Qosimov Qosim Odinaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Buxoro amirligi hududiga qizil armiya hujumi va uning oqibatlari (1920-1931 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar1310.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor; Maxmudova Nigora Barotovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Qizil armiyaning Buxoroga hujumi va uning oqibatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Buxoro amirligining Afg‘oniston va Eron davlatlari bilan bo‘lgan munosabatlari yaxshi bo‘lgani holda ulardan o‘z vaqtida kerakli yordamning ololmaganligi, ushbu davlatlarda mahalliy xalqlar o‘rtasidagi nizolar va inglizlar ta’sirining kuchayishi Buxoroga qizil armiyaning hujumiga keng yo‘l ochganligi aniqlangan; 
Buxoro kommunistik partiyasi ta’sirida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumati Afg‘oniston hukumati oldiga bosmachilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni to‘xtatish, qurol bermaslik va chegara o‘tish punktlaridan ularni o‘tkazmaslik, qochib o‘tganlarni mulklari bilan qaytarishni talab qilganligi dalillangan; 
Sharqiy Buxoroda Ibrohimbek, O‘rta Buxoroda Turdi To‘qsabo, G‘arbiy Buxoroda Mulla Abdulqahhor boshchiligidagi istiqlolchilarning qizil askarlarga qarshi fidokorona kurashi, turkiyalik zobitlar Anvar Posho va Salim Poshoning Buxoro tuprog‘ida sovet tuzumiga qarshi kurashayotgan kuchlarni yagona maqsad yo‘lida birlashishga da’vat qilganligi aniqlangan; 
kuch va miqdor jihatdan ustun bo‘lgan qizil armiya tomonidan qurolli harakatning mag‘lubiyatga uchrashida kurash rahbarlarining yagona boshqaruvga birlashmaganligi, siyosiy dasturining yo‘qligi, moddiy va harbiy ta’minotning etishmasligi hamda sovet hokimiyati harbiy va jazo siyosatidan tashqari erli aholi bilan olib borgan tashviqoti istiqlolchilar tarkibining oshishiga imkon bermaganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Buxoro amirligi hududiga qizil armiya hujumi va uning oqibatlari (1929-1931 yy.)” mavzusiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
Buxoro amirligining Afg‘oniston va Eron davlatlari bilan bo‘lgan munosabatlari yaxshi bo‘lgani holda ulardan o‘z vaqtida kerakli yordamning ololmaganligi, ushbu davlatlarda mahalliy xalqlar o‘rtasidagi nizolar va inglizlar ta’sirining kuchayishi qizil armiyaning hujumiga keng yo‘l ochilganligi aniqlangan hamda bolsheviklar tomonidan buxorolik ulamolar va milliy kadrlarning qatag‘on qilinishiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi “30-yillarning boshlaridagi siyosiy qatag‘onlar” mavzusidagi 6-bo‘limning muzey ekspozisiyasini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyining 2023 yil 2 martdagi 39-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi “30-yillarning boshlaridagi siyosiy qatag‘onlar” mavzusidagi 6-bo‘limning muzey ekspozisiyasini yangi materiallar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan; 
Sharqiy Buxoroda Ibrohimbek, O‘rta Buxoroda Turdi To‘qsabo, G‘arbiy Buxoroda Mulla Abdulqahhor boshchiligidagi istiqlolchilarning qizil askarlarga qarshi fidokorona kurashi, turkiyalik zobitlar Anvar Posho va Salim Poshoning Buxoroga kelib, qo‘zg‘olonchilar lashkariga qo‘mondonlik qilishi bilan bog‘liq ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 3 martdagi 02-31-351-son ma’lumotnomasi). Natijalar teletomoshabinlarga sovet boshqaruvi davrida milliy manfaatlar yo‘lida kurashgan davlat va siyosat arboblari, kadrlar hamda ziyolilarning mashaqqatli hayot yo‘lini ilmiy asosda o‘rganishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish