Xudayberdiyeva Dilfuza Muxtarovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sergey Yesenin lirikasi XX asr o‘zbek she’riyati talqinida (Erkin Vohidov va Usmon Azim ijodi misolida)”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va adabiyoshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1871.
Ilmiy rahbar: Umurova G‘ozal Xotamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Bushuy Tatyana Anatolyevna, filologiya fanlari doktori, professor; Davronova Maxfuza Israilovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr o‘zbek lirikasida Sergey Yesenin she’riyatining qabul qilinishi (resepsiya) va uning E. Vohidov va U. Azim she’riyatiga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sergey Yeseninning “Fors taronalari” turkumining XX asr o‘zbek she’riyatiga lirik xotimadagi keskinlik, lirik qahramon psixologik holatidagi dramatizm, sevikli yor va mahbuba iztirobining quyuq tasvirda berilishi kabi ta’sir darajalarining badiiy-uslubiy, emotsionallik jihatlari isbotlangan;
Sergey Yesenin va Tilak Jo‘ra, Muhammad Yusuf lirikasidagi oq qayin-lolaqizg‘aldoq, bepayon bedazor-tanish teraklar, atirgul ayriliq, atirgul sevgi singari ramzlarining sharq va g‘arb adabiyotidagi semantik ma’nolari aniqlangan;
Usmon Azim va Sergey Yesenin she’riyatidagi ohang, mavzu, motivlardagi o‘xshash hamda xona, bekat, uy, bog‘, dala tasvirlarida metafora qo‘llashdagi makon va zamonda yuz beradigan ijtimoiy-psixologik farqliliklar ochib berilgan;
o‘zbek shoirlari ijodida Sergey Yesenin ta’sirida yuzaga kelgan soddalik, ixchamlilik, xalqonalik, mavzular rang-barangligi kabi uslubning shakllanishida diniy, etnik, tarixiylik, mifologik farqliliklarning madaniy, estetik tomonlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sergey Yesenin lirikasi Erkin Vohidov va Usmon Azim ijodi talqinida yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
“Fors taronalari” turkumining XX asr o‘zbek she’riyatiga lirik xotimadagi keskinlik, lirik qahramon psixologik holatidagi dramatizm, oshiq–mashuq–raqib uchligidagi iztirobning quyuq tasvirda berilishi kabi ta’sir darajalarining badiiy-uslubiy, emotsionallik jihatlari borasidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi FA-F-1-005 raqamli fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 17-01/107-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha tadqiqotlari rus va sharq adabiy an’analari haqidagi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
O‘zbek shoirlari ijodida Yesenin ta’sirida yuzaga kelgan soddalik, ixchamlilik, xalqonalik, mavzular rang-barangligi kabi uslubning shakllanishida diniy, etnik, tarixiylik, mifologik farqliliklarning madaniy, estetik tomonlari asoslangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016- yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi FA-F1-G002 raqamli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining ¬¬¬¬¬ 17-01/107-son ma’lumotnomasi). Natijada bu tadqiqot loyihasini S.Yesenin va E.Vohidov, U.Azim kabi o‘zbek shoirlarining tipik folklor motivlaridan foydalanish mahoratiga oid materiallar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Sergey Yesenin va Tilak Jo‘ra, Muhammad Yusuf lirikasidagi oq qayin-lolaqizg‘aldoq, bepayon bedazor-tanish teraklar, atirgul ayriliq, atirgul sevgi singari ramzlarining sharq va g‘arb adabiyotidagi semantik ma’nolari aniqlangan o‘rinlardan Yevropa ittifoqining Erasmus+dasturining 2016-2018-yillarga muljallangan 561624-YeRR-1-2015-UK–EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayoni modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innavatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2481/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada sharq va rus adabiy an’analarining sintezi natijasida yangi tonallik va yo‘nalishlarning shakllanishi asoslangan;
Usmon Azim va Sergey Yesenin she’riyatidagi ohang, mavzu, motivlardagi o‘xshash hamda xona, bekat, uy, bog‘, dala tasvirlarida metafora qo‘llashdagi makon va zamonda yuz beradigan ijtimoiy-psixologik farqliliklar ochib berilgan xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqand” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 10-iyundagi martdagi №07-12/225-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittiruv mazmun-mundarijasining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, hamda yangi ilmiy manbalar bilan boyitilgan.