Matkarimov Inomjon Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Innovatsion rivojlanish sharoitida agrobiokimyo xizmatlarining huquqiy-tashkiliy, iqtisodiy-ekologik mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1779
Ilmiy rahbar: Doschanov Tangirbergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Tuxliyev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kayrulla Ubaydullayev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion rivojlanish sharoitida agrobiokimyoviy xizmatlarning huquqiy-tashkiliy, iqtisodiy-ekologik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy, uslubiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrobiokimyoviy xizmatlar ko‘rsatishda SWOT va PEST tahlillari asosida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik jihatlarini umumlashgan agroxizmatlar tasnifida agrokimyo va agrobio xizmatlarning muvofiqlashgan “agrobiokimyoviy xizmatlar” nazariy tushunchasi ta’rifiga asoslangan va bu ta’rif negizida esa voha tizimining ixtisoslashgan 8 ta agrobiokimyoviy xizmat ko‘rsatish punktlari va ularning 2 ta hududiy logistika markazlari muqobil joylashuvi hamda ular ko‘rsatadigan xizmatlar tarkibi asoslangan;
mintaqada agrobiokimyoviy xizmatlaridan foydalanishda fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbari bilim (o‘rta 0,66, o‘rta maxsus 0,79, oliy 0,88) hamda malaka tajribasi (25 yoshgacha 0,68, 26-40 yoshgacha 0,82 va 41- 60 yoshgacha 0,91 hamda 61 yoshdan katta bo‘lganida 0,96 koeffisientga) xizmatidan foydalanish bo‘yicha muqobil qaror qabul qilishdagi ehtimolligini oshirishga asoslangan, xususan, agrobiokimyo laboratoriyasi mutaxassislarining bilim darajasi (past bo‘lganida 0,68, o‘rta 0,82, yaxshi 0,91 va yuqori bo‘lganida 0,95 koeffisientga) xizmatidan foydalanuvchilarda qoniqish darajasiga ta’siri miqdoriy baholangan;
fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda agrobiokimyoviy punktlari xizmatlari iqtisodiy ijtimoiy samaradorligini oshirishda inson kapitali ko‘rsatkichlari sifatida rahbarlarining bilim darajalari va malakalarining tizimda muqobil qaror qabul qilish ehtimolligini hamda agrobiokimyo xizmatlardan foydalanuvchilarning qoniqish darajasiga ta’siri ko‘p omilli statistik modellar asosida miqdorlari baholangan;
Xorazm viloyatida agrobiokimyoviy xizmatlari hajmi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillar ta’sirini e’tiborga olgan holda 2026 yilga ko‘p omilli va ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion rivojlanish sharoitida agrobiokimyoviy xizmatlarining huquqiy-tashkiliy, iqtisodiy-ekologik mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agrobiokimyoviy xizmatlar ko‘rsatishda SWOT va PEST tahlillari asosida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik jihatlarini umumlashgan agroxizmatlar tasnifida agrokimyo va agrobiokimyo xizmatlarning muvofiqlashgan “agrobiokimyoviy xizmatlar” ilmiy tadqiqot natijalariga tayanib nazariy tushunchasi ta’rifi asoslangan va bu ta’rif negizida esa tizimning viloyatda 8 ta ixtisoslashgan agrobiokimyoviy xizmat ko‘rsatish punktlari va ularda 2 ta hududiy logistika markazlari muqobil joylashuvi hamda ular ko‘rsatadigan agrobiokimyoviy xizmatlar tarkibini asoslash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6 maydagi 05/34-05/2091-son ma’lumotnomasi) va Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotlarida foydalanilgan (Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023 yil 1 martdagi 01/20-427-son ma’lumotnomasi). Bu esa, agrobiokimyoviy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha punktlari va logistika markazlarini optimal joylashtirish va ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlarini aniqlashga yordam qiladi;
innovatsiyalar sharoitida agrobiokimyoviy xizmatlaridan foydalanishda fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbari bilim (o‘rta 0,66, o‘rta maxsus 0,79, oliy 0,88) hamda malaka tajribasining (25 yoshgacha 0,68, 26-40 yoshgacha 0,82 va 41-60 yoshgacha 0,91 hamda 61 yoshdan katta bo‘lganida 0,96 koeffisientga) xizmatdan foydalanish bo‘yicha muqobil qaror qabul qilishdagi ehtimolligini oshirishni asoslash, xususan, agrobiokimyo laboratoriyasi mutaxassislarining bilim darajasi (past bo‘lganida 0,68, o‘rta 0,82, yaxshi 0,91 va yuqori bo‘lganida 0,95 koeffisientga) bu xizmatdan foydalanuvchilarda qoniqish darajasiga ta’sirini miqdoriy baholash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6 maydagi 05/34-05/2091-son ma’lumotnomasi) va Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotlarida foydalanilgan (Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023 yil 1 martdagi 01/20-427-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif agrobiokimyoviy xizmatlarga bo‘lgan talabni shakllantirish va foydalanuvchilar qoniqishini aniqlashda bilim va tajribaning rolini miqdoriy baholash imkoniyatini yaratgan;
fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda agrobiokimyoviy punktlari xizmatlari iqtisodiy ijtimoiy samaradorligini oshirishda inson kapitali ko‘rsatkichlari sifatida rahbarlarining bilim darajalari va malakalarining agrobiokimyo tizimida muqobil qaror qilish ehtimolligini hamda agrobioxizmatlardan foydalanuvchilarning qoniqish darajasiga ta’sirini ko‘p omilli statistik modellar asosida miqdorlari baholash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6 maydagi 05/34-05/2091-son ma’lumotnomasi) va Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotlarida foydalanilgan (Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023 yil 1 martdagi 01/20-427-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish ko‘rsatilayotgan agrobiokimyoviy xizmatlar sifatini oshirish va bunda inson omilining bilim va tajriba salohiyatini baholashda foydalanilgan;
Xorazm viloyatida agrobiokimyoviy xizmatlari hajmi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillar ta’sirini e’tiborga olgan holda 2026 yilga ko‘p omilli va ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6 maydagi 05/34-05/2091-son ma’lumotnomasi) va Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotlarida foydalanilgan (Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023 yil 1 martdagi 01/20-427-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari ko‘rsatilayotgan agrobiokimyoviy xizmatlarda agrobiolaboratoriyalar hajmi 1,6 marta, xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar soni 1,3 marta va ularda ishlovchilar soni deyarli 1,4 martaga oshishi ta’minlanadi.