Xidirova Malohat Qazaqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarda andragogik kompetentlikni takomillashtirish», 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3056.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muxabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibayeva Guljaxan Yermekbayevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ximmataliyev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning andragogik kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 bo‘lajak o‘qituvchilarning andragogik kompetentligini takomillashtirish imkoniyatlari pedagogika sohasi bilan semantik uzluksizlikni barqaror saqlash, ijtimoy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va psixofiziologik o‘zgarishlar dinamikasi hamda barqaror voyaga yetganlikning geteroxroniya ko‘rsatkichlarini tahliliy prognozlash asosida aniqlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning andragogik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari jonli diskussiyani vujudga keltirish, hamkorlik qobiliyati va hissiy intellektini boshqarish hamda kasbiy motivatsiya, moyilliklar, qiziqishlar orasidagi bog‘liklarni sub’ektiv va ob’ektiv faoliyat toifalarga differensial ajratish asosida takomillashtirilgan; 
 bo‘lajak o‘qituvchilarning andragogik kompetensiyasini rivojlantirish modeli motivatsion- maqsadli komponentlarni andragogik me’yorlarga idientiv muvofiqlashtirish, didaktik faoliyat turlari va funksiyalarini birgalikda rejalashtirish hamda o‘zaro ta’sir usullarini hamkorlik, interaktivlik, proektivlik, refliksivlik tamoyillari mazmuniga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
 bo‘lajak o‘qituvchilarning andragogik kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni rivojlantiruvchi-diagnostik vositalarini yaratish, tanqidiy, kreativ va tizimli fikrlashni jadal integratsiyalash hamda pedagogik shart-sharoitlar infratuzilmasini bilim va shaxsiy-ijtimoiy tajriba mezonlari mazmuniga ko‘ra tadrijiy rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak andragogik kompetentlikni takomillashtirish mexanizmlari bo‘yicha olingan natijalar: 
bo‘lajak o‘qituvchilarning andragogik kompetensiyasini shakllantirish imkoniyatlari pedagogika sohasi bilan semantik uzluksizlikni saqlash, ijtimoy-madaniy, axloqiy, iqtisodiy va psixofiziologik o‘zgarishlar dinamikasi hamda barqaror voyaga yetganlikning geteroxroniya ko‘rsatkichlari asosida aniqlash, bo‘lajak o‘qituvchilarning andragogik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari jonli diskussiyani vujudga keltirish, hamkorlik qobiliyati va hissiy intellektini boshqarish hamda kasbiy motivatsiya, moyilliklar, qiziqishlar orasidagi bog‘liklarni sub’ektiv va ob’ektiv faoliyat toifalarga differensial ajratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 4 maydagi 02-07-1581/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ta’limni raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarda andragogik kompetentlikni takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning andragogik kompetensiyasini rivojlantirish modeli motivatsion- maqsadli komponentlarni andragogik me’yorlarga idientiv muvofiqlashtirish, didaktik faoliyat turlari va funksiyalarini birgalikda rejalashtirish hamda o‘zaro ta’sir usullarini hamkorlik, interaktivlik, proektivlik, refliksivlik tamoyillari mazmuniga bosqichma-bosqich moslashtirish, bo‘lajak o‘qituvchilarning andragogik kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni rivojlantiruvchi-diagnostik vositalarini yaratish, tanqidiy, kreativ va tizimli fikrlashni jadal integratsiyalash hamda pedagogik shart-sharoitlar infratuzilmasini bilim va shaxsiy-ijtimoiy tajriba mezonlari mazmuniga ko‘ra tadrijiy rivojlantirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 4 maydagi 02-07-1581/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda andragogik kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha seminar va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish