Shamsieva Malika Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Optimizatsiya taktiki vedeniya jenshhin s vospalitel`nimi zabolevaniyami, voznikshimi na fone prolapsa genitaliy», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2020.4.PhD/Tib1477.
Ilmiy raxbar: Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Ik faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01. 
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nadira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sultanov Saidazim Nasirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi genital prolapsi fonida  jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari mavjud bo‘lgan ayollarni olib borish taktikasini optimallashtirish va uning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor genital prolapsi fonida jinsiy a’zolarning yallig‘lanish kasalliklari mavjud bo‘lgan ayollarda  femoflor-16 testi yordamida bakterial vaginoz laktobakteriyalarning kamayishi natijasida anaerob bakteriyalar guruhlarining o‘sishi  sababli rivojlanishi asoslangan;
jinsiy a’zolar prolapsi fonida jinsiy a’zolarning yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarda qin va ichak mikroflorasining nomutanosibligi va uning operatsiyadan keyingi asoratlarni rivojlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ta’siri aniqlangan; 
qin mikrobiotsenozida gormonal holatning buzilishi, sitokin statusini o‘zgarishi va uning jinsiy a’zolar prolapsi mavjud ayollarda yallig‘lanish kasalliklarini rivojlanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor genital prolapsi fonida jinsiy a’zolarni yallig‘lanish kasalliklari mavjud bo‘lgan ayollarni jarrohlik amaliyotidan oldin va keyingi davrlarda olib borish taktikasi peroral va mahalliy probiotiklar, enzimoterapiyani birgalikda qo‘llash orqali  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 24 maydagi 1-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 7 oktyabrdagi №3398-sonli xati yuborilgan):
jinsiy a’zolar prolapsi bo‘lgan ayollarda infeksion va yallig‘lanish kasalliklarining asoratlarini va chastotasini kamaytirish uchun qin mikroflorasini o‘rganish zarurligi ko‘rsatilgan; jarrohlik amaliyotidan oldin va keyingi davrlarda natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan va shifo jarayonini tezlashtirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 2-son va 3-son tug‘ruq majmualari bo‘yicha buyruq (03.11.2022 y. №84/1 hamda 15.11.2022 y. №117/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: genital prolapsi fonida rivojlangan yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarni olib borish taktikasi uchun ishlab chiqilgan davolash-profilaktik algoritmini qo‘llash orqali ayollarni operatsiyadan keyingi yiringli-yallig‘lanish asoratlarni oldini olish, davolash va hayot sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: genital prolapsi fonida jinsiy a’zolarning yallig‘lanish kasalliklari mavjud bo‘lgan ayollarda femoflor-16 testi yordamida bakterial vaginoz 99% sezgirlik va 93% o‘ziga xosligi bilan aniqlangan. Natijada boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga xarajat kamayib, 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 52 000 so‘m iqtisod qilingan bo‘lib, yiliga 9 ta bemor uchun o‘rtacha 468 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: femoflor-16 testi yordamida diagnostika qilishni amaliyotga joriy qilish natijasida boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga xarajat kamayib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 32 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni o‘rtacha 20 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi:  «Genital prolapsi fonida rivojlangan yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarni olib borish taktikasini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 7 oktyabrdagi №3398-sonli xati yuborilgan.
jinsiy a’zolar prolapsi bo‘lgan ayollarda infeksion va yallig‘lanish kasalliklarining asoratlarini va chastotasini kamaytirish uchun qin va ichak mikroflorasini o‘rganish zarurligi kursatilgan; jarrohlik amaliyotidan oldin va keyingi davrlarda natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan va shifo jarayonini tezlashtirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 2-son va 3-son tug‘ruq majmualari bo‘yicha buyruq (03.11.2022 y. №84/1  hamda 15.11.2022 y. №117/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: genital prolapsi fonida rivojlangan yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarni  olib  borish  taktikasi  uchun ishlab chiqilgan davolash-profilaktik   algoritmini qo‘llash orqali ayollarni operatsiyadan keyingi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yiringli-yallig‘lanish asoratlarni oldini oladi, davolaydi va xolatlar sonini minimallashtiradi; asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlarning jarrohlik amaliyotidan keyingi reabilitatsiyasi tezlashadi, ijtimoiy va mehnat faoliyati tiklanadi; ushbu kasallikga chalingan ayollarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolashning yakunida probiotiklarni qo‘llaganda qonga ta’sir qiluvchi  E. Coli konsentratsiyasi kasalxonaga yotqizishdagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 1,8 baravar kamaydi va buning hisobiga 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 135 000 so‘m xarajat kamayib, 43 ta bemor uchun jami o‘rtacha 5 805 000 so‘m iqtisod qilinadi; jarrohlik amaliyotidan keyingi 6-kuni bemorlarning ichaklarida Candida turiga mansub zamburug‘larning konsentratsiyasi taqqoslash guruhiga nisbatan 1,7 baravar kam qayd etildi va buning hisobiga 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 33 000 so‘m xarajat kamayib, 43 ta bemor uchun jami o‘rtacha 1 419 000 so‘m iqtisod qilindi (umumiy iqtisodiy samarodorlik 1 bemor uchun o‘rtacha 168 000 so‘m bo‘lib, 43 ta bemor uchun jami o‘rtacha 7 224 000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: GP fonida jinsiy a’zolarning yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarda kompleksli terapiya bilan probiotiklarni va enzimoterapiyani qo‘llash qin va ichak mikrobisinozini tiklashga  va operativ aralashuvdan keyin  asoratlarni oldini hisobiga 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini o‘rtacha 100 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni o‘rtacha 68 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi: «Genital prolapsi fonida rivojlangan yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarni olib borish taktikasini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 7 oktyabrdagi №3398-sonli xati yuborilgan.
jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarda genital prolapsining klinik kechishining patogenetik mexanizmlari gormonal va immunologik statusini, shuningdek, qin va ichak mikrobiotsenozini hisobga olgan takomillashtirish natijasida davolash samaradorligini oshirish va asoratlarini oldini olish bilan izohlanadi. Servikal kanal shilliqidagi sitokin va gormonlar ko‘rsatkichidagi  tarkibini korrelyasion tahlil qilingan. Natijada, IL-1β, IL-4 va IFN-γ larning yuqori miqdori estradiol, progesteron va prolaktinning past ko‘rsatkichlari, shuningdek, FSG va LG ning yuqori ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi aniqlandi. Shunday qilib, gormonal nomutanosiblik GP fonida jinsiy a’zolarning yallig‘lanish kasalliklari bilan bemorlarning sitokin statusi ko‘rsatkichiga bog‘liq ekanligini isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 2-son va 3-son tug‘ruq majmualari bo‘yicha buyruq (03.11.2022 y. №84/1  hamda 15.11.2022 y. №117/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: genital prolapsi fonida rivojlangan yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarni olib borish taktikasi uchun ishlab chiqilgan davolash-profilaktik algoritmini qo‘llash orqali ayollarni operatsiyadan keyingi yiringli-yallig‘lanish asoratlarni oldini olish, davolash va hayot sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: genital prolapsi fonida rivojlangan yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarni olib borish taktikasi uchun ishlab chiqilgan davolash-profilaktik algoritmini qo‘llash natijasida 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 870 000 so‘m iqtisod qilindi, bu esa yiliga umumiy 43 ta bemorning 20% qismi, ya’ni 9 nafar bemor uchun o‘rtacha 7 830 000 so‘mni tashkil qiladi.  Xulosa: genital prolapsi fonida rivojlangan yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarni operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda  kuzatiladigan yiringli-sepsis kasalliklari sabablariga olib keladigan omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 480 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni o‘rtacha 390 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi:  «Genital prolapsi fonida rivojlangan yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarni olib borish taktikasini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 7 oktyabrdagi №3398-sonli xati yuborilgan.
genital prolapsi fonida jinsiy a’zolarni yallig‘lanish kasalliklari mavjud bo‘lgan ayollarni jarrohlik amaliyotidan oldin va keyingi davrlarda kuzatiladigan yiringli-sepsis kasalliklari sabablariga olib keladigan omillarni erta bartaraf etish operatsiyaning asoratlarini kamaytiradi, shifo jarayonini tezlashtiradi va yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar 2-son va 3-son tug‘ruq majmualari bo‘yicha buyruq (03.11.2022 y. №84/1 hamda 15.11.2022 y. №117/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: genital prolapsi fonida jinsiy a’zolarning yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollar uchun oral va vaginal probiotiklar va enzimoterapiya  qullanilishi bilan jarrohlik davolash uchun optimallashtirilgan olib borish taktikasi taklif etilagan; genital prolapsi fonida  jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari mavjud bo‘lgan ayollarni olib borish algoritmi ishlab chiqilgan. GP kombinatsiyali davolash usulining 95.3% holatida yuqori ta’sir (ifodalangan takomillashtirish) va 4.7% holatida   qoniqarli (takomillashtirish)  ta’sir ko‘rsatildi.GP fonida jinsiy a’zolarning yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarda kompleksli terapiya bilan probiotiklarni va enzimoterapiyani tayinlash sitokin holatidagi muvozanatni tiklashga opreativ aralashuvdan keyin yordam beradi degan xulosaga kelish mumkin. Taklif etilgan olib borish algoritmi GP fonida yallig‘lanish jarayonini normallashishga, jarrohlikdan keyingi asoratlarning kamayishiga va uzoq muddatli davolash natijalarini takomillashishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini 8 kundan 6 kungacha (2 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori o‘rtacha 252 000 so‘mga  kamaygan (VPMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish o‘rtacha 126 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi hisobiga 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 330 000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 165 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra 1 nafar bemor uchun jami o‘rtacha 582 000 so‘m iqtisod qilish imkoniga erishiladi, yillik iqtisodiy samaradorlik esa umumiy 43 ta bemorning 20% qismi, ya’ni 9 nafar bemor uchun o‘rtacha 5 238 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: genital prolapsi fonida rivojlangan jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlaring oldi olinib bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 332 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni o‘rtacha 250 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi:  «Genital prolapsi fonida rivojlangan yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollarni olib borish taktikasini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 7 oktyabrdagi №3398-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish