Normuradov Xamidulla Muradullaevichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“O‘zbekistonda inklyuziv o‘sishni ta’minlashda mikromoliyalashtirish tizimini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari) .
Dissertatsiya mavzusining ro‘yxatga olish raqami: B2020.4.PhD/Iqt1546.
Ilmiy rahbar: Nazarov Sharofiddin Xakimovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01
Rasmiy opponentlar: Xusanov Durbek Nishonovich , iqtisod fanlari doktori, professor, Alimardonov Elshod Dilshodovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II . Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda qashshoqlikni kamaytirish va inklyuziv o‘sishni ta’minlash uchun mikromoliyalashtirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda mikrokreditlarning maksimal miqdorini orttirish, garov talablarini qisqartirish orqali mikrokredit bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash taklifi asoslandi;
mikrokredit tashkilotlariga korporativ obligasiyalar chiqarish, jismoniy shaxslarga onlayn kreditlar (mikrokreditlar) ajratish va Islomiy moliya tamoyillarini joriy etish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar asoslandi; 
hududlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega nomzodlarni inklyuziv o‘sishni ta’minlovchi skoring tizimi asosida tanlab olish orqali mikromoliyalash uchun mablag‘lar ajratish asoslandi;
«Xalq bank» AK, «Mikrokreditbank» ATB, «Agrobank» ATB kreditlarini ajratishda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar akseleratori doirasida oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mahalliy kon’yunkturaga moslashtirish asosida tadbirkor ayollarga imtiyozli kredit ajratish, ish o‘rinlari yaratish taklif etildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inklyuziv o‘sishni ta’minlashda mikromoliya tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar asosida quyidagilar qabul qilindi: 
O‘zbekistonda mikrokredit bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, shu jumladan ularning eng yuqori miqdorini orttirish, garov talablarini qisqartirish bo‘yicha takliflar 2020 yil 17 martdagi O‘RQ-612 son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunda tatbiq etilgan (Oliy Majlisning Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2020 yil 31 yanvardagi №04/1-94-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik natijasida mikrozaymlar maksimal miqdori 50 mln. so‘mgacha, mikrokreditlar miqdori esa 300 mln. so‘mgacha oshirildi; 
mikrokredit tashkilotlariga korporativ obligasiyalar chiqarish, jismoniy shaxslarga onlayn kreditlar (mikrokreditlar) ajratish va Islomiy moliya tamoyillarini joriy etish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar 2022 yil 20 apreldagi «Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z aksini topgan (Oliy Majlisning Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2020 yil 31 yanvardagi №04/1-94-son ma’lumotnomasi). Takliflar tatbiq etilishi natijasida, Qonunga kreditlar va kafolatlar berish, jismoniy shaxslarga Islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatish (5-modda), to‘lov tashkilotlarining mikromoliya faoliyatni amalga oshirish huquqi (5-modda), lombard nomidan ish yuritishga vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan lombard faoliyati boshlanganligi to‘g‘risida xabar berish (23-modda) kabi moddalar qo‘shildi;
oilaviy tadbirkorlikning rivojlanish darajasini skoring tizimi asosida baholash metodikasi Toshkent viloyatining Buka va Chinoz tumanlarida qashshoqlikka qarshi kurashish bo‘yicha pilot loyihasini ishlab chiqishda tatbiq etildi. Taklif etilgan savollar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining «Aholi turmush darajasini o‘rganish va baholash» tizimini yaratishda foydalanildi (Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2021 yil 9 iyuldagi 170-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amalga oshirish natijasida inklyuziv o‘sishni ta’minlovchi skoring tizimi asosida nomzodlar orasidan tadbirkorlik ko‘nikmalari aniqlangan 140 nafar ayol mikromoliyalash uchun tanlab olindi;
oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mahalliy kon’yukturaga moslashtirilgan tadqiqot tavsiyalari ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar akseleratori doirasida «Xalq banki» AK, «Mikrokreditbank» ATB, «Agrobank» ATB kreditlarini ajratishda foydalanildi (Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2021 yil 9 iyuldagi 170-son ma’lumotnomasi). Kredit resurslarini to‘g‘ri yo‘naltirish natijasida Toshkent viloyatining Buka tumanida 60 nafar tadbirkor ayolga imtiyozli kredit ajratilib, 100 dan ortiq ish o‘rni yaratilishi ta’minlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish