Bakirova Anastasiya Aleksandrovnaning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amerika seleksiyasiga mansub g‘o`za navlarining genetik salohiyatidan foydalanib raqobatbardosh seleksion ashyo yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Taqdimot mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2021.2 PhD/Qx747.
Ilmiy rahbar: Ravshanov A`zam Erkinovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: g‘o`za “S-6301” navi (NAP 00418).
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining “baza.ima.uz” saytida patentning xuquqiy xolati to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtirilgan.
II. Tadqiqotning maqsadi G.hirsutum L. turining ilgari o‘rganilmagan Amerika g‘o‘za kolleksiyasi navlarining genetik salohiyatini o‘rganish, baholash hamda analitik seleksiya usulidan foydalangan holda yangi g`o`za navini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk marotaba amerika seleksiyasining g‘o‘za navlarining genetik salohiyatidan foydalangan holda eng yaxshi seleksiya jihatdan ahamiyatli bo`lgan oila va tizmalari ajratib olingan;
asosiy xo`jalikda qimmatli belgilarning yuqori majmuiga ega genotiplarni yaratishda analitik seleksiya usulining samaradorligi isbotlangan;
tanlab olingan namunalar Fusarium oxysporium vasinfectum va Verticillium dahliae Klebhan patogenlariga, shuningdek, Aphis gossypii hashorotiga va tuproq sho‘rlanishiga yuqori bardoshliligi isbotlangan;
analitik seleksiya yo‘li bilan yaratilgan S-6301 g‘o‘za navi yangilik, bir xillik va barqarorlik mezonlariga javob berish bilan birga, standart nav va ko‘rsatkich naviga nisbatan xo`jalikda qimmatli belgilar majmuasi bo‘yicha sezilarli afzalliklarga egaligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zaning o‘rta tolali navlarini analitik seleksiya samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida:
2020-2022 yillarda Toshkent viloyati sharoitida stansion va raqobat sinovlarida keng ko‘lamli sinovlarda va ishlab chiqarish bo‘limi dalalarida ko‘paytirilayotgan “Stoneville -132” navi asosida analitik seleksiya yo‘li bilan yaratilgan C-6301 g‘o‘za navi 2,1 ga maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 05/06/373-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navning yuqori sifatli 2,46 tonna elita urug`lari tayyorlangan;
yangi C-6301 g‘o‘za navi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Orifjon” elita urug‘chilik xo‘jaligida 2,2 gektar maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 05/06/373-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha 43,4 s/ga paxta xomashyosi terib olinib, 1 gektar maydondan olingan sof daromad esa o‘rtacha 1134 ming so`mni, rentabellik darajasi esa Buxoro-102 naviga nisbatan 20,8 foizni tashkil etgan;
paxta genofondni to‘ldirish va ilmiy maqsadlarda foydalanish uchun Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining “Paxta kolleksiyalari va introduksiyalari” laboratoriyasiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 05/06/373-son ma’lumotnomasi). Natijada “Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” yo‘nalishidagi fundamental va amaliy loyihalarda boshlang`ich ashyo sifatida foydalanish imkoniyati yaratilgan.