Achilova Donoxon Nutfilloevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalardagi allergik kasalliklar klinik-immunologik va tibbiy-ijtimoiy jihatlari, kasallikning erta tashxisi va kechishi istiqbolini belgilash mezonlarini ishlab chiqish”, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V2021.3.DSc/Tib617.
Ilmiy maslahatchi: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Mamur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raziqova Ilmira Sagdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tataurshikova Natalya Stanislavovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar orasida allergik kasalliklarning klinik-immunologik, tibbiy-ijtimoiy jihatlarini aniqlash, baholash asosida kasallikni erta tashhislash va istiqbolini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘rganilgan tumanlarda doimiy yashovchi bolalarda allergik kasalliklar paydo bo‘lish chastotasini baholash, ular rivojlanishining yetakchi xavf omillari, tibbiy-ijtimoiy jihatlari aniqlangan, erta tashxisi va kechishini prognozlashning diagnostik va prognostik mezonlari ishlab chiqilgan;
ilk bor immun tizim faoliyatini baholash uchun maxsus bo‘lmagan himoya omillari miqdoriy ko‘rsatkichlari - laktoferretin, komplementning S3 komponenti hamda prokalsitoninlarning qon zardobidagi miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan va natijalari tahlil etilgan;
allergik kasalliklarning o‘rganilgan tumanlarda doimiy yashovchi bolalarining asosiy klinik va immunologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyatsion uzviy bog‘liqlik aniqlangan; 
immunokorreksiya natijalari qiyosiy baholanib, bolalarda allergik kasalliklar rivojlanishining oldini olish uchun profilaktik bio- va immunokorreksiya usulining samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 23 martdagi 23-Z/009-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 27 iyundagi 03/735-sonli xati yuborilgan): 
ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi bolalarda tashxislanadigan allergik kasalliklarda klinik-immunologik xususiyatlarni baholash bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tizimlashtirgan holda ushbu xizmat samaradorligini oshiradi, bu esa bolalar orasida allergik kasalliklar bilan kasallanish darajasini kamaytiradi, shuningdek, bolalar hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tavsiya etilayotgan baholash uslubining ijtimoiy ahamiyatini oshirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “Allergik kasalliklar tashxislangan bolalarda statistik tekshirish usullarini baxolash” Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 06.06.2022 yildagi 176-sonli buyruq bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemor bolalar xamda ular ota-onalarining ushbu kasalliklar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdi, bu bemor bolalarni parvarishlash sifatini kuchaytirgani, bolalarning o‘zlariga nisbatdan ishonganlari oshdi, umidsizliklari kamaydi, ma’lum miqdorda hayot sifatlari ko‘tarilgani hamda allergolog shifokorlarga bo‘lgan katta xajmli ish miqdori kamaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: allergik kasalliklarga chalingan bolalarda tavsiya etilayotgan ushbu davolash prinsipining hisobiga 1 nafar bemor bola uchun 1 200 000 so‘m iqtisod qilindi (tajribaga ko‘ra 15,0 foiz bemor bolalarda qayta kasallanish (ikkilamchi allergiya) muolajasi amalga oshiriladi). Qayta kasallanish amaliyoti darajasini 15,0 foizdan 7,0 foizga kamaytirgan (1 nafar bemordan 1 200 000 so‘m iqtisod qilinsa yiliga 100 nafar bemor boladan kasallik kaytalanishi 100 bemordan 15 bemorgacha ikkilamchi allergiya holati kamaytirildi, demak bir nafar bemor boladan 1 200 000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy kursatkich 4 600 000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: yangi davolash amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor bola hisobiga byudjet mablag‘larini 4 600 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 200 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Allergik kasalliklar tashxislangan bolalarda statistik tekshirish usullarini baxolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 17 iyundagi 305-son xat yuborilgan;
immun tizim faoliyatini baholash uchun maxsus bo‘lmagan himoya omillari bolalarda allergik kasalliklar rivojlanishining oldini olish va uning samaradorligini baholash uchun profilaktik bio- va immunokorreksiya usuli tavsiya etiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Qarshi shaxar 2 - son oilaviy poliklinika bo‘yicha 9.06.2022 yildagi 89 - sonli buyruq bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: allergik kasalliklarga chalingan bolalarda klinik belgilar hisobga olgan holda allergik kasalliklarda vatanimizda ishlab chiqarilgan dori votsitatalari bilan davolash ko‘rsatkichlarining yuqori ijtimoiy samaradorligi yaqin va uzoq muddatdan keyin kuzatuv natijalari bilan tasdiqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 1 200 000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil atopik kasalliklarni rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 20% (40 dan 8 bemorlar) allergik kasalliklarga chalingan bemorlar gospitalizatsiyasini va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini  9 600 000 (8 nafar bemor uchun) sumga iqtisod qiladi). Xulosa: yangi davolash usulini allergik kasalliklar amaliyotida joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 12 000 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 9 600 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Allergik kasalliklar tashxislangan bolalarda statistik tekshirish usullarini baxolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 17 iyundagii 305-son xat yuborilgan;
ilmiy yangiliklarning amaliyotga tadbiq etilishi bolalarda tashxislanadigan allergik kasalliklarda tibbiy xizmat ko‘rsatishni tizimlashtirgan holda ushbu xizmat samaradorligini oshiradi, bu esa bolalar orasida allergenlar ta’siri darajasini kamaytiradi, shuningdek, bolalar hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tavsiya etilayotgan baholash uslubining ijtimoiy ahamiyatini oshirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 20.06.2022 yildagi 15/9 - sonli buyruq markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: allergik kasalliklarga chalingan bolalarda klinik belgilar hisobga olinib allergik fondagi mavjud kasalliklarni maxsus zamonaviy preparat “Biofalak sinkum” antiallergenlik xususiyatli dori vositasi amaliyotda sinaldi va tibbiy-ijtimoiy samaradorligi bilan ajraldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun Biofalak sinkum dori preparatini amaliyotda kopleks qo‘llash bilan chambarchas bog‘liq bulib, ishlab chiqilgan yangi davo usuli bemor bolalarning amaliyotdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davlolash xarajatlarining kuyidagicha iqtisod bulishiga olib keldi, kuydagicha: qayta kurik – 58 000 so‘m; qayta qon tahlili – 50 000 so‘m; immunologik tahlil – 100 000 so‘m, dori- darmonlar xarajati – 50 000 so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 258 000 so‘m tashkil qildi, yillik qaytalangan bemorlar soni 3, umumiy iqtisodiy samaradolik esa 774 000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 258 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 200 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Allergik fonga ega bo‘lgan bolalarning klinik-immunologik xolatini baxolash uslubi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 20 iyundagi 321 - son xat yuborilgan;
bolalarda allergik kasalliklar rivojlanishining oldini olish va uning samaradorligini baholash uchun profilaktik bio- va immunokorreksiya usuli tavsiya etildi. Allergik kasalliklarni erta tashxislash va kechishini prognozlashning tavsiya etilgan diagnostik va prognostik mezonlari bolalarda ushbu kasalliklarni barvaqt aniqlash, shu orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordami faoliyatini takomillashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Andijon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 22.06.2022 yildagi 20/1 - sonli buyruq bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati allergik fondagi bemorlarni kompleks davolash usulining ijtimoiy samaradorligi, davolash samaradorligini oshirish uchun klinik-immunologik usullardan foydalanildi, zamonaviy dori darmonlarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini baholandi, bolalar organizmining immunologik reaksiyalari yallig‘lanish-destruktiv kasalliklari bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlandi, immunologik gomeostaziga, ya’ni immunoglobulinlar va sitokinlar faoliyatiga salbiy ta’siri isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 15 kundan 10 kunga (5 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 880 ming so‘mga kamaytirdi (Viloyat bolalar kup tarmokli tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 176.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 450 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 20 800 000 so‘mni tashkil etadi (reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga; byudjet mablag‘larini 18 565 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 15 500 000 so‘m). Jami:25 129 000 so‘m). Xulosa: yangi davo usulining amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 14 951 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 10 178 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Allergik fonga ega bo‘lgan bolalarning klinik-immunologik xolatini baxolash uslubi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 20 iyundagi  322-son xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish