Jumaxanov Shavkatjon Zairjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Osiyo anklav/eksklav hududlarini iqtisodiy geografik va siyosiy geografik tadqiq etishning metodologik asoslari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Gr46.
Ilmiy maslahatchi: Boymirzayev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, dostent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Tojiyeva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor; Ibragimov Lutfullo Ziyadullayevich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Rafiqov Vahob Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyo anklav/eksklav hududlarini iqtisodiy geografik va siyosiy geografik rivojlanishiga xos hududiy xususiyatlarini aniqlash va o‘zaro hududiy munosabatlar tizimini o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anklav/eksklav hududlarga oid tadqiqot metodologiyasi ularni shakllantiruvchi va yo‘qolib ketishiga ta’sir etuvchi, geosiyosiy va geoiqtisodiy muammolarni yuzaga keltiruvchi hamda tasniflashga asos bo‘luvchi omillarni aniqlash orqali takomillashtirilgan;
murakkab tuzilgan bir necha tartibli anklavlar yoki «matryoshka» tipidagi anklavlarning «integratsion», «etnik va diniy», «hududiy va ijtimoiy» omillar asosida yuzaga kelish modellari ishlab chiqilgan;
Markaziy Osiyoda anklav/eksklav hududlarning shakllanishi va o‘zgarish jarayoni tarixiy-geografik jihatdan davrlashtirilgan va tegishli siyosiy geografik jarayonlarni yuzaga keltirgan omillar aniqlangan;
konseptual «MES anklavlar uchburchagi» modeli asosida «submilliy anklav» tushunchasi So‘x anklavining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirilgan, mohiyati va olti tomonlama vektorli siyosiy-hududiy munosabatlar tizimi asoslangan;
Markaziy Osiyoning to‘liq anklav/eksklav – So‘x, Vorux, Shohimardon, Sarvak, Cho‘ng‘ara, Jangail, Barak, Qayrag‘och hududlari nomining etimologiyasi tarixiy, semantik, lingvistik, lug‘aviy-geografik jihatdan aniqlashtirilgan hamda ushbu nomlarning tabiiy va ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda tasnifi ishlab chiqilgan;
tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda Markaziy Osiyodagi anklav/eksklav hududlarning ixtisoslashuvi aniqlangan hamda mintaqa davlatlarining o‘zaro integratsiya jarayonlari yangi davr nuqtai nazaridan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Osiyodagi anklav/eksklav hududlarni iqtisodiy geografik va siyosiy geografik o‘rganishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va xulosalar asosida:
Anklav/eksklav hududlarni shakllantiruvchi va yo‘qolib ketishiga ta’sir etuvchi, geosiyosiy va geoiqtisodiy muammolarni yuzaga keltiruvchi hamda tasniflashga asos bo‘luvchi omillar orqali takomillashtirilgan metodologiyasi «Siyosiy geografiya» nomli darslikka singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyul, 233-sonli buyrug‘i. Guvohnoma №233-0357). Natijada, talabalarning anklav/eksklav hududlarni shakllantiruvchi va yo‘qolib ketishiga ta’sir etuvchi hamda tasniflashga asos bo‘luvchi omillarni baholash kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatini bergan;murakkab tuzilgan bir necha tartibli anklavlarning geosiyosiy muhiti va unga ta’sir etuvchi bosh omil nuqtai nazaridan integratsion, entik va diniy, hududiy va ijtimoiy kabi ishlab chiqilgan modellari «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya metologiyasi» nomli darslikka singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-may, 237-sonli buyrug‘i Guvohnoma №233-0357). Natijada, magistrantlarning bir necha tartibli anklavlar yoki «matryoshka» tipidagi anklavlarning «integratsion», «etnik va diniy», «hududiy va ijtimoiy» omillar asosida mavjud bo‘lish modellari haqidagi ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini bergan;
Markaziy Osiyoda anklav/eksklav hududlarning shakllanishi va o‘zgarish jarayoni tarixiy-geografik jihatdan davrlashtirilgan hamda tegishli siyosiy geografik jarayonlarni yuzaga keltirgan omillarning aniqlanganligi Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarining delimitatsiya-demarkatsiya jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligining 2023-yil 24-fevraldagi №01-19/7231-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Osiyoni tinchlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik makoniga, o‘zaro chegaralarni esa do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ko‘prigiga aylantirish imkonini bergan;
konseptual «MES anklavlar uchburchagi» modeli asosida submilliy anklav tushunchasi So‘x anklavining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirilgan, mohiyati va olti tomonlama vektorli siyosiy-hududiy munosabatlar tizimining asoslanganligi «Siyosiy geografiya» nomli darslikka singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyul, 233-sonli buyrug‘i. Guvohnoma №233-0357). Natijada, talabalarda submilliy anklav tushunchasining mohiyati va olti tomonlama siyosiy-hududiy jarayonlar tizimi bilan bog‘liq vektorli munosabatlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini bergan;
Markaziy Osiyoning to‘liq anklav/eksklav – So‘x, Vorux, Shohimardon, Sarvak, Cho‘ng‘ara, Jangail, Barak, Qayrag‘och hududlarining etimologiyasi tarixiy, semantik, lingvistik, lug‘aviy-geografik jihatdan takomillashtirilgan hamda tabiiy va ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda tasnifining ishlab chiqilganligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligida anklav/eksklav hududlarning geografik nomlanishini aniqlashtirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligining 2023-yil 24-fevraldagi №01-19/7231-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Osiyodagi anklav/eksklav hududlar bilan bog‘liq mintaqaviy siyosatga oid dasturlarini takomillashtirish imkonini bergan;
tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda Markaziy Osiyodagi anklav/eksklav hududlarning ixtisoslashuvi aniqlangan hamda mintaqa davlatlarining o‘zaro integratsiya jarayonlari yangi davr nuqtai nazaridan asoslanganligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan Markaziy Osiyo anklav/eksklav hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligining 2023-yil 24-fevraldagi №01-19/7231-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, anklav/eksklav hududlar bilan bog‘liq davlatlararo munosabatlar tizimini takomillashtirish imkonini bergan.