Nuraliyeva Parvina Erkinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3604.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Muradova Firuza Rashidovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Fayziyeva Maxbuba Raximjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, bilish faoliyatiga ta’sir etish omillarini relevant axborotlar ustida ishlash jarayoniga o‘zaro integrativlik funksiyalarda joriy etish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari raqamli axborotlarni struktorial tahrirlashga o‘rgatuvchi usullarni kasbiy yo‘nalgan grafik-dizaynli topshiriqlar bilan maqbul kombinasiyalarda optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan; 
kasbiy kompetentlikni shakllantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish modeli virtuallik, variativlik va amaliy yo‘nalganlik tamoyillarini talabalarning mustaqil faoliyati mazmuniga produktiv barqarorlikda kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy kompetentlikning shakllanganligini baholash mezonlari kreativlik, individuallik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni shakllantirishga mo‘ljallangan raqamli topshiriqlar va keyslarni davriy nazoratli kontentda differensial-korreksiya munosabatida qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, bilish faoliyatiga ta’sir etish omillarini relevant axborotlar ustida ishlash jarayoniga o‘zaro integrativlik funksiyalariga oid metodik tavsiyalardan “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-300 raqamli guvohnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy tayyorlash jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish va ta’lim natijalarini avtomatik baholashning axborot-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari raqamli axborotlarni struktorial taxrirlashga o‘rgatuvchi usullarni kasbiy yo‘nalgan grafik-dizaynli topshiriqlar bilan maqbul kombinasiyalarda optimallashtirish hamda kasbiy kompetentlikni shakllantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish modeli virtuallik, variativlik va amaliy yo‘nalganlik tamoyillarini talabalarning mustaqil faoliyati mazmuniga produktiv barqarorlikda kiritish bo‘yicha tavsiyalar “Informatsionnie texnologii v injenernom dele” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19- iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0788 raqamli guvohnomasi). Mazkur tavsiyalar bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda o‘z-o‘zini namoyon qilish, boshqarish va baholash kompetensiyalarni shakllantirish jarayonini, oliy ta’limda talabalarni mustaqil faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
talabalarda kasbiy kompetentlikning shakllanganligini baholash mezonlari kreativlik, individuallik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni shakllantirishga mo‘ljallangan raqamli topshiriqlar va keyslarni davriy nazoratli kontentda differensial-korreksiya munosabatida qo‘llashga oid metodik tavsiyalardan “Kompyuter grafikasi va web dizayn fanidan laboratoriya ishlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i, 106-404 raqamli guvohnomasi). Mazkur dasturlar oliy ta’limda tahsil olayotgan bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishni takomillashtirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish