Baxadirov Iles Ismailovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pillani birlamchi qayta ishlash korxonalarida elektr energiyasi iste’molining samaradorligini oshirish” 
05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.RhD/T2504.
Ilmiy rahbar: Xoshimov Foziljon Abidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Energetika muammolari instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi energetika muammolari instituti xuzuridagi DSC.02/30.12.2021.T.143.01
Rasmiy opponentlar: Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor; Usmonov Shukrullo Yulbarsovich,  falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pillani birlamchi qayta ishlash korxonalarining texnologik qurilmalarining energiya samarador ish rejimlarini ishlab chiqish asosida elektr energiyasi iste’molining  samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli kalibrdagi pillani birlamchi qayta ishlash asosida  texnologik qurilmalarning energiya samarador xarakteristikalari ishlab chiqarish unumdorligini hisobga olib ishlab chiqilgan;
pillani birlamchi qayta ishlash korxonalarida elektr energiyasi iste’moliga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash usuli ko‘p hadli regressiya asosida pillani birlamchi qayta ishlashning texnologik ish rejimlarini hisobga olib takomillashtirilgan; 
pillani birlamchi qayta ishlash korxonalarida pillani o‘rash  qurilmalarining turli xil ish rejimlarida elektr energiyasi iste’moli xususiyatlarini o‘rganish asosida iste’mol quvvatining elektr tarmoqdagi kuchlanish, kalavalar soni, uning og‘irligi va zichligiga bog‘liq matematik modeli ishlab chiqilgan;
pillani birlamchi qayta ishlash korxonalarida elektr energiyasi iste’molini prognozlash model va algoritmlari sun’iy neyron tarmog‘i asosida ko‘p faktorli tahlilni hisobga olib ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Pillani birlamchi qayta ishlash korxonalarida elektr energiyasi iste’moli samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxonaning iste’mol pog‘onalarida elektr energiyasini me’yorlash imkonini beruvchi ko‘p pog‘onali struktura “JINJUZ CO” HK MChJ korxonasiga joriy qilingan (“Savdo Sanoat Palatasining” 2021 yil 25 iyundagi 11/02-27-5419-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi iste’mol pog‘onalari uchun elektr rejimlarini inobatga olgan holda maxsulot turlari bo‘yicha me’yorlash ko‘rsatkichlarini hisoblashning aniqligini ko‘tarish imkonini bergan;
mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan elektr energiyasi solishtirma sarfining prognoz ko‘rsatkichlarini taomillashtirilgan solishtirma sarfi aniqligini oshrish va hisoblash usulini soddallashtirish imkonini bergan (“Savdo Sanoat Palatasiningn” 2021 yil 25 iyundagi 11/02-27-5419-son ma’lumotnomasi).
elektr energiyasi solishtirma sarfining prognoz ko‘rsatkichini shakllantirish sxemasi asosida o‘rnatilgan elektr energiya bo‘yicha solishtirma sarfi ko‘rsatkichlari “JINJUZ CO” HK MChJ korxonasining asosiy sexlarida joriy qilingan (“Savdo Sanoat Palatasining” 2021 yil 25 iyundagi 11/02-27-5419-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi korxonada energiyasi solishtirma sarf ko‘rsatkichlarining prognoz qiymatlarini aniqlashdagi hisoblash ishlarini soddalashtirish, ularning aniqlilik darajasini oshirish hamda korxonada elektr energiyasi sarfini 3 %gacha kamaytirish imkonini bergan.
Elektr energiyasi iste’molini samaradorligini oshirish va elektr energiya iste’molini prognozlash aniqliginni oshirildi, shu bu bilan iqtisodiy samaradorlik 173 873 000 (bir yuz etmish uch million sakkiz yuz etmish uch ming so‘m)ni tashkil qildi (ushbu erishilgan amaliy natija “JINJUZ CO” HK MChJ va “MS-BARER TEXTILE” QK MChJ korxonalari tomonidan berilgan dalolatnomada keltirlgan).

Yangiliklarga obuna bo‘lish