Adizov Bobir Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassaslarini o‘zini-o‘zi moliyalashtirish jarayonlarini strategik boshqarishning ilmiy-uslubiy jihatlari», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2291.
Ilmiy rahbar: Navro‘z-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ochilov Akram Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sauxonov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarini o‘zini-o‘zi moliyalashtirish jarayonlarini strategik boshqarishning ilmiy-uslubiy jihatlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishni boshqarishda ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi omillarini baholash uchun shaxsning kompetentligini oshirish va fikrlash usullarini o‘zlashtirish jarayonini ifodalaydigan “Pedagogik-ta’lim” (PT=0,3); ta’limning maqsad va vazifalariga, ijtimoiy-iqtisodiy talablariga muvofiq “Boshqaruv-ta’lim jarayonining sifati” (BT=0,5) hamda jamiyatning ta’limga qo‘yadigan me’yoriy talabining ijtimoiy funksiyalarini optimal darajada bajarish zaruratini ta’minlaydigan “Sotsiologik-ta’lim sifati” (ST=0,2)ni belgilaydigan yondashuvlar ishlab chiqilgan;
moliyaviy mustaqil oliy ta’lim muassasalarning moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini tahlil qilinishining to‘rta: operatsion samaradorlik ko‘rsatkichlari (OS=2,32%), moliyaviy tuzilma ko‘rsatkichlari (MT=-3,01%), aktivlardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari (AS=6,48%) va likvidlik ko‘rsatkichlari (LK=1,71%)dan tarkib topgan integrallashgan ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan; 
o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalarining yangi tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtat me’yorlari hamda ta’lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari (X1÷Y1)-(X2÷Y2)=3,9 nafarga kamayishi orqali ta’lim muassasasida ish haqini tejash imkoniyatlari ishlab chiqilgan;
Buxoro davlat universitetining 2023-2026-yillarda jami yillik ish haqi to‘lash fondi mablag‘larining istiqboldagi prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. OTMlarini moliyalashtirishni strategik boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini takomillashtirish hamda innovatsion menejment usullaridan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishni boshqarishda ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi omillarini baholash uchun shaxsning kompetentligini oshirish va fikrlash usullarini o‘zlashtirish jarayonini ifodalaydigan “Pedagogik-ta’lim” (PT=0,3); ta’limning maqsad va vazifalariga, ijtimoiy-iqtisodiy talablariga muvofiq “Boshqaruv-ta’lim jarayonining sifati” (BT=0,5) hamda jamiyatning ta’limga qo‘yadigan me’yoriy talabining ijtimoiy funksiyalarini optimal darajada bajarish zaruratini ta’minlaydigan “Sotsiologik-ta’lim sifati” (ST=0,2)ni belgilaydigan yondashuvlari o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan respublika OTMlar faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 1-maydagi 03/43-514-son ma’lumotnomasi). Mazkur yondashuvlarni amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishni boshqarishda ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi omillarini baholash ko‘lami kengaygan;
moliyaviy mustaqil oliy ta’lim muassasalarning moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini tahlil qilinishining to‘rta: operatsion samaradorlik ko‘rsatkichlari (OS=2,32%), moliyaviy tuzilma ko‘rsatkichlari (MT=-3,01%), aktivlardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari (AS=6,48%) va likvidlik ko‘rsatkichlari (LK=1,71%)dan tarkib topgan integrallashgan ko‘rsatkichlar tizimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 967-son qarorining ilovasiga asosan 2020-yil 1-yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan Urganch davlat universitetida iqtisodiy barqarorlikni muvaffaqiyatli ta’minlashning asosiy mezoni sifatida rentabellik va moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 1-maydagi 03/43-514-son ma’lumotnomasi). Integrallashgan ko‘rsatkichlarni tahlil qilish asosda Urganch davlat universitetining 2019- va 2020-yillardagi daromadlarida byudjet mablag‘larining moliyalashtirish manbalaridagi ulushi 7,5 foizga kamayishga erishilgan. Mazkur baholash uslubidan foydalanish byudjetdan tashqari mablag‘lar ulushi o‘sib borganligi orqali oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash, oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish hamda raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qilgan;
o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalarining yangi tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtat me’yorlari hamda ta’lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari (X1÷Y1)-(X2÷Y2)=3,9 nafarga kamayishi orqali ta’lim muassasasida ish haqini tejash imkoniyatlari bo‘yicha yondashuv Buxoro davlat universiteti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 1-maydagi 03/43-514-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60 qarorining 1-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Buxoro davlat universiteti Kuzatuv kengashining 2022-yil 28-sentyabrdagi 5-yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligi tomonidan dissertant nomiga “Buxoro davlat universitetining (Korporativ boshqaruv tipidagi) tashkiliy tuzilmasi” dasturi uchun 2021-yil 29-oktyabrda №DGU 12873-raqami bilan berilgan guvohnomaga asosan tuzilgan oliy ta’lim muassasalarining yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan;
Buxoro davlat universitetining 2023-2026-yillarda jami yillik ish haqi to‘lash fondi mablag‘larining istiqboldagi prognoz parametrlari Buxoro davlat universitetining ish haqi fondining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini belgilashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 1-maydagi 03/43-514-son ma’lumotnomasi). Eksponensial prognoz natijalariga ko‘ra, yillik ish haqi to‘lash fondi 2022-yilga nisbatan 2.98 marta hamda parabolik trend natijalariga ko‘ra, 2.68 marta ko‘payishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish