Elmuradov G‘olibjon Karshievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlarida miniinvaziv diagnostika va davolash usullarining imkoniyatlari» 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3. PhD/Tib3076.
Ilmiy rahbar: Shukurov Bobir Ibragimovich, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Mamur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.I.Djanelidze nomidagi tez yordam ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qorin bo‘shlig‘ini ultratovush tekshiruvi yordamida baholashga yangi yondashuvni ishlab chiqish, laparoskopiyani qo‘llashga ko‘rsatmalarni kengaytirish orqali qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlanishlarida miniinvaziv tashxis va davolash usullarining imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Barqaror gemodinamikali qorin yopiq shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda qorin bo‘shlig‘i shikastlanishining xarakterli sonografik semiotikasi batafsil tavsiflangan va tasvirlangan, qorin bo‘shlig‘idagi erkin suyuqlik va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining mexanik shikastlanishi belgilarini aniqlashda ultratovush tekshiruvining sezgirligi, maxsusligi va aniqligi ko‘rsatib berilgan va asoslangan;
qorin bo‘shlig‘idagi erkin suyuqlik diskret hajmini ultratovush yordamida baholashda suyuqlik qatlami qalinligi, uning qorin bo‘shlig‘i sohalarida tarqalishini hisobga oladigan, undan foydalanish FAST protokol jarayonini uzaytirmaydigan yoki murakkablashtirmaydigan yangi yondashuv tavsiya etilgan, bu o‘z navbatida qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlanishida jarrohlik taktikasini tanlashda gemoperitoneumning kritik hajmlari aniqlangan;
ilk bor konversiya miqdori va gemoperitoneum hajmi o‘rtasida kuchli, bevosita korrelyatsion bog‘liqlik, qorin bo‘shlig‘ida shikastlanish borligini bashorat qilishda ultratovush tekshiruvda «qorin bo‘shlig‘idagi erkin suyuqlik >500 ml» mezoni yuqori axborotliligi (VPV=94,2%), nisbiy xavf indeksi qiymati (RR=4.862) va qorin bo‘shlig‘idagi jiddiy shikastlanish ehtimolini (EER=93,5%) hisoblash orqali qorin yopiq shikastlanishi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash taktikasini tanlashda «qorin bo‘shlig‘idagi erkin suyuqlik <500> ml» ultratovush tekshiruvi ko‘rsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiqligi aniqlangan va asoslangan;
barqaror gemodinamik ko‘rsatkichli qorin yopiq shikastlanishi bo‘lgan bemorlarning ko‘pchiligida (62,8%) maxsus texnik qiyinchiliklarsiz, endoxirurgik asboblar yordamida laparoskopik bartaraf etish mumkin bo‘lgan qorin ichi jarohatlari aniqlangan, bu qorin bo‘shlig‘i jarohatlarida laparoskopiyani qo‘llashga nisbatan ko‘rsatmani kengaytirish zaruriyati va xavfsizligini asoslagan, tavsiya qilingan algoritm yordamida bemorlarni laparoskopik amaliyotlar uchun tanlash, uning miniinvaziv va travmatik xususiyati kamligi asoratlar pasayishiga, bemorlarning statsionarda yotish muddati qisqarishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 26 maydagi 10-son xulosasi asosida:
amaliy tibbiyot uchun qorin bo‘shlig‘i a’zolari yopiq shikastlanishining bevosita va bilvosita ultratovush belgilarini batafsil tasvirlangan aniq tavsifi taklif etilgan. Taklif etilayotgan suyuqlik sathining qalinligi va uning qorin bo‘shlig‘ida tarqalishiga asoslangan erkin suyuqlikning diskret hajmini ultratovush yordamida baholash usuli FAST-protokoli davomiyligini uzaytirmaydi, aksincha gemoperitoneumning kritik hajmlarini ham aniqlash imkoniyatiga ega. Bu esa xirurgik davolash taktikasini tanlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qorin yopiq shikastlanishi bo‘lgan bemorlarni tashhislash va jarrohlik davolashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Samarqand filiallari klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 dekabrdagi 8-n-z/699-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 2011-2019-yillar davomida, 10 yil ichida murojaat qilgan barqaror gemodinamikali operatsiya qilingan 160 bemor to‘liq klinik ko‘rikdan o‘tkazildi va kasallik tarixlari tahlil qilindi, ichki a’zolar shikasti inobatga olinib, statistik uslublar yordamida batafsil o‘rganildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qorin yopiq shikastlarida tavsiya etilayotgan ushbu davolash prinsipining iqtisodiy samaradorligi ushbu bemorlarni tekshirishning zamonaviy usullaridan foydalanish, bemorlarni tadqiqotga kiritish va chiqarishning aniq shakllangan, uslubiy asoslangan mezonlariga rioya qilish orqali hisoblab chiqilgan. O‘rganish natijalarining ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyati bo‘yicha olingan ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialining Ilmiy kengashida muhokama qilindi va tasdiqlandi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialining 12.05.2022 yildagi ilmiy kengashi 3-sonli bayonnomasida muhokama qilingan. Xulosa: Elmuradov G‘olibjon Karshievichning “Qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlarida miniinvaziv diagnostika va davolash usullarining imkoniyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Samarqand filiallari amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 dekabrdagi 8-n-z/699-sonli ma’lumotnomasi berilgan;
tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati qorin bo‘shlig‘i a’zolari shikastlangan bemorlarda gemoperitoneum hajmini o‘lchashning yangi uslubiy yondashuvi ishlab chiqilgani, ushbu usul qorin bo‘shlig‘idagi erkin suyuqlik hajmini o‘lchash uchun tavsiya etilgan tayyor shkala bo‘lib, qo‘shimcha jihozlarni talab qilmasligi, bugungi kunda muntazam ravishda qo‘llaniladigan FAST-protokol jarayonini murakkablashtirmasligi yoki davomiyligini uzaytirmasligi, qorin bo‘shlig‘ida ortiqcha suyuqlik to‘planishi bilan kechuvchi boshqa patologik holatlarda foydalanish uchun universal hisoblanishi, gemoperitoneum hajmi va qorin bo‘shlig‘idagi shikastlanishlar og‘irlik darajasi o‘rtasida aniq bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatishi, bu ushbu fenomenni bashoratlash mezoni sifatida ishlatishga imkon berishi bilan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qorin yopiq shikastlanishining xarakteri va og‘irligini ultratovush baholash imkonini beruvchi «Shikastlanishning xarakteri va og‘irligini ultratovush baholash asosida qorin yopiq shikastlanishlarida jarrohlik taktikasini tanlash» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 noyabrdagi 8n-r/1282-sonli ma’lumotnomasi berilgan. Ushbu uslubiy tavsiyanoma qorin yopiq jarohatlari bo‘lgan bemorlarda qorin bo‘shlig‘i shikastlanishining diagnostikasi samaradorligini oshirish imkonini bergan. Tadqiqot natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali klinik amaliyotiga tadbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 dekabrdagi 8-n-z/699-sonli ma’lumotnomasi berilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlarida mamlakatimiz shoshilinch tibbiy yordam xizmatining barcha qatlamlarini jahon banki tomonidan ajratilgan zamonoviy diagnostika usullari yordamida tashxislash va davolash bemorlarni tezda sog‘lom hayotga qaytishi, mehnat qobiliyatining tiklanishi, asoratlar va nogironlikning kamayishi bilan tasdiqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Amaliy tibbiyot uchun miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga yiliga 790 000 000 sum tejalishiga olib keldi. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: Elmuradov G‘olibjon Karshievichning “Qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlarida miniinvaziv diagnostika va davolash usullarining imkoniyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetidan 2022 yil 15 dekabrdagi 5129-sonli xati chiqarilgan;
qorin yopiq shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda qorin bo‘shlig‘ida jiddiy shikastlanish mavjudligini bashorat qilishning oddiy usuli taqdim etilgan, bu xirurgik davolash taktikasini tanlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan gemoperitoneumning kritik hajmlari (< yoki >500 ml) aniqlanishiga olib kelganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Shikastlanish oqibatida qorin bo‘shlig‘ida aniqlangan erkin suyuqlik hajmi asosida davolash taktikasini belgilovchi dastur ishlab chiqilgan va qo‘llanilishga tavsiya etilgan (“Qorin bo‘shlig‘i yopiq jarohatlarida ultratovush yordamida erkin suyuqlik hajmi asosida xirurgik davolash usulini tanlash algoritmi” dasturiga patent olingan, 2022y. 26 apreldagi 15685-sonli DGU). Tadqiqot natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali klinik amaliyotiga tadbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 dekabrdagi 8-n-z/699-sonli xulosasi berilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ko‘pgina klinikalarda qo‘llanadigan an’anaviy diagnostika va davolash usullari bilan taqqoslanganda taklif etilgan miniinvaziv diagnostika va davolash usullari natijasida bemorlar hayot sifatini sezilarli yaxshilanganligi, mehnat qobiliyati erta tiklanganligi ijtimoiy samaradorligini belgilab berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Respublikamiz hududida yildan-yilga travmatizm oshib borishi natijasida ushbu toifadagi bemorlarga o‘rtasida asoratlar miqdorini kamaytirish vatanimizda qo‘llanilayotgan zamonaviy videoendoxirurgiya texnologiyalarii bilan davolash har bir bemorga sarflangan mablag‘ning tejalishini ko‘rsatdi. Bu mablag‘ning tejalishi sarflanayotgan bog‘lov va dori vositalarning kamayishi, statsionarda davolanish muddatini kamayishi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: Elmuradov G‘olibjon Karshievichning “Qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlarida miniinvaziv diagnostika va davolash usullarining imkoniyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga, jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand, Navoiy va Surxondaryo filiallariga tadbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 dekabrdagi 8-n-z/699-sonli ma’lumotnomasi berilgan.
qorin shikastlarini tashxislashda FAST-protokol jarayonining amaliy ahamiyati ko‘rsatilgan, buni barcha shoshilinch tibbiy yordam klinikalarida qo‘llash imkoniyati borligi, tekshiruvning arzonligi, qulayligi, bemor yotog‘ida takroriy o‘tkazish mumkinligi, bemor va tibbiy xodimlar uchun nurlanish ta’siri yo‘qligi aniqlangan. Qorin bo‘shlig‘idagi erkin suyuqlik hajmini ultratovush orqali baholash asosida qorin yopiq shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda xirurgik davolash taktikasini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan va klinik samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlanishlarida erkin suyuqlik hajmi asosida davolash taktikasini belgilovchi dastur ishlab chiqilgan va amaliyotga qo‘llanilishga tavsiya etilgan (“Qorin bo‘shlig‘i yopiq jarohatlarida ultratovush yordamida erkin suyuqlik hajmi asosida xirurgik davolash usulini tanlash algoritmi” dasturiga patent olingan. 2022y. 26 apreldagi 15685-sonli DGU). Ushbu dastur shikastlanishlarda erkin suyuqlik hajmiga qarab davolash taktikasini belgilash amaliyot vrachlari uchun o‘ta qulay va oson bo‘lib, tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtining tejalishiga va o‘z vaqtida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishiga olib keladi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand, Navoiy va Surxondaryo filiallariga tadbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 dekabrdagi 8-n-z/699-sonli ma’lumotnomasi taqdim etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qorin yopiq shikastlanishi bo‘lgan bemorlarning 62,8% ida operatsiya vaqtida xarakteri va og‘irlik darajasi bo‘yicha muntazam ishlatiladigan endoxirurgik asboblar yordamida maxsus texnik qiyinchiliklarsiz laparoskopik usul bilan bartaraf etilishi mumkin shikastlanishlar aniqlanadi, bu qorin bo‘shlig‘i shikastlanishlarida laparoskopiya ko‘rsatmalarini kengaytirish maqsadga muvofiqligini asoslaydi. Tadqiqot natijalarining ijtimoiy ahamiyati bemorlarni miniinvaziv texnologiyalar yordamida davolash operatsiyadan keyingi davrda asoratlar va nogironlikning kamayganligi ushbu zamonaviy endovideoxirurgiya texnologiyalaridan foydalanish bilan korrelyatsion bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Amaliy xirurgiya uchun tavsiya etilgan algoritmdan foydalangan holda laparoskopik amaliyotlar uchun bemorlarni tanlash, ushbu jarrohlik amaliyotining miniinvaziv va kam jarohatlilik xususiyati evaziga reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida bo‘lish muddati 2,8±1,1 dan 1,8±1,0 kungacha qisqartirishga, statsionar davolanishni 8,7±3,4 dan 5,3±2,9 kungacha va operatsiyadan keyingi asoratlar miqdorini 11,9 dan 3,1% gacha kamayishiga olib keldi. Xulosa: Zamonaviy minnininvaziv usullardan foydalanishni kengaytirish orqali ushbu og‘ir toifadagi bemorlarda asoratlar miqdorining kamayishi, koyka kuni va o‘lim holatlari miqdorining kamayishigaa olib keldi. Elmuradov G‘olibjon Karshievichning “Qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlarida miniinvaziv diagnostika va davolash usullarining imkoniyatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga, jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand, Navoiy va Surxondaryo filiallariga tadbiq etilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 dekabrdagi 8-n-z/699-sonli ma’lumotnomasi taqdim etilgan.