Xazratov Abror Panjiyevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aloqa xizmatlarini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt925
Ilmiy rahbar: Shavqiyev Erkin, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Sherzod Abdukodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax Politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aloqa xizmatlarini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aloqa xizmatlarining nazriy-institusional asoslari aloqa xizmatlarini tashkil etishning murakkab tizimliligi hamda “aloqa xizmati ko‘rsatuvchisi → aloqa xizmati vositachisi → aloqa xizmati iste’molchisi” munosabatdagi o‘zaro bog‘lanishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
aloqa xizmatlari hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni prob>t shartli me’zoniga ko‘ra aloqa xizmatlariga kiritilayotgan investisiyalar hajmini oshirish orqali aloqa tarmoqlaridan tushayotgan tushum, uyali aloqa tarmoqlariga ulangan abonentlar soni va aloqa xizmatlari hajmini oshirish imkoniyatining multiplikativ samarasi ta’sirini baholashning uslubiy yondashuvi takomillshatirilgan;
aloqa xizmatlari natijadorligini baholash yondashuvi aloqa xizmatlari bozorida iste’molchilar talabini sifatli qondirishda talab va taklifni narx muvozanatining aniqlik darajasini oshirishga ko‘ra optimal shakillantirish asosida takomillashtirilgan;
aloqa xizmatlarining barqaror rivojlanish dinamikasi asosida ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari hajmini oshirishning 2025 yilga qadar pragnoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aloqa xizmatlarini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aloqa xizmatlarining nazriy-institusional asoslari aloqa xizmatlarini tashkil etishning murakkab tizimliligi hamda “aloqa xizmati ko‘rsatuvchisi → aloqa xizmati vositachisi → aloqa xizmati iste’molchisi” munosabatdagi o‘zaro bog‘lanishiga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha
takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 dekabrdagi PQ-4921-son “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan 2-ilovasi “2021-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida pochta aloqasi sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 30 noyabrdagi 33-8/8203-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlarning tavsifiga ko‘ra aloqa xizmatlarini ko‘rsatish tadbirlarini sifatli tayyorlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
aloqa xizmatlari hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni prob>t shartli me’zoniga ko‘ra aloqa xizmatlariga kiritilayotgan investisiyalar hajmini oshirish orqali aloqa tarmoqlaridan tushayotgan tushum, uyali aloqa tarmoqlariga ulangan abonentlar soni va aloqa xizmatlari hajmini oshirish imkoniyatining multiplikativ samarasi ta’sirini baholashning takomillashtirilgan uslubiy yondashuvdan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlan-tirish vazirligi tomonidan “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini istiqbolda rivojlantirish dasturini”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 30 noyabrdagi
33-8/8203-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish aloqa xizmatlarini rivojlantirishning maqsadli yo‘l xaritasi va parametrlarini ishlab chiqish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
aloqa xizmatlari bozorida iste’molchilar talabini sifatli qondirishda talab va taklifni narx muvozanatining aniqlik darajasini oshirishga ko‘ra optimal shakillantirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Hududlarni raqamli rivojlantirish darajasini reyting baholash metodikasi”ni tayyorlashda foydalanilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 30 noyabrdagi 33-8/8203-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takomillashtirilgan baholash yondashuvidan foydalanish aloqa xizmatlari bozorida talab va taklifni optimal shakillantirish orqali narx muvozanatining aniqlik darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
aholiga aloqa xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 30 noyabrdagi
33-8/8203-sonli ma’lumotnomasi). mazkur takliflar sohani rivojlantirish dasturlarining sifatini va 2025 yilga qadar aholiga ko‘rsatiladigan aloqa xizmatlari hajmini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.