Tojiev Feruz Ibodullo o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonini individual implantatlar yordamida tiklashni takomillashtirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib707.
Ilmiy rahbar: Azimov Aziz Muxammadjonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Supiev Turgan Kurbanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shomurodov Qaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Tokai medical center (Yaponiya).
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bemorlarda yuqori jag‘ al`veolyar o‘siq keng kemtiklarini tiklashni individual tayyorlanadigan titan implantatlar qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish va operatsiya usulini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bilan og‘rigan bemorlarda al`veolyar o‘siqni autotransplantatlar bilan suyak plastikasining uzoq muddatli natijalari klinik-rentgenologik tekshiruv usullari asoslangan;
yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bilan og‘rigan bemorlarda al`veolyar o‘siq nuqsoni darajalariga qarab al`veolyar o‘siq plastikasida individual tayyorlangan implantatdan foydalanishga ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan;
3D modellashtirish usulini qo‘llash orqali yuqori jag‘da tiklanayotgan al`veolyar o‘siq nuqsonining anatomo-funksional xususiyatlarini inobatga olgan holda individual implantat konstruksiyasi ishlab chiqilgan va uning samaradorligi ilmiy jihatdan asoslangan;
individual tayyorlangan implantat titan-dioksid (bioaktiv qoplama) bilan qoplangan ichki yuzasi hamda bemorda yuqori jag‘ al`veolyar o‘siq kemtigi tashqi yuzasi orasida osteointegratsiya jarayoni va implantat barqarorligi indeksi yuqoriligi rezonans elektromagnit tebranishlarini tekshirish usuli orqali aniqlangan;
individual tayyorlab olingan yuqori jag‘ titan implantatlariga dental implantatlarni joylashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan va yuz estetikasi tahlili asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bilan og‘rigan bemorlarda al`veolyar o‘siqni autotransplantatlar bilan suyak plastikasining uzoq muddatli natijalari amaliyotda chuqur o‘rganilib, kemtik tiplarida ular orasidagi masofa kancha kichkina bo‘lsa (0,5 smgacha) autotransplantatlarni qo‘llash afzalligi, al`veolyar o‘siq keng kemtiklarida esa individual implantatdan foydalanish kerakligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni operatsiya oldi tayyorgarlik algoritmi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga joriy etildi(2022-yil 14-iyuldagi dalolatnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bemorlarda al`veolyar o‘siq plastikasi amaliyotidan keyingi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtirish; operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifatini oshirish; bemorlarning hayot sifatini yaxshilash; takroriy jarrohlik aralashuvlar chastotasining 50 % dan 5.2 % gacha kamayishi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun yangi jarroxlik usulining joriy qilinishi hisobiga qayta jarrohlik (ikkinchi jarroxlik) amaliyoti darajasini 50 foizdan 5,2 foizga kamaytirish hisobiga 6 200 000 so‘m iqtisod qilinadi (tajribaga ko‘ra 50 % bemorlarda qayta jarroxlik opresiyasi amalga oshiriladi. Shungan ko‘ra yiliga 20 nafar bemordan 10 nafarida autotransplantat so‘rilishi natijasida ikkilamchi jarroxlik operatsiya o‘tqazib, yillik jamg‘arma 18 600 000 so‘mni (3 nafar bemor) tashkil etadi. Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi byudjet mablag‘larini 42 965 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 19 675 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni operatsiya oldi tayyorgarlik algoritmi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TDSI rektori tomonidan 2022-yil 1-iyulda 03/915-sonli xat yuborilgan;
yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bilan og‘rigan bemorlarda implantatdan foydalanish ko‘rsatmalariga asoslanib implantat qo‘llanilishi jarrohlik amaliyotidan keyingi erta va uzoq muddatdagi asoratlarni hamda ikkilamchi yallig‘lanishlarning kuzatilmasligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni operatsiya oldi tayyorgarlik algoritmi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga joriy etildi(2022-yil 14-iyuldagi dalolatnomasi).  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bemorlarda al`veolyar o‘siq plastikasi amaliyotidan keyingi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini oldini olish maqsadida, bemorlarga individual tayyorlangan titan implantatlari yordamida yuqori jag‘ al`veolyar o‘siq kemtiklarini to‘laqonli bartaraf etilishi xisobiga bemorlar xayot sifatini yaxshilash. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemor uchun yangi jarroxlik usulining joriy qilinishi hisobiga qayta jarrohlik (ikkinchi jarroxlik) amaliyoti darajasini 50 foizdan 5,2 foizga kamaytirish hisobiga 6 200 000 so‘m iqtisod qilinadi (tajribaga ko‘ra 50 % bemorlarda qayta jarroxlik opresiyasi amalga oshirildi, individual tayyorlangan titan implantatlari yordamida yuqori jag‘ al`veolyar o‘siq kemtiklarini to‘laqonli bartaraf etilishi xisobiga bemorlar xayot sifatini yaxshilash va bemorlarni statsionarda davolanish muddatlarini qisqartirishi xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 19 000 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 9 800 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni operatsiya oldi tayyorgarlik algoritmi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TDSI rektori tomonidan 2022-yil 1-iyulda 03/915-sonli xat yuborilgan;
mul`tispiral kompyuter tomografiya rentgen tekshiruviga asoslanib yuqori va pastki jag‘larning 3D skanerlash va modellashtirish yordamida yaratilgan stereolitografik modellarini qo‘llash orqali al`veolyar o‘siq kemtigini tiklashdan kutilayotgan natijaning operatsiyadan oldingi vizualizatsiyasi imkoni yaratilgan, jarrohlik amaliyotining aniqliligi yaxshilangan va jarrohlik aralashuvining vaqti qisqartirildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonini individual implantatlar yordamida tiklashni yangi usuli Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga joriy etildi(2022-yil 14-iyuldagi dalolatnomasi).  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish; operatsiyadan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtirish; ushbu operatsiyalardan keyin bemorlarning hayot sifatini yaxshilash; jarrohlik amaliyotining aniqliligi yaxshilangan; jarrohlik aralashuvining vaqti qisqartirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun rentgen tashxisidan 2 marotaba foydalanish(tradision usulda rentgen tashxis esa bemorga bir nacha marotaba utkazilgan) raqamli texnologiyalar yordamida jag‘ning nuqsoni uchun bioinjeneriya konstruksiyasini individual ishlab chiqarish texnologiyasi va operatsiyadan oldingi tayyorgarlik tamoyillari ishlab chiqilgan, asoslangan hamda amaliyotga joriy qilingan bo‘lib, bu o‘z navbatida jarrohlik amaliyoti samarasini sifat jihatidan oshirdi va yuz-jag‘ sohasidagi nuqsonlarni tiklash imkoniyatlarini kengaytirilganligi xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 1 250 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni  900 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonini individual implantatlar yordamida tiklashni yangi usuli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TDSI rektori tomonidan 2022-yil 1-iyulda 03/915-sonli xat yuborilgan;
taklif qilingan usulda kemtik tiklangandan so‘ng dinamikada implantat barqarorligi indeksi va osteointegratsiyasi rezonans elektromagnit tebranishlarini registratsiya qilish usuli bilan o‘rganilib, 3 oydan keyin-73±2.1, 6 oydan so‘ng-89±3.5, 1 yildan so‘ng-92±2,8 shartli birliklarda natijalar olindi. Olingan natijalar taklif etilayotgan implantatlarga protezlash bosqichiga ko‘rsatma bo‘ldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonini individual implantatlar yordamida tiklashni yangi usuli Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga joriy etildi(2022-yil 14-iyuldagi dalolatnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: implantat barqarorligi koeffisienti 70 shartli birlikdan oshganda dental teshiklarga bosqichma-bosqich olinmaydigan tish protezlari o‘rnatildi, protezlashdan so‘ng yuz estetikasi yaxshilandi, bemorlarda chaynov samaradorligi oshdi va bemorlarning operatsiya natijasidan qoniqish xosil bolishi bilan iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 8 kundan 3 kunga (5 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 650 ming so‘mga kamaytirdi (TDSI klinikasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 217.000 so‘mni tashkil qiladi). • shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 750 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). • shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 99 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 19 800 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 31 900 000 so‘mni tashkil etadi (20 ta operatsiya bo‘yicha 1 595 000*20= 31 900 000 so‘mni tashkil etadi (reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga); 12 600 000 - ikkinchi operatsiya narxini kamaytirish orqali samaradorlikka erishiladi. Jami: 44 500 000 so‘m). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 11 000 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 6 120 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonini individual implantatlar yordamida tiklashni yangi usuli» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TDSI rektori tomonidan 2022-yil 1-iyulda 03/915-sonli xat yuborilgan;
individual tayyorlangan titan implantatlardan foydalanish orqali kemtik o‘rni tiklanib, mahalliy sohadagi tish qatoriga olinmaydigan tish protezlari o‘rnatilib, ovqatni tishlab uzish va ravon so‘zlash funksiyalari yaxshilanishiga erishildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonini individual implantatlar yordamida tiklash usulining samaradorligi Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga joriy etildi(2022-yil 14-iyuldagi dalolatnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dental teshiklarga bosqichma-bosqich olinmaydigan tish protezlari o‘rnatildi, protezlashdan so‘ng yuz estetikasi yaxshilandi, bemorlarda chaynov samaradorligi oshdi va bemorlarning operatsiya natijasidan qoniqish xosil bolganini xisobiga maxalliy soxaga keragidan ortik tish tojlarini quymasliklik xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun autotransplantat quyib o‘tkazilgan operatsiyada, uning surilishi xisobiga tish quyib bolmasligi natijasida yon tishlar charxlanib kopriksimon protezlar quyiladi natijada 1 tish urniga bir nechta tish urnatiladi. Individual tayyorlangan titan implantatlaridagi dental teshiklarga keragidan ortiq tish quyib bolmasligi va en tishlar charxlanmasligi xisobiga an’anaviy usulga nisbatan 4-5 marotaba samaradorlikka erishiladi. Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi byudjet mablag‘larini 42 965 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 19   675 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bemorlarda yuqori jag‘ nuqsonini individual implantatlar yordamida tiklash usulining samaradorligi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TDSI rektori tomonidan 2022-yil 1-iyulda 03/915-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish