Ziyavutdinova Xumora Shermamatovna 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek oilalarida oilaviy zo‘ravonlik yuzaga kelishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/P240.
Ilmiy maslahatchi: Shomurotova Nigora Nabijonovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 (bir martalik ilmiy kengash)
Rasmiy opponentlar: Abdullayeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek oilalaridagi ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini, zo‘ravonlikning yuzaga kelish motivlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zo‘ravonlik ishtirokchilarining sub’ektiv internallik darajasi, oilaviy hayot dinamikasi, madaniy qadriyatlar differensiatsiyasi natijasida «ichki diskomfort», «juftliklar o‘rtasidagi interpersonal krizisli vaziyatlar» hamda «umumiy sotsial stress» oilaviy zo‘ravonlikning lokus-determinanti ekanligi dalillangan;
oilaviy zo‘ravonlikning gender farqlariga ko‘ra ayollarda siklik-psixologik ta’sir, byurokratik-avtoritar uslub, destruktiv nizolar ko‘lami, ijtimoiy frustratsiya darajasi, erkaklarda doimiy ishsizlik, simpatik va empatik munosabatlarning proporsionalligi, ijtimoiy statusdan qoniqmaslik shaxsda agressiv xulq-atvor motivini yuzaga keltirishi aniqlangan;
zo‘ravonlikning iqtisodiy, jinsiy, ruhiy, jismoniy turlari oilaviy zo‘ravonlik holatida «kombinatsiyalashgan» ko‘rinishda namoyon bo‘lishi natijasida, faol (qo‘rqitish, izolyasiya, tanqid, yolg‘on), passiv (psixologik effekt, diffuz identiklik, kommunikativ diskompetensiya, tashqi lokus nazorat) va interaktiv (dominantlik, affektivlik, rigidlik, noadekvatlik, mas’uliyasizlik) aspektlari ustuvor ekanligi dalillangan;
oilaviy zo‘ravonlikning etnik kelib chiqish shakliga ko‘ra milliy qadriyatlar, funksional ijtimoiy rol va pozisiyalar, pozitiv xulq-atvor strategiyalari, intrapersonal oilaviy munosabatlar, nevrotizatsiya, ijtimoiy normalarning progressivligi zo‘ravonlikning psixologik preferensiyasi bo‘lishi mumkinligi aniqlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Oilaviy zo‘ravonlik muammosining ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganish yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha quyidagi natijalar joriy qilingan:
zo‘ravonlik ishtirokchilarining sub’ektiv internallik darajasi, oilaviy hayot dinamikasi, madaniy qadriyatlar differensiatsiyasi natijasida «ichki diskomfort», «juftliklar o‘rtasidagi interpersonal krizisli vaziyatlar» hamda «umumiy sotsial stress» oilaviy zo‘ravonlikning lokus-determinanti ekanligi dalillanganligi bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 21 dekabrdagi PM-27 sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Oila psixologiyasi» moduliga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 28 dekabrdagi PM-27-m sonli ma’lumotnoma). Natijada fan moduli oiladagi zo‘ravonlikni bartaraf etish va oldini olishga qaratilgan ilmiy ma’lumotlar va xulosalar bilan boyitilgan; 
oilaviy zo‘ravonlikning gender farqlariga ko‘ra ayollarda siklik-psixologik ta’sir, byurokratik-avtoritar uslub, destruktiv nizolar ko‘lami, ijtimoiy frustratsiya darajasi, erkaklarda doimiy ishsizlik, simpatik va empatik munosabatlarning proporsionalligi, ijtimoiy statusdan qoniqmaslik shaxsda agressiv xulq-atvor motivini yuzaga keltirishi aniqlanganligi bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 21 dekabrdagi 2022 yil 21 dekabrdagi PM-27 sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologiyasi» moduliga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 28 dekabrdagi PM-27-m sonli ma’lumotnoma). Natijada fan moduli oiladagi zo‘ravonlikni bartaraf etish va oldini olishga qaratilgan psixoprofilaktik usullar miqdori ortgan; 
zo‘ravonlikning iqtisodiy, jinsiy, ruhiy, jismoniy turlari oilaviy zo‘ravonlik holatida «kombinatsiyalashgan» ko‘rinishda namoyon bo‘lishi isbotlanib, faol (qo‘rqitish, izolyasiya, tanqid, yolg‘on), passiv (psixologik effekt, diffuz identiklik, kommunikativ diskompetensiya, tashqi lokus nazorat) va interaktiv (dominantlik, affektivlik, rigidlik, noadekvatlik, mas’uliyasizlik) aspektlari ustuvor ekanligi dalillanganligi bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 21 dekabrdagi PM-27 sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Konfliktalogiya» moduliga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 28 dekabrdagi PM-27-m sonli ma’lumotnoma). Natijada fan moduli oiladagi zo‘ravonlikni bartaraf etish va oldini olishga qaratilgan psixoprofilaktik usullar miqdori ortgan; 
oilaviy zo‘ravonlikning etnik kelib chiqish shakliga ko‘ra milliy qadriyatlar, funksional ijtimoiy rol va pozisiyalar, pozitiv xulq-atvor strategiyalari, intrapersonal oilaviy munosabatlar, nevrotizatsiya, ijtimoiy normalarning progressivligi zo‘ravonlikning psixologik preferensiyasi bo‘lishi mumkinligi aniqlanganli bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 21 dekabrdagi PM-27 sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Oila psixologiyasi» moduliga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 28 dekabrdagi PM-27-m sonli ma’lumotnoma). Natijada fan moduli oiladagi zo‘ravonlikni bartaraf etish va oldini olishga qaratilgan psixoprofilaktik usullar miqdori ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish