Indiaminova Gulrux Nuriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homiladorlarda COVID-19ning ona-yӯldosh-homila tizimidagi gemodinamikaning holatiga ta’siri», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2203.
Ilmiy raxbar: Agababyan Larisa Rubenovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Najmuddinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi homiladorlikning turli trimestrlarida COVID-19 o‘tkazgan homiladorlarda ona-yo‘ldosh-homila tizimining funksional holatini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor SOVID-19 bilan kasallangan ayollarda homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrning kechishi va asoratlarining rivojlanishi kasallik o‘tkazilgan xomiladorlik trimestri va uning og‘irlik darajasi bilan bog‘liqligi aniqlangan.
SOVID-19 o‘tkazgan homiladorlarda ona-yo‘ldosh-homila tizimi qon tomirlarining xolati (rezistentlik va pul`satsion indekslari, Endotelin-1 ko‘rsatkichlari) va gemostaz tizimidagi buzilishlar (D-dimer, trombotsitlar agregatsiyasi) bilan kasallikning klinik kechishi o‘rtasidagi to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan.
ilk bor SOVID-19 o‘tkazgan ayollarda rivojlanmagan homiladorlikka olib kelish xavf omillari shkalasini (ayollar yoshi, TVI, akusherlik anamnezi, xomiladorlik muddati, gemostaz tizimi xolati, endoteliy funksiyasi va kasallik og‘irlik darajasi) qo‘llash SOVID-19 bilan kasallangan ayollarda homiladorlik asoratlarining rivojlanish darajasini baxolash uchun prognostik marker ekanligi aniklangan.
ilk bor homiladorlikning turli muddatlarida COVID-19 o‘tkazgan ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni olib borishda ona-yӯldosh-homila tizimidagi gemodinamikaning holatini tiklash uchun samarali terapiyani tanlash trombofilik asoratlar sonini kamaytirishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 24 maydagi 1-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU tomonidan 2022 yil 9 noyabrdagi 4295-sonli xati yuborilgan):
koronavirus infeksiyasi bӯlgan homiladorlarda ona-yӯldosh-homila tizimining funksional holati kasallanish sodir bӯlgan homiladorlik trimestriga va infeksion jarayonning og‘irlik darajasiga bevosita bog‘liq bo‘lib, birinchi trimestrda kasallikni ӯtkazib tuzalgan va kasallikning og‘ir darajasini ӯtkazgan homiladorlarda kӯproq ӯzgarishlar kuzatildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat Perinatal markazi bo‘yicha 01.09.2022 yildagi 128/1-sonli buyruq hamda Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 03.10.2022 yildagi 58/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homiladorlarning I, II va III trimestrlarida SOVID-19 o‘tkazgan ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni olib borish uchun ishlab chiqilgan davolash-profilaktik algoritmini qo‘llash orqali asoratlar erta tashxislangan va perinatal oqibatlar yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) homiladorlikning turli trimestrlarida COVID-19 o‘tkazgan ayollarda xomiladorlik davrida ona-yo‘ldosh-xomila tizimidagi o‘zgarishlar oddiy va samarali tekshiruv usuli bo‘lgan UTT va dopplerografiya tekshiruvi orqali tekshiruvi orqali aniqlanishi hisobiga 53 000 so‘m iqtisod qilingan; 2) asoratlar belgisini exosuratda tashxislash uchun nafaqat akusher-ginekolog, balki neonatolog va terapevtlar tomonidan aniqlanadi, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorlarning keragi yo‘qligi isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayyorlashni shart emasligi hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 110 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 53 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Homiladorlarda COVID-19 ning ona-homila-yo‘ldosh tizimidagi gemodinamikaning holatiga ta’siri» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 9 noyabrdagi 4295-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 8n-z/679-son ma’lumotnomasi).
homiladorlikning turli muddatlarida COVID-19 o‘tkazgan ayollarda ona-yӯldosh-homila tizimi gemodinamikasidagi ӯzgarishlar asosiy kasallikning og‘irlik darajasi bilan tӯg‘ri korrelyasion bog‘liqlikga ega bo‘lib, gemostaz tizimida koagulyasiyaning oshishi tomoniga siljishlar kuzatildi va kasallikning og‘irlik darajasi bilan korrelyasiyalanib, endotelial disfunksiyani ham ӯzida aks ettirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyat Perinatal markazi bo‘yicha 01.09.2022 yildagi 128/1-sonli buyruq hamda Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 03.10.2022 yildagi 58/1-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SOVID-19 o‘tkazgan homiladorlarda ona-yo‘ldosh-homila tizimi gemodinamikasi va qon tomirlarining xolatidagi o‘zgarishlarning kelib chiqishi bevosita gemostaz tizimidagi buzilishlar va endotelial disfunksiya bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ishlab chiqilgan davolash-profilaktik algoritm asosida dipiridamol, L-arginin va Kleksan preparatlarini qo‘llash hisobiga homilaning antenatal o‘limi, normal joylashgan yo‘ldoshning muddatdan oldin ko‘chishi, preeklampsiya kabi asoratlarning oldini olishga erishilgan; tavsiya etilgan homiladorlikning turli trimestrlarida COVID-19 ӯtkazgan ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni olib borish algoritmini qӯllash orqali ayollarning salomatligi saqlangan, hamda kuzatuvlarning 43% da qoniqarli holatdagi chaqaloqlar tug‘ilishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SOVID-19 o‘tkazgan homiladorlarda gemostaz tizimidagi buzilishlar erta aniqlanganda: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini 10,5 kundan 7,5 kungacha qisqartirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan; 2) shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 130 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 90 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 40 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Homiladorlarda COVID-19 ning ona-homila-yo‘ldosh tizimidagi gemodinamikaning holatiga ta’siri» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 9 noyabrdagi 4295-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 8n-z/679-son ma’lumotnomasi).
SOVID-19 bilan kasallangan ayollarda rivojlanmagan homiladorlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan xavf omillarini baholash uchun ishlab chiqilgan shkala va shu asosda yaratilgan EHM dasturi (DGU №15692, 26.03.2022) pandemiya sharoitida homilador ayollar uchun tanlangan davolashning xavfsiz usullarini tanlash, homilador ayollarning ahvolini dinamikada tekshirib borish uchun mӯljallangan va shuningdek bu dastur boshqa mavsumiy virusli infeksiyalar epidemiyasi rivojlanganida ham qӯllanilishi mumkinligini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyat Perinatal markazi bo‘yicha 01.09.2022 yildagi 128/1-sonli buyruq hamda Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 03.10.2022 yildagi 58/1-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homiladorlikning birinchi trimestrida SOVID-19 ӯtkazgan ayollarda gemostaz tizimida, qon tomirlar endoteliysida va feto-platsentar tizimidagi o‘zgarishlarni erta tashxislash va adekvat davolash onalarning kasallanishini kamaytirgan, rivojlanmagan homiladorlik, homila tushishi kabi asoratlarni prognozlash va oldini olishga erishilgan; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan 54,3% ayollarda homiladorliklarning davolash va profilaktika sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorning shifoxonadagi davri uchun: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini 10,5 kundan 7,5 kungacha qisqartirtirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan; 2) shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 130 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); homiladorlik to‘xtatilgan holatda reabilitatsiya xarajatlari kamaygan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 35.000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 110 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 55 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Homiladorlarda COVID-19 ning ona-homila-yo‘ldosh tizimidagi gemodinamikaning holatiga ta’siri» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 9 noyabrdagi 4295-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 8n-z/679-son ma’lumotnomasi).
COVID-19 o‘tkazgan homiladorlarda qo‘llash uchun ishlab chiqilgan davolash-profilaktik algoritm asosida bemorlarda ona-yӯldosh-homila tizimi holatini dopplerografik tekshirish, gemostaz tizimini va qon tomirlar endoteliysini tekshirish orqali aniqlangan buzilishlarni davolash maqsadida dipiridamol, kleksan va L-arginin preparatlarini qo‘llash ushbu bemorlarda homila rivojlanishdan orqada qolish sindromi, normal joylashgan yo‘ldoshning muddatidan oldin ko‘chishi, preeklampsiya, homilaning antenatal o‘limi va shu kabi boshqa trombofilik asoratlar rivojlanishini kamaytirdi, perinatal natijalarning yaxshilanishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyat Perinatal markazi bo‘yicha 01.09.2022 yildagi 128/1-sonli buyruq hamda Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 03.10.2022 yildagi 58/1-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bachadon-yo‘ldosh va homila-yo‘ldosh tizimida qon aylanishining funksional imkoniyatlarini yaxshilash, virusli infeksiyalarni o‘tkazgan ayollarda homiladorlik va tug‘ruq vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kompleks tahlil qilish, homiladorlik va tug‘ruqni olib borishda diagnostika, profilaktika va prognostik tadbirlarini takomillashtirish COVID-19 o‘tkazgan homiladorlar ayollarda tirik, sog‘lom va yashashga layoqatli chaqaloqlar tug‘ilishiga, onalar o‘limi, perinatal o‘lim darajasini kamaytirishga erishilgan, tug‘ruqdan keyingi chilla davrida 43% ayollarning kasallikdan keyingi reabilitatsiyasiga e’tibor qaratilgan, COVID-19 ni og‘ir shaklda o‘tkazgan 23,8% ayollarning hayot sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat 1) virusli infeksiyalar bilan kasallangan homilador ayollarni samarali va bezarar UT va dopplerografiya tekshiruvlaridan o‘tkazish 85 000 so‘m iqtisod qilinishiga xizmat qilgan: erta homiladorlik davrining 16 haftagacha (10-11 hafta - fetometriya), 19–21, 32–33, 38-40 haftalik muddatlarida o‘tkazildi; ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 23,5% kamatirish imkonini bergan; 2) gemostaz tizimidagi o‘zgarishlar va endotelial disfunksiyani tez, kam xarajat va samarali tekshiruv usullaridan foydalanilish hisobiga erta aniqlash homiladorlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olish orqali ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv va davolash usullarini qo‘llash hisobiga 106 000 so‘m iqtisod qilingan: koagulogramma 105 (100%) bemorda aniqlandi va bu o‘z navbatida vaqtni tejab, samaradorlikni oshirdi; endotelin-1 105(100%) nafar bemorda aniqlanib, samaradorlikni 78,6% ga oshirgan. Xulosa: yangi davolash-profilaktik algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 85 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 61 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Homiladorlarda COVID-19 ning ona-homila-yo‘ldosh tizimidagi gemodinamikaning holatiga ta’siri» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 9 noyabrdagi 4295-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi 8n-z/679-son ma’lumotnomasi).