Artikova Shoxida Ilyasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1191.
Ilmiy rahbar: Mirzayev Kulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Xasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maishiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida hududiy dasturlarga tashabbuskor tadbirkorlarning g‘oyalari asosida talab yuqori bo‘lgan maishiy xizmat turlarini kengaytirish loyihalariga maqsadli moliyaviy kredit ajratish taklifi asoslangan;
maishiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq mahsulotlar va jarayonlarga yagona texnik reglamentni belgilash, ularni ishlab chiqishda ishtirok etish, loyihalarni realizatsiya qilish asosida sohani texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha tashkiliy tuzilma asoslangan;
hududning iqtisodiy salohiyatidan maqsadli foydalanish, buyurtmalar oqimini optimallashtirish va taqdim qilinadigan xizmatlarni masofaviy muvofiqlashtirishga ko‘ra maishiy xizmat ko‘rsatish klasterini tashkil etish modeli ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyatida xizmatlar bozorini barqaror rivojlanish tendensiyalari hamda maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan yalpi mahsulot hajmini 2023-2027 yillardagi prognoz parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
maishiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida hududiy dasturlarga tashabbuskor tadbirkorlarning g‘oyalari asosida talab yuqori bo‘lgan maishiy xizmat turlarini kengaytirish loyihalariga maqsadli moliyaviy kredit ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan maishiy xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlari va sohani 2027 yilgancha bo‘lgan davrda rivojlantirishning “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 22 dekabrdagi 11/02-15-14190-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholiga maishiy xizmatlar ko‘rsatish sohasini diversifikasiyalash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
maishiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq mahsulotlar va jarayonlarga yagona texnik reglamentni belgilash, ularni ishlab chiqishda ishtirok etish, loyihalarni realizatsiya qilish asosida sohani texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha tashkiliy tuzilmasi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan maishiy xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlari va sohani 2027 yilgancha bo‘lgan davrda rivojlantirishning “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 22 dekabrdagi 11/02-15-14190-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini boshqarish samaradorligi oshirish, ishlab chiqarishni ratsional tashkil qilish, aholining xizmatlarga bo‘lgan talabini yanada to‘laroq qondirish darajasini oshirishga xizmat qilgan;
 
hududning iqtisodiy salohiyatidan maqsadli foydalanish, buyurtmalar oqimini optimallashtirish va taqdim qilinadigan xizmatlarni masofaviy muvofiqlashtirishga ko‘ra maishiy xizmat ko‘rsatish klasterini tashkil etish modelidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan maishiy xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlari va sohani 2027 yilgancha bo‘lgan davrda rivojlantirishning “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilganirilishida foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasi-ning 2022 yil 22 dekabrdagi 11/02-15-14190-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sinergetik samarasiga erishish va raqobatbardoshligini oshirish hamda xo‘jalik subyektlari faoliyatini maqbul tashkil qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Samarqand viloyatida xizmatlar bozorini barqaror rivojlanish tendensiyalari hamda maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan yalpi mahsulot hajmini 2023-2027 yillardagi prognoz parametrlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan maishiy xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlari va sohani 2027 yilgancha bo‘lgan davrda rivojlantirishning “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 22 dekabrdagi №11/02-15-14190-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan foydalanish natijasida 2027 yilga kelib viloyatda maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan yalpi mahsulot hajmini 118,5 % va mehnat unumdorligi 120,4 %ga oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlari ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish