Kenjayeva Xilola Azizxodjayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faolligini oshirish uslubiyati”. Ixtisoslik shifri 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped/2321.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Ilmiy Kengash raqami: DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Xolmurodov Laziz Zarifboyevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Usmanxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; A’zamova Malohat Nadjimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi harakat faolligini oshirish uchun ishlab chiqilgan maxsus vositalar (“Salomatlik yo‘lakchasi”, “Quvnoq qadamlar”, “Shaklga moslash”, “Skuter-balans”) yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarda yassioyoqlikni oldini olishga qaratilgan “Salomatlik yo‘lakchasi” texnologiyasi va unda bajariladigan ahil paylarni cho‘zishga ko‘maklashuvchi (“teruvchi”, “rassom” kabi) jismoniy mashqlarini kiritish hisobiga to‘g‘ri qomatni shakllantirish imkoniyati oshirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda kam harakatlilikni oldini olish va oyoqda joylashgan faol nuqtalarga ijobiy ta’sir (plantografiya orqali) ko‘rsatishga qaratilgan “Quvnoq qadamlar” texnologiyasini o‘yin va sayr vaqtida qo‘llash hisobiga bolalarda mayda motorikani rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning muvozanat saqlashi hamda harakat aniqligini rivojlantirishga yordam beradigan “Skuter-balans” texnologiyasida “Qutqaruvchilar”, “Tayanib yurish”, “Baliq ovi”, “Labirint” kabi mashqlarni qo‘llash hisobiga vestibulyar apparati, harakat faolligini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda harakat koordinatsiyasini yaxshilash, harakatlarni aniq bajarish, tez qaror qabul qilishga qaratilgan “Shaklga moslashish” texnologiyasini mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga bolalarda sensomotorika hamda harakat faolligi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarda yassioyoqlikni oldini olishga qaratilgan “Salomatlik yo‘lakchasi” texnologiyasi va unda bajariladigan ahil paylarni cho‘zishga ko‘maklashuvchi (“teruvchi”, “rassom” kabi) jismoniy mashqlarini kiritish hisobiga to‘g‘ri qomatni shakllantirish imkoniyatini oshirish bo‘yicha mashqlar majmuasi «Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya va sport» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-028-raqamli guvohnomasi). Natijada 5-7 yoshli bolalarda jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari - 5,10% ga rivojlanganligi kuzatilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda kam harakatlilikni oldini olish va oyoqda joylashgan faol nuqtalarga ijobiy ta’sir (plantografiya orqali) ko‘rsatishga qaratilgan “Quvnoq qadamlar” texnologiyasini o‘yin va sayr vaqtida qo‘llash hisobiga bolalarda mayda motorikani rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya va sport» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-028-raqamli guvohnomasi). Natijada 5-7 yoshli bolalarda jismoniy ko‘nikma va malakalari 10,10% ga takomillashgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning muvozanat saqlashi hamda harakat aniqligini rivojlantirishga yordam beradigan “Skuter-balans” texnologiyasida “Qutqaruvchilar”, “Tayanib yurish”, “Baliq ovi”, “Labirint” kabi mashqlarni qo‘llash hisobiga vestibulyar apparati, harakat faolligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 25 oktabrdagi 06-01/06/13/7094-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bo‘yicha bolalarning jismoniy mashqlarga qiziqtirish samaradorligi 13,7%ga oshirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda harakat koordinatsiyasini yaxshilash, harakatlarni aniq bajarish, tez qaror qabul qilishga qaratilgan “Shaklga moslashish” texnologiyasi va unda bajariladigan mashqlarni mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga bolalarda sensomotorika hamda harakat faolligi takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 25 oktabrdagi 06-01/06/13/7094-son ma’lumotnomasi). Natijada 5-7 yoshli bolalarda harakat faolligi - 10,05%ga yaxshilanishiga erishilgan.