Jumanqo‘ziyev O‘ktamjon O‘tkirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umum ta’lim maktablarida dasturlash tillarini o‘qitishning o‘quv metodik ta’minoti”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2420.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Fayziyeva Mahbubaxon Raximjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Maxamatrasul, texnika fanlari doktori, professor; Mirsanov Uralbay Muxammadiyevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida dasturlash tillarini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minotini yaratish va undan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida dasturlash tillarini o’qitish texnologiyasi dasturlash tillari, dasturiy modullar komponovkasi, dasturni bajarish va xatolarni bartaraf etish, dastur samaradorligini baholash kabi dasturlash jarayoni algoritmi hamda dastur matnini tahrirlash, kompilyasiya, ijro, fayllar bilan ishlash, yordam va xatolarni bartaraf etish kabi dasturlash tizimi rejimlarini intensiv joriy etish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktab o‘quvchilarining dasturlash bo’yicha kompetensiyasi uslubiy yondashuvlarni zamonaviylashtirish, dasturlash tillarini o‘rganish usullarini rivojlantirishni hisobga olgan motivatsion, kognitiv, integrativ va kreativ mezonlari hamda quyi, o’rta past, o’rta va yuqori darajalarining integratsiyalashuvi asosida takomillashtirilgan;
informatika va axborot texnologiyalari fanining “Dasturlash asoslari” bo‘limini o‘qitishning onlayn va oflayn platformalariga asoslangan o’quv-metodik ta’minotining me’yoriy xujjatlar, o’quv-metodik, nazorat-diagnostika va didaktik materiallar kabi tashkil etuvchilari aralash ta’limning qayta aloqali muhitida didaktik topshiriqlar adaptivlashuvini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
Informatika va axborot texnologiyalari fanining “Dasturlash asoslari” bo’limini o’qitishning didaktik modeli muammoni aniqlash, faollashtirish, taqdim etish, qo’llash, integratsiya kabi pedagogik dizayn yondoshuvlari hamda o’quv maydonlarini yaratish, loyihalash, juftlikda kodlash, o’yinli kodlash, PRIMM kabi differensial ta’lim texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida dasturlash tillarini o‘quv-metodik ta’minot asosida o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumta’lim maktab o‘quvchilarining dasturlash bo’yicha kompetensiyasini uslubiy yondashuvlarni zamonaviylashtirish, dasturlash tillarini o‘rganish usullarini rivojlantirishni hisobga olgan motivatsion, kognitiv, integrativ va kreativ mezonlari hamda quyi, o’rta past, o’rta va yuqori darajalarining integratsiyalashuvi asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6 sinflari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” o’qituvchi kitobini yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023 yil 21 fevraldagi 01/11-02/9-110-son ma’lumotnomasi). Mazkur o’qituvchi kitobi “Dasturlash asoslari” bo’limini o’qitishda asosiy adabiyot sifatida umumta’lim maktablarida dasturlash bo’yicha bilim va ko’nikmaga ega kadrlar tayyorlashga xizmat qilgan;
Informatika va axborot texnologiyalari fanining “Dasturlash asoslari” bo‘limini o‘qitishning onlayn va oflayn platformalariga asoslangan o’quv-metodik ta’minotining me’yoriy xujjatlar, o’quv-metodik, nazorat-diagnostika va didaktik materiallar kabi tashkil etuvchilarini aralash ta’limning qayta aloqali muhitida didaktik topshiriqlar adaptivlashuvini ta’minlash orqali takomillashtirishga oid takliflaridan “Dasturlash asoslari” fani raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023 yil 21 fevraldagi 01/11-02/9-110-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur resurslar umumta’lim maktabi o’quvchilarini dasturlash bo’yicha bilim va ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari fanining “Dasturlash asoslari” bo’limini o’qitishning didaktik modelini muammoni aniqlash, faollashtirish, taqdim etish, qo’llash, integratsiya kabi pedagogik dizayn yondoshuvlari hamda o’quv maydonlarini yaratish, loyihalash, juftlikda kodlash, o’yinli kodlash, PRIMM kabi differensial ta’lim texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan umumta’lim maktablari 9-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fani “Dasturlash asoslari” bo’limini o’qitishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023 yil 21 fevraldagi 01/11-02/9-110-son ma’lumotnomasi). Natijada, o’quvchilarning dasturlashga doir bilim, ko’nikmalari shakllangan hamda ta’limni raqamlashtirish sharoitida o’qitish samaradorligining oshishiga erishilgan.