Turayeva Umida Shuxratovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ingliz va o‘zbek yuridik terminlarining chog‘ishtirma tadqiqi (leksik, morfologik, tarjima va berilish xususiyatlari asosida)”, 10.00.06. – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil 1664.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xoshimxo‘jayeva Moxirux Muzaffarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Baxriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori, professor; Otajonova Dildor Baxtiyarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari yuridik sohaga oid terminlarning lingvistik xususiyatlarini ochib berish orqali tarjima qilish usullarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilidagi yuridik terminlar Sh.Ko‘chimov tasnifiga ko‘ra huquqiy sohaning ma’muriy organlari va ularning ayrim bo‘lim nomlari, huquqiy sohada faol qo‘llaniladigan ayrim xujjat nomlari, huquqiy sohada ishlaydigan shaxslarning mansab va lavozimlari, huquqiy soha bilan aloqador shaxslarning nomlari, jinoyat turlarining nomlari kabi mavzuiy guruhlarga klassifikatsiya qilinishi asoslanib, ularning o‘zaro farqli va o‘xshash jihatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi yuridik sohaga oid terminlarning strukturaviy ko`rinishi (sodda, qo‘shma, qisqartma, birikma terminlar) aniqlanib, har ikki tildagi terminlarning derivatsion xususiyatlari statistik metod asosida ochib berilgan;
ikki tildagi yuridik terminlar yasalishi usullari aniqlangan (konversiya, suffiksatsiya, affiksatsiya, prefiksatsiya, kompozisiya usullari orqali) va ushbu usullar (suffiksatsiya, affiksatsiya) yangi yuridik sohaga oid terminlarining yasalishida mahsuldor ekanligi (215 ta ingliz tilida 53% va 159 ta o‘zbek tilida 39%) dalillangan;
terminlarning leksik-semantik munosabatlarini ochib beruvchi omillar (sinonimiya, polisemiya)ning tarjimadagi interferensiya masalalari aniqlanib, ularning berilishidagi universal va differensial xususiyatlardan kelib chiqib unifikatsiyaga (bir xillikka) erishish, me’yoriy hujjatlarni tarjima qilish jarayonida tarjimonlardan soha terminlarini o‘zbek tiliga munosib variantini tanlashga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari quyidagi sohalarda joriy etildi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi yuridik sohaga oid terminlarning struktuaviy ko`rinishi (sodda, qo‘shma, qisqartma, birikma terminlar) tahlil qilingan, har ikki tildagi terminlarning derivatsion xususiyatlari statistik metod asosida yoritib berilganligiga oid xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2018-2021-yillarda bajarilgan 574097-ERP-1-2021-1-CY-EPPA2-CBHE-JP raqamli (RUECVET) “Pilotirovanie evropeyskoy sistemi perevoda zachetnix edinis (kreditov) dlya professional`nogo obrazovaniya i obucheniya (ECVET) v natsional`nix sistemax professional`nogo obrazovaniya i obucheniya Rossii i Uzbekistana” mavzusidagi xalqaro fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 18-fevraldagi 89.02-221-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya tahlil masalalariga ko‘ra, ikki va ko‘p tillik terminologik lug‘atlar tuzishda, ilmiy texnikaviy adabiyotlarni tarjima qilishda dissertatsiya xulosalari asos bo‘lib xizmat qilgan.
 ikki tildagi yuridik terminlar yasalishi usullari aniqlangan (konversiya, suffiksatsiya, affiksatsiya, prefiksatsiya, kompozisiya usullari orqali) va ushbu usullar (suffiksatsiya, affiksatsiya) yangi yuridik sohaga oid terminlarining yasalishida mahsuldor ekanligi (215 ta ingliz tilida 53% va 159 ta o‘zbek tilida 39%) struktur va statistik tahlil orqali dalillanganligiga doir xulosalaridan (asosan ilmiy maqolalari, tezislari va lug‘atlaridan) Jizzax davlat pedagogika universitetida 2016–20l7-yillarda olib borilgan MUZ-2015-0725140051 “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini boyitishda inglizcha-o‘zbekcha-ruscha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tadbiq etish” mavzusidagi amaliy loyihasida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 18 fevraldagi 89.02-221-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida o‘zbek tilining barcha sohalarda ilm fan tili sifatida nufuzini oshirish haqidagi targ ibot ishlari mazmuni mukammallashgan, shuningdek, tadqiqotda ilgari surilgan tavsiyalar (chog‘ishtirilayotgan tillar yuridik terminologiyasi solishtirilganda, agar ikki tilda jinoyat huquqi tushunchalarining ko‘lami mos kelmasa, ya’ni tizimlardan birida o‘xshash tushuncha bo‘lmasa, bo‘shliqni to‘ldirish uchun transkripsiyadan foydalanishga oid(Gezel oynasi, Miranda qoidasi) ta’lim hamda yuridik sohani rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil qilishga xizmat qilgan; 
terminlarning leksik-semantik munosabatlarini ochib beruvchi omillar (sinonimiya, polisemiya)ning tarjimadagi interferensiya masalalari aniqlangan, ularning berilishidagi universal va differensial xususiyatlardan kelib chiqib unifikatsiyaga (bir xillikka) erishish, me’yoriy hujjatlarni tarjima qilish jarayonida tarjimonlardan soha terminlarini o‘zbek tiliga munosib variantini tanlashga doir tavsiyalar ishlab chiqilganligiga oid statistik tahlil va yangiliklardan “Ishonch” teleradiokompaniyasida tashkil etilgan “Huquqiy savodxonlik” teledasturlari uchun materiallar tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati “Ishonch” teleradiokompaniyasi 2022-yil 19-aprel 103-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish, yuridik terminlardan to‘g‘ri foydalanish haqida targ‘ibot ishlarini olib borishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish