Absoatov Ulug‘bek Kodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kontekstli-empirik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3315.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Rejametova Iroda Ikramshikovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kontekstli-empirik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini kontekst-empirik yondashuv vositasida rivojlantirish imkoniyatlari ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga effektiv moslashtirish hamda intellektual faollik darajasini oddiydan murakkabga oshirib borishga yo‘naltirilgan ijodiy-rivojlantiruvchi, mantiqiy-o‘yinli topshiriqlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish modeli vaziyatli kontekstni xotirada saqlash barqarorligini ta’minlash, kasbiy kompetensiyalarni real hayotiy maqsadlarga yo‘naltirish, didaktik jarayonlar mazmunini milliy qadriyatlarga moslashtirish hamda kasbiy faoliyat vektorini dinamik oshirib borishda madaniy kompetensiyalar uyg‘unligini ta’minlashga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligining rivojlantirish texnologiyalari ta’limning uzluksizligi va izchilligi, nostandart topshiriqlarni bajarishda interaktiv munosabatlar produktivligi hamda o‘quv-bilish faoliyatining kasbiy konteksti va ta’lim olish motivi yaxlitligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish jarayoni axborotni modellashtirish, statistik qayta ishlash, mutaqil faoliyatni rag‘batlantirish, diduktiv mulohaza yuritish, ratsional fikrlash hamda shaxsiy xususiyatlarning tipologik va individual xossalari dinamik o‘zgaruvchanligini sub’ekt-sub’ekt munosabatlari pragmatikligiga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kontekstli-empirik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini kontekst-empirik yondashuv vositasida rivojlantirish imkoniyatlari ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga effektiv moslashtirish hamda intellektual faollik darajasini oddiydan murakkabga oshirib borishga yo‘naltirilgan ijodiy-rivojlantiruvchi, mantiqiy-o‘yinli topshiriqlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-123 raqamli “Fanlardan multimediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli grant dorasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-fevraldagi 02-07-328/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilardan kasbiy kompetentligini rivojlantirishga pedagogik imkoniyatlar kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish modeli vaziyatli kontekstni xotirada saqlash barqarorligini ta’minlash, kasbiy kompetensiyalarni real hayotiy maqsadlarga yo‘naltirish, didaktik jarayonlar mazmunini milliy qadriyatlarga moslashtirish hamda kasbiy faoliyat vektorini dinamik oshirib borishda madaniy kompetensiyalar uyg‘unligini ta’minlashga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-fevraldagi 02-07-328/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilardan kasbiy kompetentligini rivojlantirishga pedagogik imkoniyatlar kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligining rivojlantirish texnologiyalari ta’limning uzluksizligi va izchilligi, nostandart topshiriqlarni bajarishda interaktiv munosabatlar produktivligi hamda o‘quv-bilish faoliyatining kasbiy konteksti va ta’lim olish motivi yaxlitligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-123 raqamli “Fanlardan multimediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli grant dorasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-fevraldagi 02-07-328/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilardan kasbiy kompetentliligini rivojlantirishga pedagogik imkoniyatlar kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish jarayoni axborotni modellashtirish, statistik qayta ishlash, mutaqil faoliyatni rag‘batlantirish, diduktiv mulohaza yuritish, ratsional fikrlash hamda shaxsiy xususiyatlarning tipologik va individual xossalari dinamik o‘zgaruvchanligini sub’ekt-sub’ekt munosabatlari pragmatikligiga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 14-fevraldagi 02-07-328/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilardan kasbiy kompetentliligini rivojlantirishga pedagogik imkoniyatlar kengaytirilgan.