Sheripbaev Rustam Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yatrogen qovuq-qin oqmalarining jarrohlik davolashni takomillashtirish», 14.00.31 – Urologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1374.
Ilmiy rahbar: Xudaybergenov Ulugbek Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Rustam Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi «Rostov davlat tibbiyot universiteti» Federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: operativ davolashning texnik jihatlarini takomillashtirish orqali vezikovaginal oqmalar bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Vezikovaginal oqmalarda siydik pufagi va qin devori orasidagi to‘qimalarni maxsus moslama yoradamida kam travmatik xolda qavatlarga ajratish va regeneratsiya jarayonlarini yaxshilashni ta’minlashga asoslangan fistuloplastika usuli ishlab chiqilgan.
vezikovaginal oqmalar shakllanishini yoshga, asoratlangan tugruq va ginekologik muolajalarga boglikligi, klinik manzarasi kin soxasidan yiringli ajralmalar bilan ifodalanishi va patogenetik jixatidan ichakdagi mavjud bulgan yukori bosimdan past bosimga ega bulgan kin soxasiga ajralishi aniklangan;
Fistuloplastikadan keyingi dizurik simptomlarning tabiati, chastotasi va og‘irligiga ko‘ra vezikovaginal oqma joylashishiga bog‘liqligi isbotlangan;
vaginal va siydik pufagi devorlarini o‘tkir ajratishdan farqli o‘laroq Foley kateteri ballonidan foydalanish fistulani yaxshiroq ko‘rish va detruzor devorlarini kamroq shikastlash orqali ajratish, siydik pufagining sog‘lom va qon bilan yaxshi ta’minlangan qirg‘oqlarini tikish xamda uning uch qismini to‘liq nazorat qilish imkonini berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 20 maydagi 1-son xulosasiga ko‘ra:
vezikovaginal oqmalarning jarroxlik amaliyoti texnik jihatlari maxsus moslamaga ko‘ra takomillashtirilib, ushbu jarroxlik amaliyoti oqmalarning anatomik va topografik xususiyatlarini hisobga olgan holda operatsiyaning travmatik omilini kamaytiradi va shifo jarayonini tezlashtiradi (Ixtiro patenti №IAP 06987, 27.06.2022). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Vezikovaginal oqmalar uchun ishlab chiqilgan jarrohlik usuli Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (12.05.2023 y.; № 23/1) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • vezikovaginal oqmalar bo‘yicha jarroxlik amaliyoti vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; • operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifatini oshiradi; • bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi; • takroriy jarrohlik aralashuvlar chastotasini 11,9% dan 6,6% gacha kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi jarroxlik usulining joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 4 200 000 so‘m iqtisod qilindi (tajribaga ko‘ra 11,9 foiz bemorlarda qayta jarroxlik (ikkinchi jarroxlik) opresiyasi amalga oshiriladi). Qayta jarrohlik amaliyoti darajasini 11,9 foizdan 6,6 foizga kamaytirgan (1 nafar bemordan 4 200 000 so‘m iqtisod qilinsa yiliga 40 nafar bemordan kasallik kaytalanishi 5 bemordan 2 bemorgacha ikkilamchi jarroxlik operatsiya kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 4 200 000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy kursatkich 12 600 000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 8 400 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 4 200 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yatrogen qovuq-qin oqmalarining jarroxlik davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIUIATM direktori tomonidan 2023 yil 6 maydagi 184-son xat yuborilgan;
tug‘ruqda tibbiy jihozlarni to‘g‘ri ishlatilish, kesarcha kesish jarrohlik amaliyotini qadamma qadam bajarish va tug‘ruqdan keyin tezkor jarrohlik amaliyotlarini bajarish kerak bo‘lganda ishlab chiqilgan usullar vezikovaginal oqmaning kelib chiqish xavfini oldini oladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (12.05.2023 y.; № 23/1) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarrohlik davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; • asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar operatsiyadan keyingi reabilitatsiya tez amalga oshadi va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytaradi; • ushbu kasallika chalingan ayollarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 4 200 000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil ginekologik jarroxlik amaliyotlari paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 20% (40 dan 8 bemorlar) qovuq-qin oqmali bemorlar gospitalizatsiyasini va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini 33 600 000 (8 nafar bemor uchun) sumga iqtisod qiladi). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 21 000 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 12 600 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yatrogen qovuq-qin oqmalarining jarroxlik davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIUIATM direktori tomonidan 2023 yil 6 maydagi 184-son xat yuborilgan;
oqma siydik chiqarish kanaliga qanchalik yaqin joylashsa pastki siydik yullari simptomatikasi shunchalik namayon bo‘ladi, bu esa jarroxlik amaliyoti natijalarini prognozlash va davlosh imkonini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (12.05.2023 y.; № 23/1) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; • operatsiyadan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtiradi; • ushbu operatsiyalardan keyin ayollarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun fistuloplastika amaliyoti oqmalarning joylashishi bilan chambarchas bog‘liq bulib, ishlab chiqilgan jarroxlik amaliyoti bemorlarning amaliyotdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davlolash xarajatlarining kuyidagicha iqtisod bulishiga olib keldi, kuydagicha: qayta kurik – 98 000 sum; qayta siydik taxlili – 56 000 sum; jaroxatni bog‘lov xarajatlari – 39 000 sum; dori- darmonlar xarajati – 50 000 sum (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 243 000 sum tashkil qildi, yillik qaytalangan bemorlar soni 3, umumiy iqtisodiy samaradolik esa 729 000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 486 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 243 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yatrogen qovuq-qin oqmalarining jarroxlik davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIUIATM direktori tomonidan 2023 yil 6 maydagi 184-son xat yuborilgan;
qovuq-qin oqmalarini jarrohlik orqali davolash usuli taklif qilingan bo‘lib, u qin va qovuq devorlarini o‘tkir ajratishni, qovuqni buj yoki Foley kateteri nazorati ostida qo‘yilgan ikkita tutqich orasida ko‘ndalang holda kesib ochishni ichiga oladi. Siydik naychasining og‘zi oqmani qirqish sohasida joylashgan taqdirda, siydik naychasi keyingi reimplantatsiya bilan Koen usuli bo‘yicha ajratib olinadi. Oqmaga Foley kateteri o‘rnatiladi,uning ballonchasi qinda shishiriladi, oqma kateter yordamida tortiladi va elektr tig‘ bilan qin devoriga qadar hoshiyalovchi qirqish amalga oshiriladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (12.05.2023 y.; № 23/1) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarroxlik operatsiyasining kirish va texnik jihatlarini optimallashtirish orqali veziko-vaginal oqma bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 7,2 kundan 4,2 kunga (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 528 ming so‘mga kamaytirdi (RIUIATMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 176.000 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 450 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); • shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 117 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 39 000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 43 800 000 so‘mni tashkil etadi (40 ta operatsiya bo‘yicha 1 095 000*40= 43 800 000 so‘mni tashkil etadi (reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga; byudjet mablag‘larini 29 565 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 14 235 000 so‘m); 12 600 000 - ikkinchi operatsiya narxini kamaytirish orqali samaradorlikka erishiladi. 3 ta bemorda jarroxlikdan keyin asoratlar chastotasini kamaytirish xisobiga 729 000 sum iqtisod qilindi. Jami: 57 129 000 so‘m). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 38 451 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 18 678 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yatrogen qovuq-qin oqmalarining jarroxlik davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIUIATM direktori tomonidan 2023yil 6 maydagi 184-son xat yuborilgan.