Xashimov Aziz Ozadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metallurgiya sanoati korxonalarini soliqqa tortish va soliq nazoratini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2459
Ilmiy rahbar: Isaev Faxriddin Ikromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Dissertatsiya ishi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Zafarjon Alijonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi metallurgiya korxonalarini soliqqa tortish va soliq nazoratini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish hamda uning amal qilishi bilan bog‘liq barcha xatti-harakatlarni belgilovchi tartibni ishlab chiqish taklifi asoslangan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lovchilariga nisbatan o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha jami daromadi o‘n milliard so‘mdan oshmagan shaxs soliq qarzi yuzaga kelgan sanadan e’tiboran bir oy ichida soliq organlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi to‘g‘risida xabarnoma yuborilganligi shartini kiritish orqali soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish shartlarini takomillashtirish asoslangan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi tomonidan soliq davri uchun soliq hisoboti taqdim etish chog‘ida soliq organlari qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) to‘g‘risida xabardor qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida amalga oshirish taklif etilgan;
soliq auditi o‘tkazilgan shaxs soliq tekshiruvi natijalaridan qoniqmagan taqdirda, soliq auditi dalolatnomasini olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida tegishli soliq organiga yozma e’tirozlarini taqdim etish tartibini joriy etish orqali soliqqa tortish va soliq nazoratini takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metallurgiya sanoati korxonalarini soliqqa tortish va soliq nazoratini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish hamda uning amal qilishi bilan bog‘liq barcha xatti-harakatlarni belgilovchi tartibni ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-son Qonuni bilan Soliq kodeksining 237-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 6-yanvardagi 21-01071-son ma’lumotnomasi). Natijada QQS to‘lovchilarni soliq organlarida hisobga qo‘yish, ularga maxsus guvohnoma berish, shuningdek uning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki bekor qilish tartibi belgilanib, joriy yilning 1-noyabr holatiga 8,2 trln. so‘mlik shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan 3,3 mingta soliq to‘lovchining guvohnomasi to‘xtatilgan hamda ushbu operatsiyalar bo‘yicha hisobga olingan QQS summasi 1,1 trln. so‘mni tashkil etgan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lovchilariga nisbatan o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha jami daromadi o‘n milliard so‘mdan oshmagan shaxs soliq qarzi yuzaga kelgan sanadan e’tiboran bir oy ichida soliq organlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi to‘g‘risida xabarnoma yuborilganligi shartini kiritish orqali soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish shartlarini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-son Qonuni bilan Soliq kodeksining 100-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 6-yanvardagi 21-01071-son ma’lumotnomasi). Natijada tovar aylanmasi 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan kichik biznes subektlariga xabardor qilish orqali soliq qarzini foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi tomonidan soliq davri uchun soliq hisoboti taqdim etish chog‘ida soliq organlari qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) to‘g‘risida xabardor qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-son Qonuni bilan Soliq kodeksining 138-moddasiga kiritildgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 6-yanvardagi 21-01071-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi muddatini 60 kundan 30 kungacha qisqartirilgan;
soliq auditi o‘tkazilgan shaxs soliq tekshiruvi natijalaridan qoniqmagan taqdirda, soliq auditi dalolatnomasini olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida tegishli soliq organiga yozma e’tirozlarini taqdim etish tartibini joriy etish orqali soliqqa tortish va soliq nazoratini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 6-yanvardagi 21-01071-son ma’lumotnomasi). Natijada soliq auditi o‘tkazish jarayonida soliq to‘lovchilarning huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilish hamda soliq tekshiruvi jarayonlarining shaffofligi va adolatliligini ta’minlash imkoni yaratilgan.