Sherimbetov Anvar Gulmirzaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda yumshoq bug‘doyni zararlovchi Fusarium turkumi turlarining morfologiyasi va molekulyar biologiyasi», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSC/B177.
Ilmiy maslahatchi: Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Shakirov Zoir Saatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Sasmakov Sobirdjan Anarmatovich, biologiya fanlari doktori; Rasulov Baxtiyor Abdug‘ofurovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda yumshoq bug‘doyni zararlovchi Fusarium Link. turkumi turlarining morfologiyasi, taksonomiyasi, genetik xilma-xilligi va funksional genlar polimorfizmi, morfologik va molekulyar biologik identifikatsiyalash hamda kolleksiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Respublikamizda Fusarium turkumining F. incarnatum va F. tricinctum yangi turlari kasallangan o‘simliklardan ajratib olingan hamda Fusarium turkumga mansub 17 ta turning sistematik o‘rni aniqlangan;
Fusarium turkumi zamburug‘larining identifikatsiyasi uchun tef-1α genining fragmenti PZR diagnostikasini optimizatsiya qilingan;
Fusarium turkumining 9 ta turining 16 ta (F. culmorum-R93, F. culmorum-A78, F. equiseti-AN5, F. equiseti-AN6, F. graminearum-AN10, F. graminearum-AN11, F. oxysporum-AN44, F. poae-AN42, F. poae-AN14, F. poae-AN15, F. poae-AN28, F. proliferatum-AN20, F. solani-AN81, F. tricinctum-A83, F. tricinctum-AN18, F. incarnatum-AN7) shtammlarining mikroskopik va molekulyar-genetik xususiyatlar tavsiflandi va ularning tef-1α gen fragmenting nukleotid ketma-ketliklari aniqlangan;
Respublikamizda ajratilgan Fusarium turkumi turlari shtammlarining dunyoning boshqa mintaqalarda uchrovchi Fusarium turlari shtammlardan farq qilinishi molekulyar-genetik jihatdan isbotlangan va Fusarium turkumi turlari shtammlarining tef-1α gen fragmentiga asoslangan turichidagi molekulyar filogeniyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor Respublikamizda yumshoq bug‘doyni kasallantiruvchi Fusarium turkumi turlarining 19 ta shtammi tarkibidagi mikotoksinlarning beshta toksin sinteziga javob beruvchi genlariga spesifik praymerlarni qo‘llagan holda o‘tkazilgan tajribalarda F. graminearum va F. culmorum shtammlarida trixotesen toksinlari guruhiga kiruvchi DON, 3A-DON, F. poae NIV va F. proliferatum va F. verticillioide shtammlarida esa FUM mikotoksin produsent xemotiplari aniqlangan;
RdRp genining fragmenti spesifik praymerlar bilan teskari transkripsiya va PZR amplifikatsiyasi yordamida ikki zanjirli RNK saqlovchi mikoviruslari F. solani-AN81 va F. incarnatum-AN7 shtammlarda borligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yumshoq bug‘doyning fuzarioz so‘lish, ildiz va ildiz bo‘g‘zini chirish hamda boshoq fuzariozini qo‘zg‘atuvchi Fusarium turkumi turlarining zamburug‘larini identifikatsiyasi, erta diagnoz qo‘yish, kasalliklarga qarshi kurashish hamda chidamli navlarni ekish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yumshoq bug‘doyning fuzarioz so‘lish, ildiz va ildiz bo‘g‘zining chirish hamda boshoq fuzariozi kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi Fusarium turkumining quyidagi turlarining zamburug‘larining; Fusarium culmorum, F. graminearum, F. poae, F. oxysporum, F. globosum, F. proliferatum, F. solani, F. avenaceum, F. sambucinum, F. sporotrichioides, F. tricinctum, F. heterosporum, F. equiseti, F. fujikuroi, F. verticillioides, F. lateritium va F. incarnatum shtammlarining sof kul`turalari Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining «Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar» noyob ob’ekti kolleksiyasi genofondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 9 sentyabrdagi 4/1255-2215-son ma’lumotnomasi). Natijada, Fusarium turkumi turlarining genofondi kolleksiyasini shtammlar bilan to‘ldirish, elektron bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan.
ajratilgan Fusarium culmorum, F. graminearum, F. poae, F. oxysporum, F. globosum, F. proliferatum, F. solani, F. avenaceum, F. sambucinum, F. sporotrichioides, F. tricinctum, F. heterosporum, F. equiseti, F. fujikuroi, F. verticillioides, F. lateritium va F. incarnatum turlari shtammlari jahon mikroorganizmlar ma’lumotlar markazining Patogen Mikroorganizmlar Milliy kolleksiyasi (World Data Center for Microorganism (WDCM) Collection of plant pathogenic and other microorganisms) ma’lumotlar bazasiga GEPB WDCM №1228 raqami bilan (https://ccinfo.wdcm.org/results?kwd=1228) ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 9 sentyabrdagi 4/1255-2215-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlardan dunyoning turli mintaqalarida tarqalgan yumshoq bug‘doyda fuzarioz so‘lish, ildiz va ildiz bo‘g‘zining chirish hamda boshoq fuzariozi qo‘zg‘atuvchi Fusarium culmorum, F. graminearum, F. poae, F. oxysporum, F. globosum, F. proliferatum, F. solani, F. avenaceum, F. sambucinum, F. sporotrichioides, F. tricinctum, F. heterosporum, F. equiseti, F. fujikuroi, F. verticillioides, F. lateritium va F. incarnatum turlarini tadqiq qilishda global doirada foydalanish imkonini bergan;
F. culmorum – R-93, F. tricinctum – S-83, F. graminearum-AN-10, F. culmorum – A-78, F. equiseti-AN5, F. incarnatum-AN7, F. proliferatum-AN20, F. poae-AN42, F. oxysporum-AN44, F. solani-AN81, F. tricinctum-AN18 va F. poae-AN15 zamburug‘ shtammlarining tef-1α geni fragmenti asoslangan tur sikvensi bo‘yicha olingan natijalar NCBI (AQSh Milliy Biotexnologiya Axborot Markazi), EMBL-EBI Evropa nukleotid arxivi (Buyuk Britaniya, Kembridj) va DDBJ Yaponiya DNK ma’lumotlar bazasida OP529853, OP529854, OP529855, OP529856, OP856716, OP856717, OP856718, OP856719, OP856720, OP856721, OP893792 va OP893793 ID raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 16 martdagi 4/1255-547-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston hududida tarqalgan Fusarium zamburug‘ining turkumi turlarining shtammlari o‘ziga xosligini aniqlash hamda ushbu shtamlarning nukleotidlar ketma-ketliklari ma’lumotlarini dunyoning turli mintaqalarida uchraydigan shtammlar bilan taqqoslash imkonini beradi;
identifikatsiya qilingan fuzarioz qo‘zg‘atuvchi turkum turlaridan O‘zbekistonning turli hududlaridagi bug‘doyni kasallantiruvchi Fusarium turkumi zamburug‘larining tarqalishining populyasion xaritasini tuzishda va genetik o‘zgaruvchanligini tahlil qilishda, bug‘doy ko‘chatzorlarda fuzarioz kasalligiga chidamliligini baholashda foydalanilgan (Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (IKARDA) ning 2022 yil 26 sentyabrdagi 1226-son ma’lumotnomasi). Natijada yumshoq bug‘doyda fuzarioz kasalliklarini erta diagnoz qilish usulini ishlab chiqish va ushbu kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarini takomillashtirish hamda fuzarioz kasalligiga chidamli navlarni yaratishda seleksion maqsadlarda qo‘llash imkonini bergan.