Husanxo‘jayev Obidxon Mamutovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik terminlarning semantik-struktur va lingvopoetik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil.2723.
Ilmiy rahbar: Usmonova Huriniso Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Sharifa Madaliyevna, filologiya fanlari doktori, professor; Tojiyev Alimjon Mo‘ydinovich, filologiya fanlari nomzodi dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik terminologiyaning til sistemasida tutgan o‘rni, o‘zbek tili “pedagogik terminlari” terminologik maydonining leksik-semantik xususiyatlari, o‘zbek tilidagi pedagogik terminosistemasining boyish manbalari, semantik va struktur xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi pedagogik terminologiya maydoni o`z ichida mikromaydonlarga, mikromaydonlar leksik-semantik guruhlarga bo‘linishining motivatsion-struktur hamda semantik-uslubiy o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan;
o‘zbek tilidagi pedagogik termin – eponimlarning bir so`z yoki bir necha so`zlardan iborat bo`lgan komponentli birikmalarning semantik-sintaktik shakllanishi va ular ifodalagan ma`no va mazmun-mohiyatning turli ma`noviy-mazmuniy qirralari o‘ziga xos yo‘l va usullari aniqlangan;
o‘zbek tilidagi pedagogikaga oid terminlar maydonida leksik-semantik munosabatning assotsiativ, giponimik, sinonimik, antonimik, omonimik kabi turlarda namoyon bo‘lishi, ulardagi lingvistik o`ziga xoslik hamda shu assotsiatsiyaning tildagi eng fundamental paradigmatik munosabat sifatida alohidalikni tashkil etishi, semantik-sintaktik jihatdan struktur birlashuvchi funksional bir butun birlik ekanligi dalillangan;
o‘zbek tili pedagogik terminosistemasida katta qismni tashkil etadigan ko‘p komponentli birikma terminlarni ixchamlashtirish, ayrim xorijiy terminlarning o‘zbekcha muqobillarini amaliyotga qo`llash samaradorligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi pedagogik terminlarining lisoniy xususiyatlarini o‘rganish asosida:
o‘zbek tilidagi pedagogik terminologiya maydoni uni tashkil etuvchi mikromaydonlarga, mikromaydonlar leksik-semantik guruhlarga bo‘linishi, pedagogik terminlar tarkibida eponim-terminlarning alohida o‘ringa ega ekanligi ko‘rsatib berilgan o‘rinlardan, o‘zbek tilidagi pedagogik terminlaming badiiy matnda qo‘llanishi hamda lingvopoetik xususiyatlarini yoritish yo‘llari haqidagi fikrlardan hamda o‘zbek tilidagi “pedagogik” terminologik maydonning lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berish xususidagi xulosalar hamda terminlarga berilgan izohlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2012-2016 yillarda olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (“Funksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazike”), FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obyekti sifatida” (2017-2020 yy.) mavzularidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 26-apreldagi 17.01/60-son ma’lumotnomasi). Natijada amalga oshirilgan loyiha ishlarining terminlar lingvistik jihatdan tahlilga tortilgan, ularni tasnifi bo‘yicha yondashuvlar, ularning adabiy tildagi o‘rni, terminlarning badiiy matndagi lingvopoetik xususiyatlari, ularning milliy-ma’naviy, ijtimoiy-tarixiy ildizlari tilning milliy tabiati bilan uzviy aloqada ekanligiga doir o‘rinlari yangi fikrlar bilan boyitilgan;
tilshunoslikdagi semantik maydon nazariyasiga suyangan holda o‘zbek tili pedagogik terminologik maydonini tadqiq etish haqidagi, o‘zbek tili pedagogik terminologiyasining boyish manbalari va struktural-yasalish xususiyatlarini yoritish hamda o‘zbek tili pedagogik terminlari tarkibida eponim-terminlarning alohida o‘ringa ega ekanligi ko‘rsatib berilgan o‘rinlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (“Funksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazike”), FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obyekti sifatida” mavzularidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 26-apreldagi 17.01/60-son dalolatnomasi). Natijada pedagogik terminlarning lingvistik jihatdan tahlil qilish bo‘yicha o‘ziga xos yondashuvlar, ularning atama va terminlik belgilari haqidagi fikrlar boyitilib, ularning tuzilish strukturasidagi hosil bo‘lish jarayonlari aniqlashtirilgan;
o‘zbek tilidagi pedagogik terminologiya maydonida leksik-semantik munosabatning assotsiativ, giponimik, sinonimik, antonimik, omonimik kabi turlari namoyon bo‘lishi, ammo assotsiatsiya tildagi eng fundamental munosabat sifatida alohida o‘rin tutishi xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida efirga uzatilgan “Til ziynati”, “Zamonaviy ta’lim” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2021-yil 16-iyundagi 01-15/119-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ssenariylar mazmunan boyitilgan, ularning ilmiy asoslanganligi hamda ommabopligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish