Xamroev O‘ktam Pirnazarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tireotoksik bo‘qoqni majmuaviy jarrohlik davolash usullarini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3218.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori; Tagiev Elman Kulu ogli, tibbiyot fanlari doktori (Ozarbayjon Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tireotoksik buqoq kasalligi uchun samarali davolash - tashhisot kompleksini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish orqali ushbu kasallik bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tireotoksik bo‘qoqli bemorlarda endotelial disfunksiyani, lipidlar peroksidlanishi jarayonining intensivligini, antioksidant tizimining va sitokin profilini baholashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan;
jarrohlikdan keyingi asoratlar istiqbolini belgilash va tireotoksik  buqoqni davolashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan;
uzoq muddatli tireostatik davoni qabul qilgan bemorlarda  intraoperativ, hamda jarrohlikdan keyingi asoratlarni kamaytirishga qaratilgan texnik jihatdan presizion tireoidektomiya usuli asoslangan;
dalillarga va tibbiyot tamoyillariga asoslangan tahlil natijasida, o‘tkazilgan tadqiqotlarning sezgirligi va spesifikligi mezonlari asoslab berilgan, bu jarrohlikda va jarrohlikdan keyingi asoratlarni bashorat qilish asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil  3 martdagi №23-z/001 son xulosasi asosida:
tireotoksik bo‘qoqli bemorlarda endotelial disfunksiyani, lipidlar peroksidlanishi jarayonining intensivligini, antioksidant tizimining va sitokin profilini baholashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilishi, mazkur kasallarni jarrohlik davolash natijalarini bashoratlashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan va shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.12.2022 y.; №7/1) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (21.12.2022 y.: №5/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan baholashning takomillashtirilgan usulidan foydalanish, tireotoksik bo‘qoqli bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tireotoksik bo‘qoqli bemorlarda endotelial disfunksiyani, lipidlar peroksidlanishi jarayonining intensivligini, antioksidant tizimining va sitokin profilini baholashning takomillashtirilgan usuli, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan operatsiya vaqti va undan keyingi davrdagi asoratlarni bashoratlash orqali davolashda sarflanadigan xarajatlarini 480 000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: tireotoksik bo‘qoqli bemorlarda endotelial disfunksiyani, lipidlar peroksidlanishi jarayonining intensivligini, antioksidant tizimining va sitokin profilini baholashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilishi jarrohlik usulida davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldindan bashoratlash hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 480 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 180 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tireotoksik bo‘qoqni majmuaviy jarrohlik davolash usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 21 dekabrdagi 04/8584-son xat yuborilgan;
tireotoksik buqoqni davolash uchun jarrohlik usulini tanlash jarrohlikdan keyingi asoratlarni bashorat qilish uchun ishlab chiqilgan usulni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerakligi ta’kidlanib, shu bilan birga, ishlab chiqilgan dastur shartlariga muvofiq ushbu mezonlar diffuz toksik buqoq kasalligining og‘irligi va uning oqibatlarining prognostik ehtimolini inobatga olgan holda davolash usulini tanlashga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.12.2022 y.; №7/1) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (21.12.2022 y.: №5/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tireotoksik buqoqli bemorlarda qalqonsimon bezni jarrohlik davolash natijalarini baholashning yangi usuli ishlab chiqilgan, bu amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni davolash taktikasini tanlashga maqsadli yondashuv imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlikdan keyingi asoratlar istiqbolini belgilash va tireotoksik  buqoqni davolashning takomillashtirilgan usuli: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 9,5 kundan 7,0 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 457 ming 500 so‘mga kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 183.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 130 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: Diffuz toksik bo‘qoqni bezni jarrohlik davolash natijalarini baholashning yangi usuli, bemorlarning nazorat guruhiga nisbatan yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini 11,6% ga oshirish, qoniqarsiz davolash natijalarini 2,7 baravarga kamaytirish va kasallikning qaytalanishini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tireotoksik bo‘qoqni majmuaviy jarrohlik davolash usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 21 dekabrdagi 04/8584-son xat yuborilgan;
a’zoni tireoid guruh mushaklaridan ajratgan holda, total mobilizatsiyasidan so‘ng, qalqonsimon bezning tomirlarini oldindan  bog‘lashga asoslangan total tireoidektomiya usuli, umuman olganda nafaqat a’zoni bir butun sifatida tasavvur qilish, balki gemostatik qisqichlarning minimal miqdorini qo‘llash va qalqonsimon bezning jarohatlanishini tabiiy yo‘l bilan kamaytirish, intraoperativ qon ketishini kamaytirish va jarrohlik maydonidagi barcha muhim elementlarni to‘liq vizualizatsiya qilish imkonini berishi isbotlangan. Bu o‘z navbatida, operatsiyaning travmatik omilini kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtirib, yotoq kunini qisqartirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.12.2022 y.; №7/1) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (21.12.2022 y.: №5/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uzoq muddatli tireostatik davoni qabul qilgan bemorlarda  intraoperativ, hamda jarrohlikdan keyingi asoratlarni kamaytirishga qaratilgan texnik jihatdan presizion tireoidektomiya usuli operatsiya hamda undan keyingi davrda kuzatilishi mumkin bo‘lgan qon ketishlarni oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida  davolashning ijobiy natijalarini ko‘paytirib, davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 9,5 kundan 7,0 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 457 ming 500 so‘mga kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 183.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 130 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan endokrinologiya dispanserida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etildi. Xulosa: uzoq muddatli tireostatik davoni qabul qilgan bemorlarda  intraoperativ, hamda jarrohlikdan keyingi asoratlarni kamaytirishga qaratilgan texnik jihatdan presizion tireoidektomiya usulining amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 480 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 180 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tireotoksik bo‘qoqni majmuaviy jarrohlik davolash usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 21 dekabrdagi 04/8584-son xat yuborilgan;
dalillarga va tibbiyot tamoyillariga asoslangan tahlil natijasida, o‘tkazilgan tadqiqotlarning sezgirligi va spesifikligi mezonlari asoslash uzoq muddat davomida tireostatik terapiya qabul qilgan diffuz toksik bo‘qoqli bemorlarni majmuaviy jarrohlik davolash usullarini optimallashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.12.2022 y.; №7/1) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (21.12.2022 y.: №5/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sitokin profilining asosiy ko‘rsatkichlarini sinchkovlik bilan tanlash tufayli jarrohlikdan keyingi asoratlarni bashorat qilish va diffuz toksik buqoqni davolash usulini tanlashning ishlab chiqilgan usullari bilan belgilanadi; endotelial tizim, lipid peroksidatsiyasi va antioksidant tizimlar, ixtisoslashtirilmagan ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasasi sharoitida jarrohlikdan keyingi kechishning variantini va jarrohlikdan keyingi asoratning rivojlanish ehtimolini bashorat qilish imkonini bergan; bu, o‘z navbatida, ularning profilaktikasi va ushbu kasallikka chalingan bemorlarni davolash taktikasini tanlash bo‘yicha to‘g‘ri qaror qabul qilishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  tireotoksik buqoqni davolash uchun jarrohlik usulini tanlash jarrohlikdan keyingi asoratlarni bashorat qilish uchun ishlab chiqilgan usulni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerakligi isbotlangan, shu bilan birga, ishlab chiqilgan dastur shartlariga muvofiq ushbu mezonlar diffuz toksik buqoq kasalligining og‘irligi va uning oqibatlarining prognostik ehtimolini inobatga olgan holda davolash usulini tanlash  bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 2,0-2,5 kunga  qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 480 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 180 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Tireotoksik bo‘qoqni majmuaviy jarrohlik davolashda optimallashtirilgan usullarni qo‘llashning joriy qilinishi 289 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 138 720 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 52 200 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tireotoksik bo‘qoqni majmuaviy jarrohlik davolash usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 21 dekabrdagi 04/8584-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish