Kudaybergenov Salamat Shamuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yi qadimgi yo‘llarining tarixi», 07.00.01-O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1226
Ilmiy rahbarchining F.I.Sh., ilimiy darajasi va unvoni: Sagdullayev Anotoliy Sagdullayevich, akademik, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12. 2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilimiy darajasi va unvoni: Sulaymanov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Saribayev Maman Ktaybekovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi qadimgi davr va o‘rta asrlar Orolbo‘yi yo‘llarining tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolbo‘yida tosh davridan boshlab antropogen landshaftning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan ilk aloqa yo‘llari tarmoqlarining shakllana boshlaganligi, ibtidoiy jamoalarning yangi yerlarni o‘zlashtirilishi tabiatdagi oziq-ovqat va xom-ashyo zahiralari mavjud joylarni egallash zarurati bilan belgilanganligi asoslangan;
bronza davrida chorvachilik ho‘jaligi, Qizilqumda konchilik va metallurgiya sohasining taraqqiy topishi, xom ashyo va hunarmandchilik mahsulotlari bilan keng ayirboshlash natijasida Orolbo‘yidagi yo‘llar turli hududlar va qabilalarning iqtisodiy aloqalariga ko‘maklashganligi va transmintaqaviy ahamiyat kasb etganligi aniqlangan;
ilk temir davrida Orolbo‘yida aloqa yo‘llari tarmoqlarining kengayib borishi va savdo-sotiq uchun ixtisoslashuvi, o‘troq va ko‘chmanchi aholi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning jadallashuvi, dasht yo‘llari bo‘ylab savdo aloqalarida ko‘chmanchi chorvadorlar muhim o‘rin tuta boshlaganligi, Xorazm va saklar sivilizatsiyalarining o‘zaro ta’siri hamda Orolbo‘yida harbiy-siyosiy birlashma vujudga kelishi bilan bog‘lik jarayonlar ochib berilgan;
antik davr, ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda ichki va tashqi tranzit yo‘llar bo‘ylab tayanch harbiy istehkomlar va maxsus qo‘riqlash tizimining tashkil topishi, yo‘lbo‘yi inshootlari va ulov-transport vositalaridan foydalanishning keng yoyilishi, Amudaryo – O‘zboy savdo suv yo‘lining faoliyati, urbanizatsiya, hunarmandchilik va savdo-sotiq taraqqiyotida o‘troq va ko‘chmanchi sivilizatsiyalarning o‘zaro ta’siri muhim omil bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. Orolbo‘yining qadimgi davr va o‘rta asrlar aloqa-savdo yo‘llari tizimini, iqtisodiy va madaniy aloqalar yo‘nalishlarini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Janubiy Orolbo‘yining qadimgi davr va o‘rta asrlarda moddiy madaniyatini o‘rganilishiga oid arxeologik tadqiqotlar natijalarining tahlili, iqtisodiy-savdo aloqalari yo‘nalishlari, urbanizatsiya, hunarmandchilik va savdo-sotiq taraqqiyotida o‘troq va ko‘chmanchi sivilizatsiyalarning o‘zaro madaniy ta’siri bo‘yicha ma’lumotlardan “Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi” orqali 2022 yil 14 mart kuni efirga uzatilgan “MUNASIBET” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qaraqalpaqstan teleradiokompaniyasining 2022 yil 14 iyundagi 05-22/329-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda o‘z aksini topgan ilmiy materiallar teletomoshabinlarning qadimgi davr va o‘rta asrlar Orolbo‘yining yo‘llari tarixiga doir bilimlarini oshirishga imkon yaratgan;
qadimgi davr va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoning Volgabo‘yi, Sharqiy Yevropa bilan, Uralorti orqali Sibir hududlari bilan aloqalarida Orolbo‘yining tutgan o‘rni, Ustyurt orqali o‘tgan karvon yo‘llarining mintaqaviy va transmintaqaviy iqtisodiy-madaniy aloqalar rivojida, turli madaniyatlar va sivilizatsiyalarning o‘zaro muloqatini amalga oshirishdagi ahamiyati, karvon yo‘llari infrato‘zilmalari tarixi bo‘yicha ilmiy qarashlar va nazariy xolatlardan Qoraqalpog‘istonda turizmni rivojlantirish, yangi turistik yo‘nalishlarni tashkil etishda foydalanilgan (Qaraqalpaqstan Respublikasi Turizm ham madeniy miyras ministrligining 2022 yil 13-iyundagi 02-12/04-1268-son ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar Orolbo‘yi arxeologik yodgorliklarini o‘rganish, saqlash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirishda hamda Qoraqalpog‘istonda turizm soxasida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish va gidlarning ilmiy bilimlarini kengaytirishga ko‘maklashgan;
O‘zbekistonning muhim tarixiy-madaniy o‘lkalaridan bo‘lgan Orolbo‘yida qadimgi savdo yo‘llarining shakllanishi va rivojlanishi, aholi migratsiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlari, qadimgi davr va o‘rta asrlarda hududda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va tarixiy-madaniy jarayonlar, Quyi Amudaryo hududlarida tashqi migratsiyalarning ta’siri natijasida yangi madaniyatlarning va etnik guruhlarning vujudga kelganligi kabi ilmiy yangilik va natijalar aks etgan ma’lumotlardan qoraqalpoq xalqining turmush tarzi, a’nanaviy xo‘jaligi va madaniy merosini o‘rganish, saqlash va targ‘ib qilishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 14-iyundagi 2-03/803-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ma’lumotlari Qoraqalpog‘istonda tarixiy-madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib etishda, muzeylar faoliyatini va o‘lkashunoslikni rivojlantirishda xizmat qilmoqda.