Jabborov Azamat Alijonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2020/4 PhD/Iqt1495
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Avlokulov Anvar Ziyadullayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Giyasov Sarvar A’zamovich iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat ichki audit xizmatlari faoliyatining funksional tarkibidan moliyaviy nazoratni chiqarish bilan ichki auditda asosiy e’tibor qonunbuzilish holatlarining oldini olishga qaratilishi natijasida maqsadsiz va noqonuniy xarajatlarni oldini olish asoslangan;
budjet intizomi buzilishining yagona statistikasini yuritish uchun budjet ijrosiga oid normativ-huquqiy hujjatlar kesimida budjet sohasidagi huquqbuzarliklarning klassifikatsiyasini joriy etish asosida 13 yo‘nalishdagi 320 ta huquqbuzarliklar va xato-kamchiliklar turlarini tasniflash taklif etilgan;
moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ vazifalari tarkibidagi aksiz solig‘ini hisoblanishini nazorat qilish vazifasini soliq nazorati sifatida Soliq qo‘mitasiga o‘tkazish, paxta xom ashyosi hisobini nazorat qilish vazifasini bekor qilish orqali asosiy e’tiborni budjet xarajatlari bo‘yicha yakuniy moliyaviy nazorat qamrovini oshirishga qaratish taklif etilgan;
budjetlashtirish natijadorligi maqsadli indikatorlariga erishilishini davlat ichki audit xizmati tomonidan baholash orqali budjet xarajatlari bilvosita samaradorligini ta’minlash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat ichki audit xizmatlariga belgilangan vazifalar tarkibidan moliyaviy nazoratni chiqarish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi 
PF-6300-son “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
21 avgustdagi PQ–3231-son “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 15 martdagi 06/03-07-03-32/671-son, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 24 maydagi 29/2-08643-son ma’lumotnomalari). Natijada, ichki auditda asosiy e’tibor qonunbuzilish holatlarini oldini olishga qaratilishi orqali 2022 yilda vazirlik va idoralar ichki audit xizmatlari tomonidan 307,6 mlrd. so‘m maqsadsiz va noqonuniy xarajatlarni oldi olinishiga erishilgan;
moliyaviy huquqbuzarlik turlarining klassifikatsiyasini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi PF-6300-son “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 15 martdagi 06/03-07-03-32/671-son, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 24 maydagi 29/2-08643-son ma’lumotnomalari). Natijada, budjet ijrosiga oid normativ-huquqiy hujjatlar kesimida budjet sohasida 13 yo‘nalishdagi 320 ta huquqbuzarliklar va xato-kamchiliklar turlarini tasniflashga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vazifalari qatoridan aksiz solig‘ini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblashni hamda paxta xom ashyosi hisobi va hisobotini nazorat qilish vazifalarini chiqarish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 
14 fevraldagi PQ-128-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 15 martdagi 06/03-07-03-32/671-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti funksiyalari tarkibidagi aksiz solig‘ini hisoblanishini Soliq qo‘mitasiga o‘tkazish, paxta yetishtirish sohasiga bozor munosabatlari tatbiq etilayotganligi sababli paxta xom ashyosi hisobini nazorat qilishni bekor qilish orqali budjet xarajatlari bo‘yicha amalga oshiriladigan yakuniy moliyaviy nazorat qamrovini oshirishga erishilgan;
vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari tomonidan tegishli rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlariga erishilishini tahlil qilish hamda baholashni joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-742-son “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son “O‘zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 15 martdagi 06/03-07-03-32/671-son, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 24 maydagi 29/2-08643-son ma’lumotnomalari). Natijada, 2022 yilda 24 ta vazirlik va idoralar tomonidan mavjud shtatlari doirasida jami 155 ta shtat birligidan iborat ichki audit tuzilmalari tashkil etildi, ularning umumiy soni 47 taga, shtatlar soni 475 taga yetdi. Mazkur tuzilmalar tomonidan 2022 yilda 40 ta vazirlik va idoralarning 560 ta maqsadli indikatorlari ijrosi baholanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish