Razzoqov Qosimbek Quvanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hindistonda tasavvuf ta’limotining yoyilishi (Chishtiya tariqati misolida)”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal1306.
Ilmiy rahbar: Karimov Rahmat Raxmonovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Navruzova Gulchehra Nigmatovna, falsafa fanlari doktori, professor; Xolmo‘minov Ja’far Muxammadiyevich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tasavvuf ta’limotining Hindistonda keng yoyilgan Chishtiya tariqatining falsafiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tasavvuf ta’limotidagi insoniylik, bag‘rikenglik, ijtimoiy mas’uliyat g‘oyalarining jamiyat hayotida ijtimoiy-madaniy jarayonlar beqarorligini keltirib chiqaruvchi antigumanistik, kosmopolitizm va befarqlik illatlari ta’sirining oldini olish hamda tarbiya kontekstida yoshlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda tarixiy voqelikni aks ettirganligi sababli substansional asosga ega ekanligi ochib berilgan;
Chishtiya tariqatida bag‘rikenglik va insonparvarlik, komil inson g‘oyasining botiniy va zohiriylik uyg‘unligi bugungi davr ruhiga, an’anaviylik va zamonaviylikka mosligi, tana va ruh birligi axloq shakllanishining asosi ekanligiga oid ilg‘or g‘oyalar mavjudligi germenevtik jihatdan asoslangan;
Chishtiya ta’limoti namoyandalari Abu Ishoq, Muhyiddin Chishtiy, Nizomiddin Avliyo, Xusrav Dehlaviyning qarashlarida jamiyat va shaxs munosabatlarida murosa va madora falsafasi, tariqat rivojining g‘oyaviy evolyusiyasining jamiyat rivojiga ta’sir etishdagi konstruktiv ahamiyati ochib berilgan;
jamiyat stratifikatsion tizimida buzg‘unchi g‘oyalar va soxta salafiy oqimlar ta’sirida shakllanayotgan axloqsizlik hamda “ommaviy madaniyat” xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishda Chishtiya tariqatida ilgari surilgan amaliy axloqqa oid erkparvarlik, vatanparvarlik kabi tamoyillar, makon va zamonga bog‘liq ijtimoiy-axloqiy qarashlar va tarbiyaga qaratilgan ma’naviy-irfoniy tavsiyalardan foydalanish zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hindistonda Chishtiya tariqatining vujudga kelishi va yoyilish jarayonlari mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
tasavvuf ta’limotidagi insoniylik, bag‘rikenglik, ijtimoiy mas’uliyat g‘oyalarining jamiyat hayotida ijtimoiy-madaniy jarayonlar beqarorligini keltirib chiqaruvchi antigumanistik, kosmopolitizm va befarqlik illatlari ta’sirining oldini olish hamda tarbiya kontekstida yoshlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda tarixiy voqelikni aks ettirganligi sababli substansional asosga ega ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot t adbirlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatini oldini olish”, 26-bandi “Jamiyatda radikallashuv jarayonlari kuchayishining oldini olish, yoshlar ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga qaratilgan turli xil harakatlarga qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilash va amalga oshirish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 10 martdagi 02-22-206-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, va tavsiya mamlakatimizda Chishtiya tariqatining bag‘rikenglik va insonparvarlik g‘oyalarining ijtimoiy-axloqiy ahamiyatini tahlil qilish, tariqatning inson ma’naviy kamolotida tutgan o‘rniga baho berish bilan birgalikda yangi O‘zbekiston yoshlariga ahloqiy ahamiyatini tushuntirishga xizmat qilgan;
Chishtiya tariqatida bag‘rikenglik va insonparvarlik, komil inson g‘oyasining botiniy va zohiriylik uyg‘unligi bugungi davr ruhiga, an’anaviylik va zamonaviylikka mosligi, tana va ruh birligi axloq shakllanishining asosi ekanligiga oid ilg‘or g‘oyalar mavjudligi germenevtik jihatdan asoslanganligi borasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022 yil mart va iyun oylaridagi “Jahon adabiyoti”, “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 6 iyuldagi 04-36-1076-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosalar xalqimiz ma’naviy merosini, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini targ‘ib etishda, insonlar o‘rtasida bag‘rikenglik va insonparvarlik tushunchalariga doir konstruktiv g‘oyalar, metodologik tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Chishtiya ta’limoti namoyandalari Abu Ishoq, Muhyiddin Chishtiy, Nizomiddin Avliyo, Xusrav Dehlaviyning qarashlarida jamiyat va shaxs munosabatlarida murosa va madora falsafasi, tariqat rivojining g‘oyaviy evolyusiyasining jamiyat rivojiga ta’sir etishdagi konstruktiv (bunyodkorlik) ahamiyatiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi”ning millatlararo va konfessiyalar hamjihatlikka targ‘ib qiluvchi turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini, shuningdek, “Hindiston-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati bilan o‘zaro hamkorlikda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuvlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022 yil 25 martdagi 14-07-446-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar qo‘mitaning keng aholi o‘rtasida hamjihatlik, o‘zaro hurmat, jamiyatda kishilar o‘rtasida murosa yo‘lini tutish munosabatini rivojlantirishga oid ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jamiyat stratifikatsion tizimida buzg‘unchi g‘oyalar va soxta salafiy oqimlar ta’sirida shakllanayotgan axloqsizlik hamda “ommaviy madaniyat” xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishda Chishtiya tariqatida ilgari surilgan amaliy axloqqa oid erkparvarlik, vatanparvarlik kabi tamoyillar, makon va zamonga bog‘liq ijtimoiy-axloqiy qarashlar va tarbiyaga qaratilgan ma’naviy-irfoniy tavsiyalardan foydalanish zaruriyatiga asoslangan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot jarayonida foydalanilgan. Jumladan, joylarda “Jaholatga qarshi – ma’rifat”, “Ajdodlar merosining barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni”, “Biz yot g‘oyalar va axborot xurujlariga qarshimiz”, “Axborot xurujlari va yot g‘oyalarning jamiyatga salbiy ta’siri” kabi targ‘ibot faoliyati doirasida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va davra suhbatlarini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2023 yil 22 fevraldagi 0284-son ma’lumotnomasi). Natijada, global axborot makoni ta’sirida milliy mentalitetimiz, milliy qadriyatlarimiz, azaliy an’ana va urf-odatlarimizning qadrini oshirish, barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qiladigan g‘oyaviy tarbiya mexanizmini kuchaytirish uchun nazariy va metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan.