Ikramova Iroda Rixsivayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ibn Rushd “Ikki haqiqat” konsepsiyasining falsafiy tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal453.
Ilmiy rahbar: Ruzmatova Gulnoz Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjayeva Shaxnoza Saitmatmobovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Xolmo‘minov Ja’far Muxammadiyevich, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ibn Rushd “Ikki haqiqat” ta’limotining falsafiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ibn Rushd “Ikki haqiqat” konsepsiyasida Haqiqat yagonaligini isbotlash bilan birga uning ikki usuli din va falsafa aloqadorligiga undovchi diniy-falsafiy qarashlari majmui madaniyatlararo muloqot, diniy bag‘rikenglik kontekstida zamonaviy jamiyat xarakteriga mosligi asoslangan;
Ibn Rushd tomonidan adolat, bag‘rikenglik, ilmga muhabbat va diniy ma’rifatga undovchi komillik mezonlari tizimi (integratsiya, unifikatsiya, global dunyoni raqamlashtirish dinamikasining o‘sishi) globallashuv jarayonida yoshlarni diniy ekstrimizm, aqidaparastlik, terrorizm kabi buzg‘unchilikka asoslangan mafkuraviy tahdidlar ta’siriga qarshi kurashda substansional asosga ega ekanligi falsafiy jihatdan isbotlangan;
Ibn Rushd “Kitab Fasl al-maqāl va tarqiq ma bayna ash-shari’a va al-hikma min al-ittisal” asarida ilgari surilgan “falsafa va din” hamda “shariat va aql” aloqadorligiga asoslangan konsepsiyasi qarama-qarshi tomonlarning yakdillikka erishishi uchun zamin yaratib beruvchi dunyoviy mamlakatda “irratsionalizm va ratsionalizm” hamda “diniylik va dunyoviylik” uyg‘unligi g‘oyasining genezisi ekanligi mantiqan asoslangan;
“Ikki haqiqat” konsepsiyasidagi imon, e’tiqod hamda bilim, aql bog‘liqligi g‘oyasining ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi amaliy ahamiyati, dinlar va madaniyatlarning hamjihatligida, tinchlik va totuvlikni mustahkamlashda diniy ma’rifat va ilm-fanning o‘zaro aloqadorligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ibn Rushd “Ikki haqiqat” konsepsiyasi falsafiy tahlilining amaliy ahamiyati bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Ibn Rushd “Ikki haqiqat” konsepsiyasida Haqiqat yagonaligini isbotlash bilan birga uning ikki usuli din va falsafa aloqadorligiga undovchi diniy-falsafiy qarashlari majmui madaniyatlararo muloqot, diniy bag‘rikenglik kontekstida zamonaviy jamiyat xarakteriga mosligi kabi xulosa va metodologik tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 8 fevraldagi 06-31-212-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning Ibn Rushd falsafiy dunyoqarashi, uning diniy qadriyatlarga munosabati, ularning haqiqat yagonaligi borasidagi qarashlariga doir ilmiy-tarixiy bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Ibn Rushd tomonidan adolat, bag‘rikenglik, ilmga muhabbat va diniy ma’rifatga undovchi komillik mezonlari tizimi (integratsiya, unifikatsiya, global dunyoni raqamlashtirish dinamikasining o‘sishi) globallashuv jarayonida yoshlarni diniy ekstrimizm, aqidaparastlik, terrorizm, kabi buzg‘unchilikka asoslangan mafkuraviy tahdidlar ta’siriga qarshi kurashda substansional asosga ega ekanligiga doir xulosa va tavsiyalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan yillik rejaga muvofiq o‘tkazilgan davra suhbatlari hamda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda foydalanilib, ko‘zlangan samarani berdi (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 8 fevraldagi 01-07/20-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalari globallashuv jarayonida jamiyatda din va ilm-fan bog‘liqligi borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mohiyatini chuqur anglash, yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga xizmat qilgan;
Ibn Rushd “Kitab Fasl al-maqāl va tarqiq ma bayna ash-shari’a va al-hikma min al-ittisal” asarida ilgari surilgan “falsafa va din” hamda “shariat va aql” aloqadorligiga asoslangan konsepsiyasi qarama-qarshi tomonlarning yakdillikka erishishi uchun zamin yaratib beruvchi dunyoviy mamlakatda “irratsionalizm va ratsionalizm” hamda “diniylik va dunyoviylik” uyg‘unligi g‘oyasining genezisi ekanligiga oid ilmiy xulosalari natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi nomli ensiklopediyasi”ni tayyorlashda hamda markaz tomonidan amalga oshirilgan davra suhbatlarini o‘tkazishda, targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 2 martdagi 02/100-son ma’lumotnomasi). Natijada, buyuk mutafakkur olimlarning ma’naviy merosini falsafiy, diniy jihatdan o‘rganib tadqiq etishda va falsafiy g‘oyalarni anglashda muhim ahamiyat kasb etdi;
“Ikki haqiqat” konsepsiyasidagi imon, e’tiqod hamda bilim, aql bog‘liqligi g‘oyasining ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi amaliy ahamiyati, dinlar va madaniyatlarning hamjihatligida, tinchlik va totuvlikni mustahkamlashda diniy ma’rifat va ilm-fanning o‘zaro aloqadorligi borasidagi xulosa va amaliy takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IX yo‘nalishida belgilangan turli mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 9 fevraldagi 02-22/99-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ibn Rushdning “Ikki haqiqat” ta’limoti globallashuv sharoitida dunyo miqyosida e’tiqod va aql uyg‘unligi borasidagi diniylik va dunyoviylik mutanosibligi g‘oyalarini targ‘ib etishga xizmat qilgan.