Omonov Sardor O‘lmasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kapital bozorida institusional investorlar faolligini oshirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2446.
Ilmiy rahbar: Botirov Azamat Axmedovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Karlibayeva Raya Xodjabayevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alikulov Azamat Tuygunovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston kapital bozorida institusional investorlar faolligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarining investision vositachilik faoliyati samaradorligini oshirish asosida kapital bozorida aksiyalar, obligatsiyalar, davlat qimmatli qog‘ozlarini muvaffaqiyatli joylashtirish asoslangan;
qisqa va uzoq muddatli korporativ obligatsiyalarni mahalliy va xalqaro kapital bozoriga emissiya qilish orqali moliyaviy resurslar jalb etish va yangi loyihalarni moliyalashtirish asoslangan;
emitentlarning moliyaviy texnologiyalardan foydalanishlarini kengaytirish maqsadida tijorat banklarining kapital bozorida moliyaviy risklarni kamaytirish, investision kraudfanding, robo-maslahatchi, onlayn moliyaviy konsalting kabi faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish taklif etilgan;
kapital bozorida emission faoliyatni kengaytirish maqsadida uzoq muddatli korporativ obligatsiyalar ta’minoti sifatida sug‘urta polislaridan foydalanish asoslangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kapital bozorida institusional investorlar faolligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining investision vositachilik faoliyati samaradorligini oshirish asosida kapital bozorida aksiyalar, obligatsiyalar, davlat qimmatli qog‘ozlarini muvaffaqiyatli joylashtirish taklifi mahalliy davlat qimmatli qog‘ozlar bozorida “Asakabank” AJning vositachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda foydalanilgan (“Asakabank” AJning 2022 yil 17 noyabrdagi 19-01/6735-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, “Asakabank” AJ tomonidan 2022 yil 1 noyabrda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga jami 10 mlrd. so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlari sotib olinishida brokerlik faoliyati ko‘rsatilgan;
qisqa va uzoq muddatli korporativ obligatsiyalarni mahalliy va xalqaro kapital bozoriga emissiya qilish orqali moliyaviy resurslar jalb etish va yangi loyihalarni moliyalashtirish taklifi “Asakabank” AJning “O‘rta muddatli va uzoq muddatli davr uchun rivojlanish strategiyasi”da foydalanilgan (“Asakabank” AJning 2022 yil 17 noyabrdagi 19-01/6735-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, “Asakabank” AJ tomonidan xalqaro fond birjalariga xalqaro obligatsiyalarni joylashtirish hamda qo‘shimcha kapital jalb qilish orqali bank kapitali yetarlilik koeffisientini 2023 yilda 17 foizga yetkazish rejalashtirilgan;
emitentlarning moliyaviy texnologiyalardan foydalanishlarini kengaytirish maqsadida tijorat banklarining kapital bozorida moliyaviy risklarni kamaytirish, investision kraudfanding, robo-maslahatchi, onlayn moliyaviy konsalting kabi faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish taklifi “UzAuto Motors” AJ tomonidan tashkil etilgan IPO operatsiyasida “Asakabank” AJning investision vositachilik xizmatlarini yo‘lga qo‘yishda foydalanilgan (“Asakabank” AJning 2022 yil 17 noyabrdagi 19-01/6735-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, “UzAuto Motors” AJ tomonidan tashkil etilgan IPO operatsiyasida aksiyalar sotib olish uchun “Asakabank” AJ tomonidan bank filiallarida brokerlik hisobraqamlarini ochish hamda investorlar uchun onlayn moliyaviy konsalting, investision kraudfanding va investision risklarni baholash xizmatlarini yo‘lga qo‘yish orqali “UzAuto Motors” AJ tomonidan tashkil etilgan IPO operatsiyasida 1383 ta ariza orqali deyarli 56 890,968 mln. so‘m hajmidagi kapital jalb qilingan, joylashtirilgan aksiyalarning 80,1 foizi institusional investorlar hamda qolgan 19,9 foizi chakana investorlar orasida taqsimlangan;
kapital bozorida emission faoliyatni kengaytirish maqsadida uzoq muddatli korporativ obligatsiyalar ta’minoti sifatida sug‘urta polislaridan foydalanish taklifi “ALSKOM sug‘urta kompaniyasi” AJda 2023 yil Biznes rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“ALSKOM sug‘urta kompaniyasi” AJning 2022 yil 23 noyabrdagi 04-1963-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, jami qiymati 12 mlrd. so‘mlik 2 ta korporativ obligatsiyalar emissiyasida kompaniya tomonidan mazkur turdagi investision faoliyat ko‘rsatilgan.