘ra jamoada sintonik muloqotning kuchayishi hissiy-irodaviy sifatlarini “liderlik samaradorligi”ni oshirishda ustuvor reprezintatsiyalanishiga olib kelganligi tufayli “anglanganlik” va “tanqidiylik” boshqaruv uslubining namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi asoslangan;
shaxsda liderlik qobiliyatini rivojlantirish uchun “Ego” va “super Ego” orasidagi nomutonosiblikni “mukammalikka intilish”, “emotsional bilimdonlik”, “ota-onaning referent ta’siri” asosida konstruktiv transformatsiyalanishi muhimligi tufayli “ichki nizolarni yengish”, “oila muhiti”, “ijtimoiy faollik” kabi sotsial omillarga ustuvorlik berishning ijtimoiy-kognitiv jihatlari isbotlangan;
“Rahbar shaxsida liderlik qobiliyatini rivojlantirish” modeli muloqotdagi “motivatsion”, “vaziyatli”, “psixologik” to‘siqlarni yengish ko‘nikmasi “maqsadga intiluvchanlik” xususiyatining ustuvor ta’siriga muvofiq emotsional intellektga identiv rivojlanishni ta’minlash muhimligiga ko‘ra “liderlik qobiliyatini belgilovchi xususiyatlar”ni differensiatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida rahbar sifatida kafedra mudirlarida liderlik qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish ilmiy natijalari asosida:
rahbar shaxsida emotsional intelektning rivojlanganlik darajasi shaxslararo munosabatlarga yo‘nalganlikning o‘z hissiyotlarini nazorat qilish orqali o‘zgalarning kechinmalarini boshqarish, o‘z-o‘ziga motivatsiya berish xususiyati bilan o‘zaro uyg‘un shakillanishiga olib kelganligi tufayli liderlik qobiliyati samaradorligini ta’minlovchi ustuvor mezon ekanligi dalillanishi bo‘yicha xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 24-dekabrdagi PM 92-a-buyrug‘iga binoan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 24-dekabrdagi PM 92-a-buyrug‘i). Natijada bo‘lajak pedagog-psixolog va amaliyotchi psixolog mutaxassislarni tayyorlashda oliy ta’lim tizimi rahbari sifatida kafedra mudirlarining liderlik qobiliyatini rivojlantirishning psixodiagnostik va psixokorreksion vositalarini takomillashtirishda nazariya va amaliyot uzviyligi kuchaytirilgan;
rahbar shaxs xususiyatlarining faoliyatda differensial ifodalanishiga ko‘ra jamoada sintonik muloqotning kuchayishi hissiy-irodaviy sifatlarini “liderlik samaradorligi”ni oshirishda ustuvor reperezintatsiyalanishiga olib kelganligi tufayli “anglanganlik” va “tanqiydiylik” boshqaruv uslubining namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi asoslangan va amaliyotga joriy etilganiga doir ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 24-dekabrdagi PM 92-a-buyrug‘iga binoan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 24-dekabrdagi PM 92-a-buyrug‘i). Natijada oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan rahbar xodimlar bilan ishlashga doir zarur ilmiy-amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarining oshishiga xizmat qilgan;
shaxsda liderlik qobiliyatini rivojlantirish uchun “Ego” va “super Ego” orasidagi nomutonosiblikni “mukammalikka intilish”, “emotsional bilimdonlik”, “ota-onaning referent ta’siri” asosida konstruktiv transformatsiyalanishi muhimligi tufayli “ichki nizolarni yengish”, “oila muhiti”, “ijtimoiy faollik” kabi sotsial omillarga ustivorlik berishning ijtimoiy-kognitiv jihatlari isbotlangan hamda amaliyotga joriy qilinganligiga doir ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 24-dekabrdagi PM 92-a-buyrug‘iga binoan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 24-dekabrdagi PM 92-a-buyrug‘i). Natijada bu oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan rahbarlarini psixokorreksion ishlarni olib borishga doir zarur ilmiy-amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarining oshishiga xizmat qilgan;
“rahbar shaxsida liderlik qobiliyatini rivojlantirish” modeli muloqotdagi “motivatsion”, “vaziyatli”, “psixologik” to‘siqlarni yengish ko‘nikmasi “maqsadga intiluvchanlik” xususiyatining ustuvor ta’siriga muvofiq emotsional intellektga identiv rivojlanishni ta’minlash muhimligiga ko‘ra “liderlik qobiliyatini belgilovchi xususiyatlar”ni differensiatsiyalash asosida takomillashtirishga erishilgan, ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 24-dekabrdagi PM 92-a-buyrug‘iga binoan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 24-dekabrdagi PM 92-a-buyrug‘i). Natijada oliy ta’lim tizimi rahbari sifatida kafedra mudirlarining xodimlarda liderlik qobiliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq psixodiagnostik va psixokorreksion xususiyatlarni aniqlashning asosiy omillarini aniqlashga xizmat qiladigan ilmiy-metodik ta’minot boyitilgan.