Davurova Xolida Haydarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jizzax viloyati oykonimlarining lisoniy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil412.
Ilmiy rahbar: Enazarov Tolib Jumanazarovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Zakirov Abduvoxob Abdumalikovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va
folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Jizzax viloyati oykonimlarini lisoniy jihatdan tasniflash, ularning tarixiy hamda lug‘aviy-ma’noviy xususiyatlarini yoritish, nomlanish motivi bo‘yicha turlarga ajratish va ularning tarkibiy tuzilishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jizzax hududidagi joy nomlarining tarixiy-lisoniy jihati natijasida ular kelib chiqishiga kora qadimgi sug‘d, turk, fors-tojik, mo‘g‘il va arabcha so‘zlar asosida shakllanganligi aniqlangan;
qadimdan viloyatdagi joylarning nomlanishida qo‘llanilgan “Dizak”, “No‘shkent”, “Varqin”, “Savot”, “Miq”, “Alamli” kabi o‘zlashma qatlamga xos atamalar siyosiy-ijtimoiy jarayonlar ta’sirida yangi turdagi oykonimlarni hosil qilganligi asoslangan;
oykonimlar tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma, derevatsion xususiyatlariga ko‘ra onomastik konversiya, morfologik va sintaktik usullar orqali yasalishi dalillangan;
Jizzax viloyatidagi shahar, shaharcha, qishloq, aholi punktlari, mahallalar, guzar va ko‘chalarning jami 874 ta nomlanishi asoslanib, 263 ta oykonimlar tizimlashtirilgan va ularning lisoniy xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax viloyati oykonimlarining lisoniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Jizzax viloyati oykonimlarining nomlanish motivaga ko‘ra tasnifi, etnooykonim, antropooykonim, fitooykonim, gidrooykonim, orooykonim kabi onomastik terminlarning ilmiy talqiniga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-78 raqamli “Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (vazifaviy uslublar tahlili asosida)” mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining 2020-yil 18-dekabrdagi 123-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning terminlarga bag‘ishlangan qismi yangi ilmiy dalillar va lisoniy omillar bilan boyitilgan;
Jizzax viloyati oykonimlarining lisoniy tadqiqiga oid dissertatsiyadagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Tojik milliy-madaniy markazi Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan 2021-yilda xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 30-30.06-21 raqamli “Alisher Navoiy asarlari – barcha xalqlarning bebaho mulki” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tojik milliy-madaniy markazi Jizzax viloyati bo‘limining 2022-yil 10-dekabrdagi 60-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiyning “Xamsa” asarida toponimlarning bir turi hisoblangan oykonimlarning qo‘llanilish masalalari oydinlashtirilan;
Jizzax viloyati oykonimlarining lug‘aviy-ma’noviy tasnifi, lisoniy va nolisoniy omillar asosida amalga oshirilishi, viloyati hududidagi urug‘ hamda qabilalar nomlaridan kelib chiqqan etnooykonimlarning o‘ziga xos xususiyatlari misollar bilan qiyosiy tahlil qilib berilganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” Davlat unitar korxonasining 2020-yil 25-dekabrdagi 40-40-1336-son ma’lumotnomasi). Natijada dastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni nazariy-ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan.