Talapov Baxriddin Alijanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda milliy demokratik taraqqiyotning falsafiy – huquqiy masalalari”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (huquq falsafasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal213.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Musaev Faxriddin Abdusattarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Mamadaliev Shavkatbek Olmasbaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Topildiev Bahromjon Raximjanovich, yuridik fanlari doktori, professor; Nishonova Nodira Rayimjonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda demokratiya va milliy demokratik rivojlanish jarayonlarini jamiyat ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga ta’sirining falsafiy-huquqiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda “demokratiya” va “demokratik taraqqiyot” tushunchalarining etimologik falsafiy mohiyati, Sharqona (huquqiy-kratologik), G‘arbona (siyosiy-sotsiologik) jihatlarining gnoseologik xususiyatlari plyuralistik demokratiyaning etnopsixologik temperamentlari orqali demokratik institutlar ta’sirida ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashi aniqlangan;
fuqarolik jamiyatini tashkil etishda mamlakatni huquqiy modernizatsiyalash ijtimoiy hayotda iqtisodiy demokratiyaning tadbirkorlik va mulkiy plyuralizmni rivojlantirishi sababli jamiyatining immanent jihatlari bilan sotsiumlararo dialektik munosabatlar ijtimoiy makon strukturasida turmush farovonligiga olib kelishi asoslangan;
davlat boshqaruvidagi pragmatik siyosatning ijtimoiy innovatsion polisubstansional jihatlari, fuqarolarda tashabbuskorlik, xalqchillik va yaratuvchanlik tamoyillarini rivojlantirishi sababli, davlat, jamiyat va shaxs munosabatlarining ratsionallashuviga olib kelishi orqali Yangi O‘zbekiston milliy demokratik taraqqiyotiga paradigmal ta’sir etishi ochib berilgan;
davlat xizmatlarining demokratik taraqqiyotini ta’minlashda davlat boshqaruvining gumanistik mohiyati jamiyatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini differensial ravishda korrelyatsion rivojlanishiga olib kelishi sababli, huquqiy institutsional tizimlar hamda konstruktiv atributlarni ta’minlovchi ratsional ko‘rsatkichlar ekanligi isbotlangan;
davlatning demokratik taraqqiyoti jamiyatda huquq va erk fenomenining axloqiy imperativlar orqali ratsionallashuvi, boshqaruvda etnomadaniy va etnosotsial xususiyatlarlar bilan differensial ravishda shaxs va davlat manfaatlari umumiyligini ta’minlovchi etatistik ijtimoiy munosabatlar birligi ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda milliy demokratik taraqqiyotning falsafiy–huquqiy masalalari mavzusida amalga oshirilgan tadqiqoti ishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
jamiyatda “demokratiya” va “demokratik taraqqiyot” tushunchalarining etimologik falsafiy mohiyati, Sharqona (huquqiy-kratologik), G‘arbona (siyosiy-sotsiologik) jihatlarining gnoseologik xususiyatlari plyuralistik demokratiyaning etnopsixologik temperamentlari orqali demokratik institutlar ta’sirida ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovasi dasturining 7-bandi asosida “Jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasining shakllanishi holati, turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarning aholi turmush tarziga ta’sirini o‘rganish maqsadida “Ijtimoiy rivojlanish va dahldorlik tuyg‘usi” mavzusida ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish va natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlashda” hamda 2019-2020 yillardagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyat bo‘limi tadbirlar rejasining metodik asoslarini ishlab chiqishda hamda Namangan viloyati bo‘limi va Namangan davlat universiteti tomonidan hamkorlikda 2020 yil 13 fevral kuni Namangan shahar Yoshlar markazida tashkil etilgan “Fuqarolik jamiyatining siyosiy, huquqiy va diniy institutlari” mavzusidagi targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 13-fevraldagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada Sharqona (huquqiy-kratologik) va G‘arbona (siyosiy-sotsiologik) demokratiyaning o‘ziga xos yutuqlari va ziddiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
iqtisodiy demokratiyaning tadbirkorlik va mulkiy plyuralizmni rivojlantirishga olib kelishi sababli jamiyatining immanent jihatlari bilan sotsiumlararo dialektik munosabatlar ijtimoiy makon strukturasida turmush farovonligini ta’minlashdagi ahamiyatiga oid taklif va tavsiyalardan 2023-yil 3-martdagi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida “Tadqiqot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 3-martdagi 01-02-03/63-son ma’lumotnomasi). Natijada fuqarolik jamiyatini tashkil etishda mamlakatni huquqiy modernizatsiyalash ijtimoiy hayotda iqtisodiy demokratiyaning tadbirkorlik va mulkiy plyuralizmni rivojlantirishga ko‘rsatayotgan ta’sirini ochib berishga hizmat qilgan;
davlat boshqaruvida pragmatik siyosatning ijtimoiy innovatsion polisubstansional jihatlari, fuqarolarda tashabbuskorlik, xalqchillik va yaratuvchanlik tamoyillarini rivojlantirishi bilan bog‘liq taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i KenGESi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlardagi Saylovoldi dasturining “Tarixan shakllangan madaniy qadriyatlar an’analarning asl mazmuni hamda ahamiyatiga doir targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish” bandini ishlab chiqishda quyidagi ilmiy yangiliklaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublika Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023 yil 16 fevraldagi 1-53-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat, jamiyat va shaxs munosabatlarining ratsionallashuvi Yangi O‘zbekiston milliy demokratik taraqqiyotiga paradigmal ta’sir etuvchi muhim omil ekanligini ko‘rsatib berishga hizmat qilgan;
davlat xizmatlarining demokratik taraqqiyotini ta’minlashda davlat boshqaruvining gumanistik mohiyati jamiyatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini differensial ravishda korrelyatsion rivojlanishiga xizmat qilishi bilan bog‘liq taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi “Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Qo‘mitasi”ning mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, davlat boshqaruv organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sherikchilik munosabatlarini yanada samarali tashkil etish orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va bu orqali mamlakatimizdagi milliy demokratik taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga oid tadbirlar, ilmiy seminarlar hamda targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi “Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Qo‘mitasi”ning 2023 yil 15 fevraldagi 04/10-10-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda milliy demokratik taraqqiyotni ta’minlashda xizmat qilayotgan davlat xizmatlarining huquqiy institutsional tizimlar hamda konstruktiv atributlarni ta’minlovchi ratsional ko‘rsatkichlar ekanligini ochib berishga xizmat qilgan;
davlatning demokratik taraqqiyoti jamiyatda huquq va erk fenomenining axloqiy imperativlar orqali ratsionallashuvi, boshqaruvda etnomadaniy va etnosotsial xususiyatlarlar bilan differensial ravishda shaxs va davlat manfaatlari umumiyligini ta’minlashuviga doir ilmiy xulosalaridan Ommaviy-huquqiy tadqiqotlar markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2021 yilning 23 avgustdagi 71-01/101 – son davlat grantiga asosan, shuningdek, ommaviy-huquqiy tadqiqotlar markazining rasmiy hamkorlari hisoblangan Germaniyaning Lyudvigsburg Ommaviy boshqaruv va moliya Oliy maktabi huzuridagi Ommaviy iqtisodiy huquq instituti hamda Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi Fondining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasining ekspert va texnik ko‘magidagi bajarilgan tadqiqot-eksperiment loyihasi doirasida foydalanilgan (Ommaviy-huquqiy tadqiqotlar markazining 2023 yil 9 martdagi 01-09/09-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlatning demokratik taraqqiyotida huquq va erk fenomenining etnosotsial xususiyatlarlarini ochib berishga xizmat qilgan.