Kurbanova Feruza Ilxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xurshid Do‘stmuhammad asarlarida badiiy psixologizm va majoz tadriji”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2193.
Ilmiy rahbar: To‘rayev Damin, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Shavkat Axadovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xurshid Do‘stmuhammadning asarlarida badiiy psixologizm va majoz tadriji, milliy nasrning taraqqiyot tendensiyalaridan ayrimlarini tayin etish hamda uning milliy adabiyotdagi istiqbol tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xurshid Do‘stmuhammad asarlarida badiiy psixologizmning tarixiy asoslari – genezisi xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyotimiz, jadid adabiyoti hamda g‘arb adabiyotining so‘nggi yutuqlarini o‘zida badiiy sintez qilganligi, badiiy psixologizm va majoz tadriji jahon adabiyoti bilan mushtarakligi isbotlanib, yozuvchi nasrida badiiy psixologizm takomilining tadriji ko‘rsatilgan;
ijodkorning hikoyalari, qissalari va “Bozor”, “Donishmand Sizif” romanlarida ijtimoiy muhit, dunyoning global muammolari turli munosabatlar iskanjasida qolgan zamondosh – qahramon psixologiyasini badiiy-falsafiy, real obrazlarda shakllantirish bugungi milliy nasrning asosiy xususiyatlari va fazilatlaridan biri ekanligi, inson va hayot voqeligini uyg‘unlashtirishda badiiy psixologizmning ahamiyati dalillangan;
nasrda davriy va abadiy muammolarning majoz uslubida ifodalanishi yozuvchining jahon mifologiyasidagi asotirlarga o‘z davri muammolaridan, olam va odamni idrok etish tarzidan, ilohiy-islomiy haqiqatlarni chuqur va puxta o‘rganganligidan kelib chiqqan falsafiy tafakkuri bilan bog‘liqligi, majozning tabiati aniqlangan;
yozuvchining ijodiy konsepsiyasi diniy-islomiy manbalardan oziqlangan hikmatlar ijod va so‘z erkinligining mahsuli sifatida yuzaga kelganligi, mafkura va oqimlar doirasidan xolislik maydoniga chiqa olgan bu asarlar adib ijodiy konsepsiyasini ifodalovchi adabiy poetik tamoyil darajasiga ko‘tarilganligi va majoz falsafasi aniqlanib, asarlaridagi davriy va abadiy muammolarning majoz uslubida ifodalanishi yoritilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xurshid Do‘stmuhammad asarlarida badiiy psixologizm va majoz tadriji mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
Xurshid Do‘stmuhammad asarlarida badiiy psixologizm va majoz tadrijini o‘rganish natijalari asosida:badiiy psixologizmning tarixiy asoslari – genezisi xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyotimiz, jadid adabiyoti hamda g‘arb adabiyotining so‘nggi yutuqlarini o‘zida badiiy sintez qilganligi, yozuvchi nasrida badiiy psixologizm takomilining tadrijiga oid ilmiy xulosalaridan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zRFAQQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 6-yanvardagi 18-01-06-son ma’lumotnomasi). Natijada nasr va adabiy-estetik qarashlarning uyg‘unligi, o‘zbek nasridagi badiiy psixologizm hodisasining o‘ziga xosligi va ijodkor asarlarida majozning o‘rnini aniqlash va badiiy voqelantirish, adabiyotga xos poetik omillarning ilmiy natijalarini aniqlash imkonini bergan;
Xurshid Do‘stmuhammadning hikoyalari, qissalari va “Bozor”, “Donishmand Sizif” romanlarida ijtimoiy muhit, dunyoning global muammolari turli munosabatlar iskanjasida qolgan zamondosh – qahramon psixologiyasini badiiy-falsafiy, real obrazlarda shakllantirish bugungi milliy nasrning asosiy xususiyatlari va fazilatlaridan biri ekanligi, inson va hayot voqeligini uyg‘unlashtirishda badiiy psixologizmning ahamiyatiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi tomonidan qo‘lga kiritilgan 54-10/104-raqamli (2018-2019-y.y.) loyiha ishini bajarishda muhim manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limining 2023-yil 23-yanvardagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek nasrining yangilanish tamoyillarini tadqiq etish va Xurshid Do‘stmuhammad ijodini ommalashtirish imkonini bergan;
Xurshid Do‘stmuhammadning hikoyalari, qissalari va “Bozor”, “Donishmand Sizif” romanlarida ijtimoiy muhit, dunyoning global muammolari turli munosabatlar iskanjasida qolgan zamondosh – qahramon psixologiyasini badiiy-falsafiy, real obrazlarda shakllantirish bugungi milliy nasrning asosiy xususiyatlari va fazilatlaridan biri ekanligi, inson va hayot voqeligini uyg‘unlashtirishda badiiy psixologizmning ahamiyati dalillanganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan qo‘lga kiritilgan 01-03/233-raqamli (2023-y.) loyiha ishini bajarishda muhim manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2023-yil 21-fevraldagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada yozuvchi hikoya, qissa va romanlarining yangi yo‘nalishdagi jahon romanchiligi an’analari ruhida yozilganligini, ularning o‘ziga xos tuzilishi va mundarijasi, syujet va kompozisiyasi, obrazlar tizimi, badiiy psixologizm va majoz uyg‘unligi, ijodkor dunyoqarashi va romaniy majoz tadriji, makon va zamon muammolarini hamda yozuvchi ijodiy laboratoriyasi orqali ijobiy ta’sir ko‘rsatishda munosib hissa qo‘shish imkonini bergan.