Ataxanov Shuxrat Nuriddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini qayta ishlashdagi ikkilamchi xomashyolardan samarali foydalanib, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T274.
Ilmiy maslahatchi: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, professor; Normaxmatov Ruziboy, texnika fanlari doktori, professor; Azizov Aktam Sharipovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meva va sabzavot xomashyolari va oziq-ovqat sanoati ikkilamchi ashyosi asosida umumiy ovqatlanish korxonalari uchun funksional vazifani bajaruvchi yangi turdagi oziqa kukuni, qandli konserva mahsulotlari, sous yarimfabrikatlari ishlab chiqarish, tarkibi hamda tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olma va sabzi siqmasiga aniqlangan ratsional konsentratsiyali gipotonik eritma bilan ishlov berish bilan kimyoviy tarkibi saqlanish isbotlanib, quritish va maydalash orqali kukun olish texnologiyasi yaratilgan;
matematik modellashtirish uslubiyoti asosida siqmani quritish va maydalash jarayonining maqbul ko‘rsatkichlari aniqlangan;
olingan mahsulotning mineral va vitamin tarkibi, oziqaviy qiymati va organoleptik ko‘rsatkichlarini qiyoslash yo‘li bilan aniqlab, boshlang‘ich parametrlariga bog‘liqligi asoslangan;
topinambur siqmasiga issiqlik ishlovi berib, oqsil, uglevodlar, vitaminlar, polifenollardagi biokimyoviy o‘zgarishlar isbotlangan;
siqma yarimtayyor mahsuloti asosida malina, olma va boshqa sharbatlar qo‘shib, parhez uchun maqbul tarkib, ta’m, rang, hid va konsistensiyaga ega bo‘lgan desert reseptining ilmiy asosi yaratilgan;
topinambur siqmasi va meva sharbatlari asosida parhez qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologik tizimi yaratilgan;
meva va sabzavotli sous-pasta yarimfabrikatlari, funksional mahsulot tayyorlashning ilmiy asoslangan reseptlari ishlab chiqilgan;
meva va sabzavotli sous-pasta yarimfabrikatlarining organoleptik, fizik-kimyoviy, mikrobiologik, strukturaviy-mexanik va reologik xossalari aniqlangan;
o‘rik va olxo‘riga NaCl eritmasi bilan ishlov berishda polifenol va karotinoidlarning o‘zgarishi, qayta ishlangan mevalarga harorat rejimining ta’siri aniqlangan;
qand, quruq sut, tuxum va jo‘xori kukuni, bug‘doy, guruch, no‘xot uni qo‘shib, meva-rezavor hamda sabzavot pyurelari asosida olingan yarimfabrikat va tayyor mahsulotlar xossalari majmuasi yaratilgan;
turli oziqaviy qo‘shimchalardan foydalanilganda mahsulotlar tarkibidagi polifenol moddalar va karotinoidlarning o‘zgarishi, diffuzion massa tashishning vaqt davomiyligi va eritma konsentratsiyasiga bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
maydalangan olxo‘ri mevalariga NaCl bilan ishlov berish natijasida ko‘proq polifenollar tutishi va barqarorlashuv samarasi leykoantotsian-larga qaratilganligi, katexin va antotsianlarni saqlanuvchanligi oshishi isbotlangan;
ezg‘ilash mashinasi ta’sirida polifenollarga kuchli ta’sir bo‘lishiga qaramasdan, 30 min davomida 10% konsentratsiyali NaCl bilan ishlov berilishi mevalar polifenol komplekslariga etarli barqarorlashtiruvchi samara berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Meva va sabzavot xom ashyolari va oziq-ovqat sanoati ikkilamchi ashyosi asosida umumiy ovqatlanish korxonalari uchun funksional vazifani bajaruvchi yangi turdagi oziqa kukuni, qandli konserva mahsulotlari, sous yarimfabrikatlari ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Meva-sabzavot sharbatlari ikkilamchi xom ashyolaridan tayyorlangan povidlo» ishlab chiqarishga texnik shart «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (TSh 64-15826912-02:2004). Natijada, povidlo ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Meva sous-pasta yarimfabrikatlari» ishlab chiqarishga texnik shart «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (TSh 16165217-02:2019 va TY 16165217-02:2019). Natijada, meva sous-pasta yarimfabrikatlari ishlab chiqarish imkonini bergan;
glyutensiz sabzavot sousi yarimfabrikatini tayyorlash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining patenti olingan (№ IAP 06812. 25.03.2022). Natijada, tabiiy parxezli sabzavot sousi yarimfabrikatlari ishlab chiqarish imkonini bergan;
sharbat ishlab chiqarish ikkilamchi xom ashyosidan qandli konserva mahsuloti tayyorlash texnologiyasi «ORDEN PERFEKTO» MChJ, «MUHAMMADALI HAMKOR BIZNES» OAJ va «SHOKIRJON SHAVKATJON HAMKOR» fermer xo‘jaliklarining «2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqatsanoati uyushmasi» XKning 2021 yil 13 dekabrdagi 13-124/12-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, oziqaviy va biologik qiymati yuqori bo‘lgan, an’anaviy xom ashyodan tayyorlangan povidlodan fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari qolishmaydigan konserva mahsulotlari assortimentini kengaytirish imkonini beradi;
meva sous-pasta yarimfabrikatlari resepturasi va ishlab chiqarish texnologiyasi «NAMANGAN ShARBATI» AJning «2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqatsanoati uyushmasi» XKning 2021 yil 13 dekabrdagi 13-124/12-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, oziqaviy qiymati yuqori bo‘lgan meva sous-pasta yarimfabrikatlari ishlab chiqarish va assortimentni kengaytirish imkonini beradi;
meva sous-pasta yarimfabrikatlari tayyorlash texnologiyasi Uchqo‘rg‘on tumanidagi «MUXAMMADALI XAMKOR BIZNES» OAJ va Namangan shahridagi «TURKISTON» MChJning «2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqatsanoati uyushmasi» XKning 2021 yilning 13 dekabrdagi 13-124/12-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy texnologiyaga nisbatan ishlab chiqarish samaradorligini 14 %, turdosh tashkilotlar va iste’mol bozoriga etkazib berishni 22 %-ga oshirish imkonini beradi.