Jasur Botirovich Salomovning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi siyosiy tizimining yuzaga kelish va rivojlanish tarixi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tar539.
Ilmiy rahbar: Mirzoxid Akramovich Raximov, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Dilorom Agzamovna Alimova, tarix fanlari doktori, professor;
Rustam Ziyatovich Jumayev, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi siyosiy tizimining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini ochib berish hamda uning institutlarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
Markaziy Osiyo mamlakatlarida tarixan mustaqil siyosiy tizimlar shakllanishi jarayoni sovet davlatining rasmiy parchalanishidan oldin boshlangani hamda davomli siyosiy va iqtisodiy beqarorliklar fonida asosiy maqsad etib asosiy boshqaruv institutlarning maksimal samaradorligini ta’minlash belgilanganligi aniqlangan;
O‘zbekiston Respublikasi siyosiy tizimini mustaqillikning dastlabki yillardanoq chuqur markazlashgan holda shakllantirishga e’tibor qaratilgani, konstitusion vakolatlarning “yuqoridan-pastga” tamoyili asosida o‘tkazilishini nisbatan sekin olib borilgani natijasida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi rivojlanish bir maromda kechmagani dalillangan;
ijro hokimiyati ega bo‘lgan vakolatlar ko‘lami qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati vakolatlariga nisbatan avvaldan nomutanosib ko‘rinish olgani, bu holat butun siyosiy tizimning barqaror faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, mahalliy davlat hokimiyatining funksional degradatsiyasiga sabab bo‘lgani dalillangan;
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘z siyosiy tizimlarining institusional asoslarini shakllantirish bosqichidan o‘tganligi, biroq tizimning parlament, mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati bo‘g‘inlari faoliyati samaradorligini ta’minlashda vakolatlardan to‘la foydalanmaslik, vakolatdan chetga chiqish va hisobdorlikni ta’minlamaslik kabi muammolar sababli o`tgan davrda keng ko‘lamli ijtimoiy-siyosiy islohotlarni ro‘yobga chiqarishda to‘siq bo‘lgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi siyosiy tizimini mustaqillikning dastlabki yillardanoq chuqur markazlashgan holda shakllantirishga e’tibor qaratilgani, konstitusion vakolatlarning “yuqoridan-pastga” tamoyili asosida o‘tkazilishini nisbatan sekin olib borilgani natijasida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi rivojlanish bir maromda kechmagani haqidagi tadqiqot natijalari oliy o‘quv yurtlari uchun dissertant ishtirokida tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining eng yangi tarixi” darsligini yaratish bo‘yicha innovatsion loyiha doirasida foydalanildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-127-son nashr ruxsatnomasi (sertifikati)). Loyiha doirasida tadqiqot natijalarninng joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi siyosiy tizimi shakllanishi va rivojlanishi masalalarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosalar fundamental tadqiqot natijasi sifatida tan olinishiga va keng ilmiy jamoatchilik o‘rtasida ommalashishiga xizmat qilgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘z siyosiy tizimlarining institusional asoslarini shakllantirish bosqichidan o‘tganligi, biroq tizimning parlament, mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati bo‘g‘inlari faoliyati samaradorligini ta’minlashda vakolatlardan to‘la foydalanmaslik, vakolatdan chetga chiqish va hisobdorlikni ta’minlamaslik kabi muammolar sababli keng ko‘lamli ijtimoiy-siyosiy islohotlarni ro‘yobga chiqarishda to‘siq bo‘layotganini ko`rsatuvchi ma’lumotlardan 2016-2019 yillarda Yevropa siyosati institutida (Germaniya) amalga oshirilgan “The EU, Central Asia and the Caucasus in the lnternational System” (EUCACIS) nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan (Yevropa siyosati institutining 2019 yil 11 iyundagi ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarninng joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligini shakllanishi va siyosiy institutlarni demokratik tamoyillar asosida rivojlantirishning asosiy jihatlarini xalqaro miqyosda tan olinishiga xizmat qilgan. Shuningdek, ilmiy natijalarning xorijda chop etilishi respublikaning xalqaro nufuzini mustahkamlash va davlat boshqaruvi sohasida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvurni shakllantirish uchun sharoit yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish