Nurmatov Abdumannop Abduvaxobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3011.
Ilmiy rahbar: Medetova Raushan Mamadiyarovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor, Djurayev Dusmurod Uralovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirish imkoniyatlari subyektiv munosabatlarning umuminsoniy qadriyatlarga yo‘naltirilganligi, hayotiy faoliyatni ichil barqarorlashtirish, shaxs vaqtining tarkibi va madaniy dunyoqarashning uyg‘unligini ta’minlash hamda umuminsoniy madaniyat va pedagogik qadriyatlarni o‘z faoliyatiga tadbiq etish indikatorlarini bosqichma-bosqich aniqlash asosida rivojlantirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik faoliyatini rivojlantirish modeli kasbiy xulq-atvor mazmuni va barqarorligini oddiydan murakkabga qarab dinamik ravishda oshirib borish, shaxsiy mualliflik, kasbiy faoliyat darajalarini belgilash hamda pedagogik faoliyatga tayyorlashning xarakatlar, fikriy, usullar, mualliflik ko‘rsatgichlari darajasini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash, o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratishni texnologik jihatdan ta’minlash, tabaqalashtirilgan ta’lim mazmuni, uning shakllari, metodlarini belgilash hamda refleksiya, interaktivlik, loyihachilikka tayanish, shaxsiy o‘z-o‘zini rivojlantirish, kasbiy xulq-atvor va faoliyat subyekti sifatida namoyon etish qobiliyatini bosqichma-bosqich aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik faoliyatini rivojlantirish samaradorligi o‘z-o‘zini rivojlantirishga moyil pedagogik mikromuhitni shakllantirish va texnologik jihatdan ta’minlash, hamda shaxsiy-refleksiv va shaxsiy-motivatsion yo‘nalganlik traektoriyasini ta’lim maqsadlarining vektorli funksiyalariga integrativ sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirish mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirish imkoniyatlari subyektiv munosabatlarning umuminsoniy qadriyatlarga yo‘naltirilganligi, hayotiy faoliyatni izchil barqarorlashtirish, shaxs vaqtining tarkibi va madaniy dunyoqarashning uyg‘unligini ta’minlash hamda umuminsoniy madaniyat va pedagogik qadriyatlarni o‘z faoliyatiga tadbiq etish indikatorlarini bosqichma-bosqich aniqlash asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot institutida bajarilgan FZ-2016-0909111822-raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 27-fevraldagi 02-07-731/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchini pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishning tarkibini va shakllarini aniqlash imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik faoliyatini rivojlantirish modeli kasbiy xulq-atvor mazmuni va barqarorligini oddiydan murakkabga qarab dinamik ravishda oshirib borish, shaxsiy mualliflik, kasbiy faoliyat darajalarini belgilash hamda pedagogik faoliyatga tayyorlashning xarakatlar, fikriy, usullar, mualliflik ko‘rsatkichlari darajasini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-0906164153-raqamli “Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 27-fevraldagi 02-07-731/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ta’lim-tarbiya jarayonida bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik faoliyatining rivojlanish bosqichlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash, o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratishni texnologik jihatdan ta’minlash, tabaqalashtirilgan ta’lim mazmuni, uning shakllari, metodlarini belgilash hamda refleksiya, interaktivlik, loyihachilikka tayanish, shaxsiy o‘z-o‘zini rivojlantirish, kasbiy xulq-atvor va faoliyat sub’yekti sifatida namoyon etish qobiliyatini bosqichma-bosqich aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FZ-2016-0909111822-raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat’’ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 27 fevraldagi 02-07-731/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik faoliyati darajalarini farqlash mexanizmlarini ishlab chiqishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik faoliyatini rivojlantirish samaradorligi o‘z-o‘zini rivojlantirishga moyil pedagogik mikromuhitni shakllantirish va texnologik jihatdan ta’minlash, hamda shaxsiy-refleksiv va shaxsiy-motivatsion yo‘nalganlik traektoriyasini ta’lim maqsadlarining vektorli funksiyalariga integrativ sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-0906164153- raqamli “Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 27-fevraldagi 02-07-731/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ta’lim-tarbiya jarayonida bo‘lajak o‘qituvchini pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishning tarkibini va shakllarini aniqlashga sharoit yaratilgan.