Yusupova Nargiza Arzikulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining shaxsiy pedagogik sifatlarini rivojlantirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2014.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Alliyarov Ashraf Dauletiyarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining shaxsiy-pedagogik sifatlarini rivojlantirish hamda ilmiy asoslangan taklif ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining shaxsiy – pedagogik sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari bilim va ko‘nikmalarining fanga oid dunyoqarashi fundamental asoslarini shakllantirishga qaratilgan o‘rta asrlar tarixi bo‘yicha o‘quv materialini vizual tarzda taqdim etish orqali real tarixiy voqelik haqida ob’ektiv tasavvur hosil qilishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining shaxsiy – pedagogik sifatlarini rivojlantirish jarayoni tarixiy jarayonlarni ko‘p qirrali talqin etish, tushunish kasbiy yo‘naltirilgan muhit va shaxsiy-faoliyatli yondashuvlarga ko‘ra tarix fani bo‘yicha faktik va birlamchi ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilish, xulosa va hukm chiqarishga o‘rgatish uchun ijodiy-faol pedagogik muhit yaratishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining shaxsiy – pedagogik sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari mafkuraviy immunitetni shakllantirish samaradorligini oshirishga qaratilgan fikrlar turli xil bo‘lgan sharoitda to‘g‘ri qaror qabul qilish, ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatining ta’limiy maqsadlarga proporsionallik darajasi amaliyligini real pedagogik vaziyat talablariga izchil moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining shaxsiy – pedagogik sifatlarini rivojlantirish samaradorligi kasbiy tayyorgarlikni faoliyatli-dialogli shakllantirishni ta’minlashga qaratilgan modulli texnologiyalarni uzluksiz joriy qilish hamda xususiy va pedagogik ta’sir vositalarini muvofiqlashtiruvchi umumiy tushunchalar o‘rtasidagi bevosita mazmunli aloqadorlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining shaxsiy-pedagogik sifatlarini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining shaxsiy – pedagogik sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari bilim va ko‘nikmalarining fanga oid dunyoqarashi fundamental asoslarini shakllantirishga qaratilgan o‘rta asrlar tarixi bo‘yicha o‘quv materialini vizual tarzda taqdim etish orqali real tarixiy voqelik haqida ob’ektiv tasavvur hosil qilishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170929727-raqamli “Oliy ta’lim sifati diagnostikasi va uni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 24 maydagi 02-07-1913/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining shaxsiy-pedagogik sifatlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining shaxsiy – pedagogik sifatlarini rivojlantirish jarayoni tarixiy jarayonlarni ko‘p qirrali talqin etish, tushunish kasbiy yo‘naltirilgan muhit va shaxsiy-faoliyatli yondashuvlarga ko‘ra tarix fani bo‘yicha faktik va birlamchi ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilish, xulosa va hukm chiqarishga o‘rgatish uchun ijodiy-faol pedagogik muhit yaratishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 24 maydagi 02-07-1913/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining shaxsiy-pedagogik sifatlarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarini faollashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining shaxsiy – pedagogik sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari mafkuraviy immunitetni shakllantirish samaradorligini oshirishga qaratilgan fikrlar turli xil bo‘lgan sharoitda to‘g‘ri qaror qabul qilish, ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatining ta’limiy maqsadlarga proporsionallik darajasi amaliyligini real pedagogik vaziyat talablariga izchil moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170929727-raqamli “Oliy ta’lim sifati diagnostikasi va uni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 24 maydagi 02-07-1913/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining shaxsiy-pedagogik sifatlarini rivojlantirish darajalari va shaxsiy sifat ko‘rsatkichlarini faollashtirish imkoni kengaytriligan;
bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining shaxsiy – pedagogik sifatlarini rivojlantirish samaradorligi kasbiy tayyorgarlikni faoliyatli-dialogli shakllantirishni ta’minlashga qaratilgan modulli texnologiyalarni uzluksiz joriy qilish hamda xususiy va pedagogik ta’sir vositalarini muvofiqlashtiruvchi umumiy tushunchalar o‘rtasidagi bevosita mazmunli aloqadorlikni ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 24 maydagi 02-07-1913/04 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining shaxsiy-pedagogik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish samaradorligi oshgan.