Xodjaeva Nodira Vaxidovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hayz oldi sindromining klinik-epidemiologik jihatlari va uni patogenez asosida tashxis qo‘yish va davolash», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib192.

Ilmiy raxbar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot endokrinologiya markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot endokrinologiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Xalimova Zamira Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori; Ayupova Farida Mirzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot:  Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: hayz oldi sindromining metabolik, gormonal va biokimeviy jihatlari asosida tashxislash, davolash va profilaktika usullarini takomillashtirishdan iboratdir.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

hayz oldi sindromi rivojlanishida nisbiy xavf omillari aniqlangan va alohida olingan omilning etiologik ulushi asosida bashoratlash tizimi ishlab chiqilgan;

hayz oldi sindromining og‘irlik darajasini aniqlash va davolash taktikasida estrogen-progesteron nisbatining o‘zgarishi baholangan;

hayz oldi sindromi rivojlanishi va og‘irligida progesteron metabolitlarining patogenetik roli aniqlangan;

hayz oldi sindromining standart va uzaytirilgan gormonal davolash tartib shakllari takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

hayz oldi sindromining og‘ir shakllarini fertil yoshdagi ayollarda erta tashxislash, davolash va profilaktika qilish tadqiqotlari natijalari asosida ishlab chiqilgan «Hayz oldi sindromini tashxislash va davolash usullarini optimallashtirish» deb nomlangan uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 10 noyabrdagi 8n-d/49-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma fertil yoshdagi ayollarda hayz oldi sindromini erta bosqichlarida tashxislashga, kech reproduktiv yoshdagi ayollarda esa kelib chiqadigan asoratlarni oldini olishga hamda patogenetik asoslangan davolashni qo‘llashga imkon yaratgan;

hayz oldi sindromini tashxislash va davolash mezonlarini optimallashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga,  jumladan Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi va Samarqand viloyat endokrinologiya dispanseri amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining  vazirligining 2017 yil 10 noyabrdagi 8n-d/49-son ma’lumotnomasi). Tatbiq etilgan natijalar fertil yoshdagi ayollarda HOSni o‘z vaqtida tashxislash va davolashga yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishga imkon yaratgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish