Ahmadova Zebiniso Shavkatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Abdurauf Fitratning Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda tutgan o‘rni va ilmiy faoliyati”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar1176.
Ilmiy rahbar: Jamolova Dilnoza Muyidinovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori (DSc), professor;  Qurbonov Xurshid Raupovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi Buxoro jadidchilik harakati yetakchisi Abdurauf Fitratning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o‘rni va ilmiy-ijodiy faoliyati tarixini ochib berishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdurau Fitrat va Buxoro jadidlarining Buxoro amiri Olimxonga 1911-yili yo‘llagan murojaatnomasi asosida davlat rahbari maktab o‘qituvchilariga maosh berish tartibini joriy qilgani, yangi usul maktabi, diniy fanlar bilan birga dunyoviy fanlar o‘qitiladigan oliy madrasa qurdirgani hamda faoliyatini yo‘lga qo‘ygani aniqlangan;
Buxoro jadidlari tomonidan dunyoviy ilm-fanlarni o‘rgatuvchi maktablar ochilganligi, kutubxonalar soni ko‘paytirilganligi va amirlikda ilk bor milliy matbuotga asos solganligi hamda “Buxoroi sharif” va “Turon” gazetalaridagi ilgari surilgan g‘oyalarda xalqni farovonlik, millat va Vatan taraqqiyoti yo‘lida jipslashishga da’vat etilganligi isbotlangan;
Fitrat o‘zining asarlari orqali Turkistonda xotin-qizlarni ta’limda va tarbiyada erkaklardan kam emasligi, ayollarning vazifasi faqat tug‘ish va nals qoldirish emas, balki savodxon bo‘lishi lozimligi hamda musulmon xalqni asirlikdan, zulmdan, haqoratlardan, dini sharifni tahqirlardan va Vatanni jaholat botqog‘idan qutqazish g‘oyalarini ilgari surganligi dalillangan;
Fitratning Turkistonda tili va dini, urf-odati, turmush tarzi tarixan bir bo‘lgan turkiy xalqlarning madaniy-adabiygina emas, davlat, hokimiyat birligiga erishishga intilishlari bolsheviklar va proletar adabiyoti vakillari tomonidan “sinfiy ongi yuksalmagan”, “burjua millatchilik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi”, “panturkist”, “aksilinqilobchi”, “ziyonli” kabi milliy og‘machilik tamg‘asi bosilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Abdurauf Fitratning Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda tutgan o‘rni va ilmiy faoliyati” mavzusiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Abdurauf Fitrat va Buxoro jadidlarining Buxoro amiri Olimxonga 1911-yili yo‘llagan murojaatnomasi o‘rganib chiqilishi natijasida davlat rahbari maktab o‘qituvchilariga maosh berish tartibini joriy qilgani, yangi usul maktabi, diniy fanlarga bilan birga dunyoviy fanlar o‘qitiladigan oliy madrasa qurdirgani hamda faoliyatini yo‘lga qo‘ygani hamda Buxoro jadidlari tomonidan dunyoviy ilm-fanlarni o‘rgatuvchi maktablar ochilganligi, kutubxonalar soni ko‘paytirganligi va amirlikda ilk bor milliy matbuotga asos solganligi hamda “Buxoroi sharif” va “Turon” gazetalaridagi ilgari surilgan g‘oyalarda xalqni farovonlik, millat va Vatan taraqqiyoti yo‘lida jipslashishga da’vat etilganligi to‘grisidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati yoshlar bilan uchrashuvlarda va targ‘ibot-tashqivotlarida foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatining 2022-yil 1-dekabrdagi 17-son dalolatnomasi). Natijada ajdodlarimiz tarixini chuqur bilishga undaydigan g‘oyalarini o‘rganish yoshlar faoliyati va dunyoqarashining o‘zgarishiga, yoshlar intellektual salohiyatini shakllantirishda o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik kabi yuksak insoniy qadriyatlarning ma’naviy-ma’rifiy mexanizmlarini takomillashtirishni tarixiy-metodologik nuqtayi nazardan o‘rganishga xizmat qilgan;
Fitrat o‘zining asarlari orqali Turkistonda xotin-qizlarni ta’limda va tarbiyada erkaklardan kam emasligi, ayollarning vazifasi faqat tug‘ish va nals qoldirish emas, balki savodxon bo‘lishi lozimligi hamda musulmon xalqni asirlikdan, zulmdan, haqoratlardan, dini sharifni tahqirlardan va Vatanni jaholat botqog‘idan qutqazish g‘oyalarini ilgari surganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2022-yil 24-noyabr 01-1435-son ma’lumotnomasi). Natijada partiya dasturlarida xotin-qizlar masalasida Abdurauf Fitrat qarashlari asosida kelgusidagi rejalar belgilab olingan;
Fitratning Turkistonda tili va dini, urf-odati, turmush tarzi tarixan bir bo‘lgan turkiy xalqlarning madaniy-adabiygina emas, davlat, hokimiyat birligiga erishishga intilishlari bolsheviklar va proletar adabiyoti vakillari tomonidan “sinfiy ongi yuksalmagan”, “burjua millatchilik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi”, “panturkist”, “aksilinqilobchi”, “ziyonli” kabi milliy og‘machilik tamg‘asi bosilganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi rejalashtirilgan chora-tadbirlar va dasturlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Buxoro viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining 2022-yil 22-noyabrdagi 02-10/1431-son ma’lumotnomasi). Taqdim qilingan ma’lumotlar Buxoro viloyatida turizm xizmatlarining differensiyalashuviga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish