Kabulniyazova Gulchexra Toshpulatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fridrix Nisshe va Anri Bergson “hayot falsafasida” inson muammosi”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fal159.
Ilmiy maslahatchi: Ruzmatova Gulnoz Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O’zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O’zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyar Raxmanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Shodiyev Kurbon Badriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Mamatov Mamajon Axmadjonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Fridrix Nisshe va Anri Bergsonning “hayot falsafasida” inson muammosining ijtimoiy-axloqiy, gnoseologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi zamonda texnogen sivilizatsiyaning shiddatkor jadallashuvi tufayli insoniy begonalashuv jamiyat ma’naviy inqirozida, ekologik muammolar rivojida, hayotning qadrsizlanishida, mehr-oqibat munosabatlarini yo’qolishida namoyon bo’lishi Nisshe va Bergson g‘oyalari bilan hamohangligi isbotlangan;
su’niy intellekt dasturini yaratilishi inson tafakkuridagi ijodiy qobiliyatni so’nib borishiga va ongning dogmatik qoliplarga tushib qolishidan himoya qilishda Bergson ta’limotidagi intellekt, intuisiya, hayotiy jo’shqinlik, spontan obrazli xotira kabi g‘oyalari inson faoliyatini tizimli ijobiy tashkil etish va uning ijodiy qobiliyatini namoyon qilish muammolarining yechimi ekanligi ochib berilgan;
Nisshe va Rumiyning iroda erkinligiga oid g‘oyalarining umumiy jihatlari inson qalbidagi muhabbat, ezgulik, adolat, yaxshilik, sobitqadamlik va o’ziga ishonch kabi tuyg‘ular kelajak avlodni ruhiy ko’tarinki pozisiyasini mustahkamlash va shu asosda milliy mafkuramiz nazariy asoslarini boyitishi dalillangan;
Nisshening “hayot falsafasidagi” iroda erkinligi, ruhiy kuch, hokimiyatga intilish irodasi kabi tushunchalarining ahloqiy jihatlari jamiyatimizning ma’naviy qadriyatlarining gumanistik tabiatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi axloqiy-konseptual jihatdan isbotlangan.
buyuk alloma Beruniyning qiyosiy taqqoslash uslubi sharq va g‘arb madaniyatlarining merosida bir biriga yaqin bo’lgan falsafiy g‘oyalar va gumanistik qadriyatlar uyg‘unligi “Millatlararo munosabatlar sohasida O’zbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasi”da kuzda tutilgan vazifalarga muvofiq kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fridrix Nisshe va Anri Bergson hayot falsafasida inson muammosini ilmiy–falsafiy tadqiq etish asosida:
hozirgi zamonda texnogen sivilizatsiyaning shiddatkor jadallashuvi tufayli insoniy begonalashuv jamiyat ma’naviy inqirozida, ekologik muammolar rivojida, hayotning qadrsizlanishida, mehr-oqibat munosabatlarini yo‘qolishida namoyon bo‘lishi Nisshe va Bergson g‘oyalari bilan hamohongligiga oid taklif va tavsiyalardan “Falsafiy antpropologiya (g‘arb va sharq falsafasida antropologik qarashlarning qiyosiy tahlili asosida)” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 22 dekabrdagi 4-son qaroriga asosan 20 raqamli ruxsatnomasi). Natijada, mazkur o‘quv qo‘llanmalar Fridrix Nisshe va Anri Bergsonning hayot falsafasiga oid ilmiy ma’lumotlar bilan boyigan;
su’niy intellekt dasturini yaratilishi inson tafakkuridagi ijodiy qobiliyatni so’nib borishiga va ongning dogmatik qoliplarga tushib qolishidan himoya qilishda Bergson ta’limotidagi intellekt, intuisiya, hayotiy jo’shqinlik, spontan obrazli xotira kabi g‘oyalari inson faoliyatini tizimli ijobiy tashkil etish va uning ijodiy qobiliyatini namoyon qilish muammolarining yechimiga oid ilmiy yangiliklardan O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston tarixi” telekanalida 2021 yilda efirga uzatilgan Abu Ali Ibn Sino ijodiga bag‘ishlangan ko’rsatuvning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 21 oktabrdagi 944-487-956-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar mashhur mutafakkirlar ma’naviy – axloqiy va falsafiy merosining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilgan;
Nisshe va Rumiyning iroda erkinligiga oid g‘oyalarining umumiy jihatlari inson qalbidagi muhabbat, ezgulik, adolat, yaxshilik, sobitqadamlik va o’ziga ishonch kabi tuyg‘ular kelajak avlodni ruhiy ko’tarinki pozisiyasini mustahkamlash va shu asosda milliy mafkuramiz nazariy asoslarini boyitishiga oid ilmiy yangiliklardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o’tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 20-oktabrdagi 02-22/359-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar targ‘ibot materiallarini ilmiy faktik ma’lumotlar bilan boyishiga imkon yaratgan;
Nisshening “hayot falsafasidagi” iroda erkinligi, ruhiy kuch, hokimiyatga intilish irodasi kabi tushunchalarining ahloqiy jihatlari jamiyatimizning ma’naviy qadriyatlarining gumanistik tabiatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi axloqiy-konseptual jihatdan ahamiyatga ega ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi faoliyatida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasining 2022 yil 7-noyabrdagi 14-07-1934-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar mashhur mutafakkir Fridrix Nisshening ma’naviy-axloqiy va falsafiy merosining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilgan;
buyuk alloma Beruniyning qiyosiy taqqoslash uslubi sharq va g‘arb madaniyatlarining merosida bir biriga yaqin bo’lgan falsafiy g‘oyalar va gumanistik qadriyatlar uyg‘unligi “Millatlararo munosabatlar sohasida O’zbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasi”da kuzda tutilgan vazifalarga muvofiq kelishiga oid xulosalardan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining o’quv-uslubiy ishlarida foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy – tadqiqot markazining 2023 yil 6-martdagi 02/369-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar yoshlarning ijodiy va kasbiy faoliyatini ta’minlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, ruhiy va ma’naviy olamini boyishiga xizmat qilgan.