Jo‘rayev Hamza Atoyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi madaniy hayot va undagi o‘zgarishlar (1920 – 1924 yy.)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar599.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor; Murtozova Saxodat Bo‘rievna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi madaniy hayot va undagi o‘zgarishlarni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi viloyat, tuman, shahar, qishloqlarida zamonaviy sovet boshlang‘ich maktablarini yaratish va bolalarni tarbiyalashning ilg‘or usullarini targ‘ib qilishga mo‘ljallangan o‘zbek, turkman, tojik, yahudiy, fors, rus kabi tillardagi “Namuna”, “Yurt”, “Oktyabr”, “Najot”, “Saodat” va yahudiylarning “Rushnoi” (“Nur”), “Navo” hamda otalari amir tomonidan qatl qilingan bolalar jalb qilingan “Avlodi Shuhado” maktablari ta’sis etilganligi aniqlangan;
Eski Buxoro, Karmana, Kogon (Yangi Buxoro), Chorjo‘y, Shahrisabz, Karshi, Termiz kabi shaharlarda ko‘plab mustaqil teatr jamoalari tashkil etilganligi, mahalliy aholi uchun berilgan konsertlar zamon talablaridan kelib chiqib, qator p’esalar namoyishida ayollar roli erkaklar tomonidan ijro etilganlgi hamda havaskor truppalar “Qizil qo‘shin” (Sherobodda), “Qozi kalon”, “Ko‘hna Turkiston”, “Tursunali Bodi” (Qorako‘lda), “Juvonbozlik qurboni” (Karmanada) kabi pesalarni namoyishi xalqqa manzur bo‘lganligi isbotlangan;
kommunistik partiyaning mahalliy xalq orasida madaniy-siyosiy tashviqotlarni kuchaytirish maqsadida maktablardan tashqari bir qator o‘quv dargohlari, kutubxonalar, kattalar uchun maktablar, xalq uylari, klublar, teatrlar, muzeylar, bilim yurtlari, kurslarda sovet madaniyati hamda siyosiy tizimini o‘rnatish orqali respublikani to‘liq sotsialistik tuzumga o‘tishiga tayyorgarlik ko‘rganligi dalillangan;
kutubxonachilik va noshirlik ishlarini yo‘lga qo‘yishda kutubxona fondlarni to‘ldirish, nashriyotni texnik vositalar bilan ta’minlash kabi to‘siqlarni bartaraf etilishida BXSR hukumati Toshkent, Boku, Qozon va boshqa shaharlardan katta hajmda kitoblar va uskularni xarid qilganligi, sohani rivojlantirishda mutaxassis kadrlar tayyorlanganligi hamda bolsheviklarning g‘oyaviy, mafkuraviy ta’siriga qarshi mahalliy ziyolilarning matbuotdagi targ‘ibotchilik faoliyati isbotlangan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi madaniy hayot va undagi o‘zgarishlar (1920 – 1924 y.y.) tadqiqoti davomida olingan ilmiy xulosa va natijalar hamda takliflar asosida:
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi viloyat, tuman, shahar, qishloqlarida zamonaviy sovet boshlang‘ich maktablarini yaratish va bolalarni tarbiyalashning ilg‘or usullarini targ‘ib qilishga mo‘ljallangan o‘zbek, turkman, tojik, yahudiy, fors, rus kabi tillardagi “Namuna”, “Yurt”, “Oktyabr”, “Najot”, “Saodat” va yahudiylarning “Rushnoi” (“Nur”), “Navo” hamda otalari amir tomonidan qatl qilingan bolalar jalb qilingan “Avlodi Shuhado” maktablari ta’sis etilganligi, Eski Buxoro, Karmana, Kogon (Yangi Buxoro), Chorjo‘y, Shahrisabz, Karshi, Termiz kabi shaharlarda ko‘plab mustaqil teatr jamoalari tashkil etilganligi, mahalliy aholi uchun berilgan konsertlar zamon talablaridan kelib chiqib, qator p’esalar namoyishida ayollar roli erkaklar tomonidan ijro etilganlgi hamda havaskor truppalar “Qizil qo‘shin” (Sherobodda), “Qozi kalon”, “Ko‘hna Turkiston”, “Tursunali Bodi” (Qorako‘lda), “Juvonbozlik qurboni” (Karmanada) kabi pesalarni namoyishi xalqqa manzur bo‘lganligi, Buxoroda respublika tuzumining o‘rnatilishi hamda madaniyatga yangicha yondashuvning shakllanishini yoritish, Buxoro Xalq Sovet Respublikasida adabiyot va san’atning ahvoli hamda milliy madaniyatning mafkura ta’siriga tushib qolishi jarayonlarini tadqiq etish, shuningdek, BXSRda zamonaviy madaniyat tizimining shakllanishi va shu kabi masalalarni arxiv hujjatlari asosida tahlil qilishga xizmat qilishi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 8 noyabrdagi 3/1255-2802-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi madaniy hayot va undagi o‘zgarishlarni o‘rganish uchun keng imkoniyat yaratgan; 
kommunistik partiyaning mahalliy xalq orasida madaniy-siyosiy tashviqotlarni kuchaytirish maqsadida maktablardan tashqari bir qator o‘quv dargohlari, kutubxonalar, kattalar uchun maktablar, xalq uylari, klublar, teatrlar, muzeylar, bilim yurtlari, kurslarda sovet madaniyati hamda siyosiy tizimini o‘rnatish orqali respublikani to‘liq sotsialistik tuzumga o‘tishiga tayyorgarlik ko‘rganligi, kutubxonachilik va noshirlik ishlarini yo‘lga qo‘yishda kutubxona fondlarni to‘ldirish, nashriyotni texnik vositalar bilan ta’minlash kabi to‘siqlarni bartaraf etilishida BXSR hukumati Toshkent, Boku, Qozon va boshqa shaharlardan katta hajmda kitoblar va uskularni xarid qilganligi, sohani rivojlantirishda mutaxassis kadrlar tayyorlanganligi hamda bolsheviklarning g‘oyaviy, mafkuraviy ta’siriga qarshi mahalliy ziyolilarning matbuotdagi targ‘ibotchilik faoliyati, BXSRda ta’lim va madaniyat sohasida amalga oshirilgan islohotlar, zamonaviy ta’lim tizimining poydevori qo‘yilishi, Buxoro madaniyati va san’ati yangi bosqichga ko‘tarilishi, dastlabki teatr va kinomotografiya san’atining kirib kelishi, sog‘liqni saqlash sohasi va xotin-qizlarni jamiyat hayotiga tortilishiga oid ilmiy natijalar va xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida ko‘rsatuvlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 28 apreldagi 0628-505-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi tomoshabinlarga Buxoro Xalq Sovet Respublikasida 1920 – 1924 yillardagi madaniy hayot va undagi o‘zgarishlar haqida ob’ektiv ma’lumotlar yetkazib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish